Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

Andijtjn 
Andijon „Buyuk ipak yo‘li“da tashkil
topgan. Ayrim manbalarda shahar nomi 
„andi“ , „adoq“ kabi urug‘ atamalari bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan. 
Arablar istilo qilgan davrda shahar „Andukon“ deb atalgan, degan 
rivoyat ham bor. Andijon XV asrdan boshlab Farg‘ona vodiysining 
markazi bolgan.
Zahiriddin Bobur davrida Andijonda xo‘jalik, fan va madaniyat 
ravnaq topgan. U „Bobumoma“da Andijon haqida: „Oshlig‘i vofir, 
mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi bo‘lur... Movarounnahrda 
Samarqand va Kesh qo‘rg‘onidin so‘ngra mundin ulug‘roq qo‘rg‘on 
yo‘qtur. Uch darvozasi bor. To‘qqiz tamov suv kirar“.
Qo‘qon xonligi tashkil topgach endi u Andijon bekligining 
markazi bo‘lib, 4 dahaga bo‘lingan edi. Har dahaning qozisi, 
mingboshisi b o ‘lgan. D ahalar oqsoqol boshliq mahallalarga 
bo‘lingan.
Namangan 
Namangan shahri ham xonlikning yirik
shaharlaridan biri edi. 1620-yilda Farg‘o- 
naning qadimgi poytaxti Axsikant qattiq zilzila oqibatida vayron 
bo‘lganligi uchun aholi Namangan atrofiga ko‘chgan. Namangan 
tuz koni („namak kon“) yaqinida qurilgan edi. Uning nomi 
manbalarda XVII asrdan boshlab uchraydi. XVIII asrda Qo‘qon 
xonligi hududiga kirgan. Beklik markazi bolgan. Namangan aholisi 
hunarmandchilik bilan shug‘ullangan.
1819 — 1822-yillarda Namangan aholisi kuchi bilan katta 
Yangi ariq kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan. 
1842 — 1845-yillarda shahar baland devor bilan o‘ralgan.


Havoqand — bu, . 
Namak kon — bu,
1. Qo‘qon shahri tarixi haqida so‘zlab bering.
2. Andijon va Namangan shaharlari haqida nimalarni bilib oldin­
giz?
3. Marg‘ilon shahriga asos solinganiga necha yil bo‘ldi?
37- §. Q o‘qon xonligida madaniy hayot
Umarxon va ilmiy- 
Q o ‘qon xonligida m adaniyat ham
madaniy muhit 
rivojlanib bordi. Shahar va qishloqlarda
ko‘plab maktab, madrasa va masjidlar 
qurilib, yoshlar o‘qitilgan, ularga hunar o‘rgatilgan. Qo‘qonda 
120 ta maktab, 40 ta madrasa va masjid, Marg‘ilonda 80 ta maktab,
10 ta madrasa va masjidning faoliyat yuritganligi buning guvohidir.
Q o‘qon xoni Umarxon ilm, madaniyat, san’at, adabiyot 
rivojiga, madrasalarda o‘qish-o‘qitish ishlarini yaxshilashga, turli 
kasb-hunar maktablarining ochilishiga e’tibor bergan, qo‘llab- 
quwatlagan.
Umarxon sa’y-harakatlari natijasida Qo‘qonda XIX asr bosh­
larida o‘ziga xos ilmiy-madaniy muhit vujudga keladi. Uning 
asoschisi m a’rifatparvar hukm dor va hassos shoir Um arxon 
(1787 — 1822) edi. Qo‘qon ilmiy-madaniy muhitining rivojida 
Umarxonning umr yo‘ldoshi, mashhur shoira Nodirabegimning 
hissasi katta bo‘ldi.
Umarxon Amiriy taxallusi bilan ko‘plab she’rlar yozgan. Uning 
atrofida 70 dan ortiq shoir yig‘ilgan. 1821- yilda Fazliy Namangoniy 
Umarxon amriga binoan, 63 shoiming she’rlarini o‘z ichiga olgan 
„Majmuayi shoiron“ to ‘plamini tuzgan. 10 ming misradan ortiq 
o‘zbek, fors-tojik tilidagi g‘azal, muxammas, tuyuq janrlaridagi 
she’rlar to ‘plangan devon yaratilgan.
Arab va fors tillaridagi kitoblar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. 
Noyob kitoblar iste’dodli xattotlar tomonidan ko‘cliirildi, nozik 
tasvirlar bilan bezatildi. Amiriy o‘zbek va fors tillarida she’rlar yozdi. 
U ning g ‘azallar devoni 1882-yilda Istanbulda, 1905-yilda 
Toshkentda chop etildi.

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish