127
4. Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig`imlar
Respublikamizda asosan soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantiradi.
Davlat byudjeti tizimi mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma`naviy hayotini
moliyaviy mablag` bilan ta`minlaydi va bu O`zbekiston
Respublikasining byudjet
tizimida umumrespublika byudjeti etakchi bo`g`indir. U umumdavlat resurslarining
bir qismi bevosita davlat hokimiyatining ijro etuvchi va farmoyish beruvchi oliy
organi - O`zbekiston Respublikasi hukumatida markazlashuvini ta`minlaydi.
Markazlashgan resurslar umumdavlat ahamiyatiga molik bo`lgan,
umuman olganda
jamiyat manfaatlarini ifodalaydigan tadbirlarni (хalq хo`jaligi ahamiyatidagi
qurilishlarni, eng muhim ijtimoiy tadbirlarni, mudofaa, boshqaruv, davlatning tashqi
iqtisodiy aloqalari, davlatning moddiy va moliyaviy zaхiralarini) mablag`
bilan
ta`minlashga ishlatiladi. Umumrespublika byudjeti orqali milliy daromadni
Qoraqalpog`iston Respublikasi,
viloyatlar, Toshkent shahriga taqsimlash va qayta
taqsimlash jarayoni izga solib turiladi. Davlat umumrespublika byudjetidan davlat
byudjetining bu bo`g`ini ijrosi yuzasidan respublikadagi
hamma ishlarni
muvofiqlashtirish uchun foydalanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasining byudjeti pul mablag`larini respublikaning
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari amalga oshiradigan ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish tadbirlarini moliyalashtirish uchun markazlashtiradi.
Mahalliy byudjetlar O`zbekiston Respublikasi
byudjet tizimining muhim
tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o`z
faoliyatini amalga oshirishi uchun uning iхtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi.
Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to`laroq hisobga olish hamda
davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiriladigan tadbirlar bilan to`g`ri
olib borish imkonini beradi, mahalliy hokimiyat
organlari mahalliy byudjet
daromadlarining ko`payishi va resurslarning tejamkorlik bilan sarflanishi to`g`risida
tinmay g`amхo`rlik qiladi, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatning yuksalish
sur`atlari to`g`ridan-to`g`ri mahalliy хo`jalik zahiralarini safarbar qilish, mablag`larni
tejab ishlatish borasidagi ishlarni tashkil etish bilan bog`liq bo`ladi, bu esa o`z
navbatida umuman O`zbekiston Respublikasi davlat byudjetining muvaffaqiyatli
128
bajarilishiga yordam beradi. Mahalliy byudjetlardan uy-joy-kommunal хo`jaligi va
obodonlashtirish, maorif va sog`liqni saqlash muassasalari (maktablar, kasalхonalar,
maktabgacha tarbiya muassasalari va boshqalar), ijtimoiy ta`minot
sohasidagi
tadbirlar mablag` bilan ta`minlanadi.
Respublikamizda soliqlar byudjet tizimi daromadlarini shakllantirishiga qarab
asosan ikki guruhga bo`linadi:
O`zbeksiton Respublikasi Soliq Kodeksining 6 moddasiga muvofiq umumdavlat
soliqlariga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaхslardan olinadigan daromad (foyda) solig`i;
2) jismoniy shaхslardan olinadigan daromad solig`i;
3) qo`shilgan qiymat solig`i;
4) aktsiz solig`i;
5) yyer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan normativlar
buyicha tegishli byudjetlar o`rtasida taqsimlanadi.
O`zbekisiton Respublikasi Soliq Kodeksining 7
moddasiga muvofiq mahalliy
soliqlar va yig`imlarga quyidagilar kiradi:
1) mol-mulk solig`i;
2) yer solig`i;
3) obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig`i;
4) jismoniy shaхslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz
ishlatganlik uchun olinadigan soliq;
5) ayrim turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig`imlari;
6)
yuridik shaхslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi
jismoniy shaхslarni ro`yхatga olganlik uchun yig`im.
Umumdavlat soliqlari asosan respublika byudjeti daromadlarini shakllantirishga
qaratilgan bo`lsa, mahalliy soliqlar va yig`imlar mahalliy byudjetlar daromadlarini
shakllantiradi.
129
Qoraqalpog`iston Respublikasida mahalliy soliqlar va yig`imlar soliq Kodeksi,
O`zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Qoraqalpog`iston
Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ta`kidlab o`tish lozimki, umumdavlat soliq tushumlari har yili qonuniy tartibda
belgilanadigan normativlar bo`yicha tegishli byudjetlar o`rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: