Q u sm o n o V, U. J o ‘rayev, N. N o r q u L o V о ‘zbekiston tarixi


Navkar  — otliq  askar. Yakunlami chiqaramiz



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/199
Sana31.12.2021
Hajmi2,42 Mb.
#271857
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199
Bog'liq
Oz Tarix 8-sinf Kutubxona n1 uz

Navkar 
— otliq  askar.
Yakunlami chiqaramiz
87


23- §.  XIX  asrning  birinchi  yarmida  Xiva 
xonligining  tashqi  siyosati
Xonlikning  Osiyo 
XIX 
asr  birinchi  yarmida  Xiva  xon-
davlatlari  bilan 
ligining  Buxoro,  Qo‘qon,  Afg‘oniston,
aloqalari 
Eron,  Hindiston va Turkiya kabi davlat-
lar  bilan  savdo-iqtisodiy  va  elchilik 
aloqalari rivojlandi.  Bunga,  bir tomondan,  Xiva xonligi hududining 
o‘rta  osiyolik  savdogarlar  va  Haj  safariga boruvchilaming  Kaspiy 
dengizi  orqali  muqaddas  Makka  va  boshqa  shaharlarga  o‘tish 
manzilgohiga  aylanganligi,  ikkinchidan  esa  chet  davlatlar  bilan 
savdo-sotiqni  rivojlantirish  davlat  xazinasiga  yaxshigina  daromad 
keltirayotganligi  sabab  bolgan.
Awalgi  mavzulardan  (19 — 20-  §)  Sizga  ma’lumki,  Xiva — 
Buxoro  munosabatlari  har  doim  ham  silliq  kechmagan.
Xiva  xoni  Muhammad  Rahimxon  I  Buxoro  amirligi  bilan 
elchilik  aloqalarini  qayta tiklashga va  ikki  davlat  o‘rtasida  savdo- 
sotiqni  rivojlantirishga  harakat  qilgan.  Chunonchi,  1811  —  1812- 
yillarda  Xivaga  Buxorodan  0 ‘rozboy  Jo‘ra  va  Avaz  Murod  yaso- 
vulboshi boshchiligida elchilar kelgan.  Bunga javoban Muhammad 
Rahimxon  I  Buxoroga  Hasan  Murod  otaliq boshchiligida  elchilar 
va  savdo  karvonlarini  yuborgan.
Ayni  paytda,  bu  ikki  davlatning  manfaatlari  mintaqaning 
ayrim  hududlarida,  xususan,  Marv  viloyatida  ham  to ‘qnash 
kelgan.  Chunki,  Marv  0 ‘rta  Osiyo  davlatlarini  Eron  bilan  bog‘- 
lovchi  muhim  savdo  y o li  ustida joylashgan  edi.  Shuning  uchun 
ham  XIX  asming  1 -yarmida  bu  ikki  davlat  o‘rtasida  bir  necha 
bor  o‘zaro  urushlar yuz  bergan.  Chunonchi,  Muhammad  Rahim­
xon  I  1822- yilda  Marvni  Buxorodan  qaytarib  olgan.  0 ‘zaro 
urushlarga  qaramay,  savdo  aloqalari  to ‘xtab  qolmagan.
1812-  yilda Xivaga Eron va qozoqlaming  0 ‘rta juz xonligidan 
elchilar  kelishgan.  Ular  bilan  davlat  chegaralari  xavfsizligi  va 
savdo-sotiq masalalarida kelishuvga erishilgan.  XIX asr boshlarida 
Xiva  va  Afg‘oniston  o‘rtasida  elchilik  munosabatlari  o‘matilgan. 
Muhammad  Rahimxon  I  hatto  Afg‘onistonda  hokimiyat  uchun 
kurashayotgan  shoh  Mahmudning  ikkinchi  marta  hokimiyat 
tepasiga kelishida yordam ham bergan.  Buning evaziga Afg‘oniston 
Xiva  xonligi  savdogarlariga  Kobul  bozorida  erkin  savdo  qilish 
huquqini  bergan.


Xiva xonligi  Qo‘qon xonligi bilan ham o‘zaro  munosabatlami 
mustahkamlashga  harakat  qilgan.  Chunonchi,  1843  —  1844- 
yillarda  Xivaga  Qo‘qon  xonligi  elchilarining  kelganligi,  o‘zaro 
muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida hamdo‘stlik o‘matishga 
kelishilganligi  va  o‘zaro  savdo  aloqalarini  yanada  rivojlantirishga 
kelishilganligi  buni  tasdiqlaydi.  Tabiiyki,  u  yoki  bu  davlatga  chet 
ellardan  savdogarlaming  muntazam  kelishi  ularga  yaratiladigan 
qulay  sharoitga ham bog‘liqdir.  Shuning uchun ham Xiva xonlari 
chet  ellik  savdogarlarga  shunday  sharoit yaratish  masalasiga katta 
e’tibor berganlar.  Bunga misol qilib  Olloqulixon  (1825 —1842)ning 
ajoyib  m e’moriy  obida,  xonlik  ustalari  yuksak  mahoratining 
ko‘zgularidan  biri  b o ‘lgan  Karvonsaroy  majmuasini  bunyod 
ettirganini  keltirish mumkin.  Bu  majmua  14 gumbazli tim  (yopiq 
bozor),  karvonsaroy va omborxonadan iborat qilib qurilgan.  Bozorda 
Hindiston,  Xitoy,  Eron,  Rossiya,  Buxoro  va  Qo‘qon  kabi  dav- 
latlardan  keltirilgan  mollar  sotilgan.
Tim  yozda  savdo-sotiq  uchun  juda  qulay  va  salqin  bo‘lgan. 
Karvonsaroy  esa  ikki  qavatli  bo‘lib,  105  hujrali  edi.
Xiva  xonligining  anori,  qovuni,  uzumi,  nashvatisi,  anjiri  va 
o‘rigining  shirinligiga  chet  ellik  savdogarlar  tan  berishgan  va  bu 
mahsulotlar  chet  davlatlarda  ham  mashhur  bo‘lgan.
Xiva —  Rossiya munosabatlarida muhim

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish