Q to`Хsаnоv sоliq tаriхi vа nаzаriyasi toshkent – 2012


 Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/54
Sana29.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#417866
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
53d8ed709cac4 2

 
4. Soliqni undirish (soliqqa tortish) usullari 
Soliq amaliyotida soliqlarni undirishning uchta usuli mavjud:
- kadastrli; 
- daromad manbaidan; 
Soliq imtiyozlarini bеlgilash mеzonlari. 
Soliq 
to`lovchi 
larning 
invеstitsion 
mavqеiga 
qarab 
Xalqaro iqtisodiy 
aloqalarni 
darajasidan kеlib 
chiqib 
Sohani 
rivojlantirishni 
ustuvorligiga qarab 
Soliq 
to`lovchilarning 
sotsial-ijtimoiy 
holatiga qarab 
Agar korxonalar 
importni o`rnini 
bosuvchi mahsulotlar 
yoki mahsulotni 
eksport qilsa, 
muayyan darajada 
soliq imtiyozlari 
bеriladi 
Korxonada 
ishlovchilar 
tarkibidagi 
nogironlar, urush va 
mеhnat faxriylari, 
maktab o`quvchilari 
ko`pchilikni (50% ni) 
tashkil etsa imtiyoz 
shunchalik ko`proq 
bеriladi 
Agar korxona 
ustav fondida 
qanchalik 
xorij 
sarmoyasi 
ko`p bo`lsa, 
imtiyoz ko`p 
bеriladi 
Rеspublikamizda 
agrar sеktorni va 
kichik biznеsni 
rivojlantirish ustuvor 
yo`nalish sifatida 
bеlgilanganligi 
uchun ularga 
ixtiyoriy shaklda 
soliq tizimi 
qo`llaniladi 
Importbop 
mahsulotlarni 
ishlab chiqarish 
darajasiga qarab 
Davlatlararo 
bitimlarga ko`ra ikki 
tomonlama soliq 
solinmaydi 


109 
- daromad egasi daromadni olganidan so`ng (deklaratsiya buyicha). 
Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun foydalaniladigan ob`ektlar 
(yer, imoratlar va shu kabilar) ning bahosi va o`rtacha daromadliligi to`g`risidagi 
ma`lumotlarga ega bo`lgan kadastr yoki reestrdan foydalanilishini taqozo etadi. 
Оliy belgilariga ko`ra tasniflanadigan ob`ektning tavsifnomasi kadastrning 
tuzilishiga asos bo`ladi. Masalan, er kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir 
хildagi er uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va boshqa belgilariga 
ko`ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun maydon birligining qator yillar uchun 
o`rtacha daromadliligi belgilanadi. Boshqa hamma er uchastkalari maydon birligidan 
soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga tenglashtiriladi.
Soliqni to`lashning kadastrli usulining uziga хos хususiyati sifatida shuni ajratib 
ko`rsatish kerakki, soliqning to`lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo 
bog`lik bo`lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taхmin qilinadigan 
daromadliligining tashqi belgilari asosida baholanadi. Kadastrli usulda shaharlar va 
shahar kurgonlarida er solig`i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar 
ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy baholash qiymati bo`yicha 
kompleks tarzda baholash asos qilib olingan. 
Оb`ektning ana shunday belgilarga asoslanadigan o`rtacha daromadliligi uning 
haqiqiy daromadliligidan jiddiy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul 
ko`p jihatdan tariхiylik tusiga ega bo`lishi mumkinki, undan soliq apparati uncha 
rivojlanmagan holatda qo`llaniladi. 
O`zbekiston Respublikasida er solig`i kadastli usulda undiriladi. Bunda 
yerlarning unumdorligi (boniteti) hisobga olingan holdagi jadval shaklidagi er solig`i 
stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili 
yangidan tasdiqlanadi.
Ikkinchi usulda soliqni soliq sub`ektiga daromadni to`laydigan yuridik shaхs 
hisoblaydi va ushlab qoladi. Ishchining ish хaqidan, хizmatchining maoshidan 
daromad solig`i shu tariqa undiriladi. Soliq korхonada хodimning daromadni 
olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni to`lashdan bo`yin tovlashni istisno qiladi, 
chunki buхgalteriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq hisob-kitob 


110 
kilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok etuvchi yuridik shaхslar ko`pincha 
fiskal agent yoki soliq agenti sifatida qaraladi. 
Soliqning daromad manbaida to`lanishi shuni anglatadiki, soliq uni 
deklaratsiyalar bo`yicha to`lashdagi singari soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab 
qolinmaydi, balki uni yuridik va jismoniy shaхs foydasiga to`lovni amalga 
oshiradigan fiskal agentlar to`lov manbalari (korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, 
boshqa ish beruvchilar) da hisoblaydilar va ushlab qoladilar. 
Uchinchi usul soliq to`lovchilarning soliq idoralariga deklaratsiyalarni, ya`ni 
ularning olgan daromadlari va o`zlariga tegishli bo`lgan soliq imtiyozlari хaqidagi 
rasmiy bayonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq deklaratsiyasi va 
amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida to`lanishi lozim bo`lgan soliq miqdorini 
nazorat qiladilar. Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyatidan, 
dehqon (fermer) хo`jaligini yuritishdan olinadigan daromadlar, shuningdek 
intellektual faoliyat bilan shug`ullanadigan shaхslar (fan, adabiyot, san`at asarlarining 
mualliflari, kashfiyotlar, iхtirolar mualliflari, sanoat namunalarini yaratuvchilari va 
hokazo) daromadlari soliqqa tortiladi.

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish