Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

Muhammad Alixon 
Qo‘qon xonligining hududi Umarxonning
o‘g‘li va vorisi Muhammad Alixon (Mada- 
lixon) davrida (1822—1842) ancha kengaydi. Qo‘qon qo‘shinlari 
Farg‘onaning janubida joylashgan, asosan, tojik o‘troq aholisi 
yashaydigan va o‘z hokimlari bolgan Qorategin, Darboz va Ko‘lobga 
yurish qilib, bu yerlami egalladilar.
Madalixon boshqaruvining so‘nggi yillarida, Qo‘qon xonligida 
g‘alayonlar kuchaygan paytida, M adalining ko‘ngli tusagan 
ishlami qila berishini qo‘llab-quwatlovchi odamlar ta ’siriga tushib 
qolgan yosh xon o‘z marhum otasining eng obro‘li a’yonlarini 
ta ’qib qila boshladi. Umarxon davrida xon hokimiyati bilan 
mahalliy zodagonlar o ‘rtasida mustahkamlangan ittifoq buzila 
boshladi. Amaldorlarning ayrimlari surgun qilindi, ba’zilari qatl 
etildi, ba’zilari esa Buxoroga qochib ketishdi. Joylarida qolgan 
amaldorlar esa xon hokimiyatidan norozi bo‘lganlarning hamma- 
sini o ‘z atroflariga yig‘ib, xonni taxtdan qulatishga tayyorlana 
boshladilar. Bularning hammasi aholining barcha tabaqalarini 
Madaliga qarshi qilib qo‘ydi. Ruhoniylar xonni turli axloqsizlik 
va shariatga qarshi jinoyatlarda ayblab, unga qarshi ochiq targ‘ibot 
olib borishdi.
Xondan norozi bo‘lganlar unga qarshi ochiq kurashish uchun 
yetarli kuchga ega bo 1m ay, o‘z elchilarini Buxoro amiri Nasrullo 
huzuriga yuborib, undan yordam so‘radilar.
Amir Nasrullo 1842-yilda o‘z qo‘shinlarini Qo‘qonga qarshi 
safarbar etdi. Qo‘qon qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchradi.
Madalixon o‘z a’yonlari bilan tutib olindi va Amir Nasrullo 
buyrug‘iga binoan qatl etildi. Amir Nasrullo hatto Madalixonning 
onasi Nodirabegimga ham shafqat qilmadi.


Amir Nasrullo istflosidan 
Amir Nasrulloning Q o‘qon xonligidagi 
keyingi siyosiy ahvol 
hukmronligi uzoqqa cho‘zilmadi. Chunki
am irning Q o‘qondagi noibi Ibrohim
dodxoh Qo‘qon xonligi aholisini awal undirib kelingan soliqqa 
qo‘shimcha ravishda Buxoro amirligida joriy etilgan soliqlami ham 
to ‘lashga majbur qilgan. Natijada, butun Qo‘qon xonligi hududida 
1842-yili katta qo‘zg‘olon ko‘tariladi. Uning oqibatida amirning 
Qo‘qondagi noibi va beklari hokimiyati tugatildi. Buxoro amiri 
hukmronligiga qarslii qo‘zg‘olonni tashkil etgan mahalliy kuchlar 
Farg‘ona vodiysida ko‘chib yurgan qipchoqlar madadiga tayangan 
edilar. Qo‘zg‘olon natijasida Qo‘qon xonligining mustaqilligi tiklandi. 
Taxtga Norbo‘tabiyning ukasi Hojibekning o‘g‘li Sherali o‘tqizildi. 
Q o‘qon xonligi mustaqilligini tiklashda minglar qabilasiga katta 
madad bergan qipchoqlar xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida 
katta mavqega ega b o ‘lib oldilar. Qipchoqlardan Musulmonqul 
mingboshi etib tayinlandi.
Q o‘qondagi mag‘lubiyatga chiday olmagan Amir Nasrullo 
yana Q o‘qonga yurish qiladi. U Q o‘qon shahrini 40 kun qamalda 
tutadi. Biroq Amir Nasrulloning qamalni davom ettirishiga Xiva 
xoni Olloqulixonning Buxoro amirligiga qilgan hujumi xalaqit 
berdi. Amir Nasrullo Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldi.
Sheralixonning hukmronligi davrida aholidan soliq undirish 
kuchaydi. Bu hoi mehnatkash aholining noroziligini keltirib chiqardi. 
Bundan tashqari, davlatda muhim lavozimlarni egallab olgan 
qipchoqlar davlat ishlarida o‘z hukmronligini o‘tkazishga, o‘zbek, 
qirg‘iz va tojiklaming mamlakat hayotidagi ta’sirini kamaytirishga 
urindilar. Qipchoqlar Qo‘qonga ko‘plab ko‘chib kela boshlagach, 
mahalliy aholining uy-joyini, mol-mulkini zo‘ravonlik bilan ola 
boshladilar. Bular xonlikda qipchoqlarga nisbatan norozilikni ku- 
chaytirdi.
Musulmonqul 1845-yilda soliqlaming haddan tashqari og‘ir- 
ligidan norozi bo‘lib qo‘zg‘olon ko‘targan 0 ‘sh xalqi qo‘zg‘olonini 
bostirish uchun qo‘shin bilan yuborildi. Bu paytda Isfara hokimi 
Samarqandda istiqomat qilib turgan marhum Qo‘qon xoni Olim- 
xonning o‘g‘li Murodxonni olib kelib Qo‘qon taxtiga o‘tqizadi va 
Sheralixon oldiriladi. Musulmonqul o‘z qo‘shini bilan Namanganga 
keladi. Ishni awal qizini marhum Sheralixonning o‘g‘li Xudoyorxonga 
nikohlab berishdan boshlaydi. 13 yoshli Xudoyorxon bu davrda 
Namangan hokimi edi. Shundan keyin Musulmonqul Qo‘qonga
9 — 0 ‘zbekiston tarixi, 8-sinf 
129


kelib Murodxon va uni qo‘llab-quwatlaganlami fitnachi sifatida 
ayblab, ularni qatl ettiradi. Kuyovi Xudoyorxonni esa taxtga 
o‘tqizadi.
T , , . . , 

X udoyorxon yosh b o ‘lganligi tufayli

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish