Q usmonov, U. Jo‘rayev, N. Norqulov o zbekiston tarixi



Download 38,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/128
Sana26.02.2022
Hajmi38,02 Mb.
#465695
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
8-синф уз.тарихи

Qoloqlikning sabablari 
Asrlar davomida bir butun b o ‘lib kelgan
mamlakatning, bir iqtisodiy va m a’na- 
viy-madaniy m akonda yashab kelgan aholining uch xonlikka 
bo‘linib ketishi, xonliklar o‘rtasida tinimsiz davom etgan qarama- 
qarshiliklar, urushlar m am lakatni um um bashariy taraqqiyot 
jarayonidan uzilib, rivojlanishda orqada qolishga mahkum etdi. 
Har bir xonlik ichidagi hokimiyatni egallash uchun ichki kurash, 
o‘zaro nizo-janjal, ig‘volarning avj olishi viloyat va tumanlar, 
qolaversa, butun mamlakatni xonavayron qilardi.
Xonliklaming asrlar davomida o‘zgarmay kelayotgan davlat 
idora usuli taraqqiyotga g‘ov bo‘lib qolgan edi.
Xonliklar o‘rtasidagi o ‘zaro urushlar, etnik nizolar urug‘- 
qabila jamoalarini bir joydan boshqa joylarga ko‘chishini keltirib 
chiqarardi. Yoki ular zo‘rlik bilan yashab turgan joylaridan 
ko‘chirilar edi. Bu jarayon etnik guruhbozlikni keltirib chiqarardi, 
aholini bir butun xalq bo‘lib jipslashishiga xalaqit berardi. Davlat
1
I. Karimov. 
Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T. ,,Sharq“, 1998, 9- bet.


darajasida ham, viloyatlar darajasida ham yagona xalq, yagona 
V atan tushunchasining qadri anglab olinm adi. O dam larni, 
Turkistonni, xalqni birlashtirish g‘oyasi ostida uyushtira oladigan 
yo‘lboshchi, siyosiy kuch topilmadi.
Xonlar va saroy am aldorlari ishlab chiqaruvchi kuchlar 
rivojiga xalaqit berayotgan eski ishlab chiqarish usulini himoya 
qilardi. Xonliklarning asosiy boyligi b o ‘lgan yerga egalik qilish­
ning, mulkchilikning eski usuli asrlar davomida o‘zgarmasdan 
kelardi. Yerning egasi xon edi, xonga alohida xizmat ko‘rsatgani 
uchun bir hovuch kishilarga yer hadya qilinardi. Yerni ijaraga 
olib ishlovchi dehqon yerning egasi emasdi. Shu boisdan dehqon 
yerni asrab-avaylashga, uning unumdorligini oshirishga intil- 
masdi, manfaatdor emasdi. Dehqon yer egasi bo‘lmagani sababli 
boshqa joylarga ketaverardi.
Aholi og‘ir soliqlardan, g‘ayriqonuniy yig‘im va majburiyatlardan 
azob chekardi. Turmush darajasi past bo‘lib, aholi iste’mol uchun 
eng zarur bolgan tor doiradagi oddiy buyum va mahsulotlar bilan 
qanoatlanishga majbur edi. Ishlab chiqarish, asosan, iste’molga 
yo‘naltirilganbo‘lib, iqtisodiyotning o‘sishi uchun turtki bololmasdi.
Dehqonchilik nochor ahvolda edi. Yerga ishlov berish o‘sha- 
o‘sha — bir juft ho‘kiz, so‘qa—omoch darajasida qolib ketgan edi. 
Sug‘orish ishlariga ahamiyat pasayib, sug‘oriladigan yer maydon- 
lari qisqarib borardi. Xonliklarda sanoat ishlari rivojlantirilmadi. 
Rangli metallar, oltingugurt, marmar, toshko‘mir, neft kabi tabiiy 
boyliklarga m o‘l bo‘lgan konlar bo‘lsa-da, ularni izlab topish, 
tog‘-kon ishlarini yo‘lga qo‘yishga e’tiborsizlik qilindi. 0 ‘lkadayirik 
daryolar b o ‘lsa-da, baliqchilikni sanoat darajasiga ko‘tarish, 
kemasozlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor berilmadi.
Tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Savdoda hamon mol 
ayirboshlash tarzi davom etardi. Markaziy Osiyo jahon bozoridan 
ajralib qolgani ustiga, o‘zaro urushlar tufayli xonliklar o‘rtasida 
yagona ichki bozor ham tashkil topmagan edi.

Download 38,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish