18. ―5x5x5‖ yoki ―6x6x6‖ usuli.
Guruh talabalar o‘rganilayotgan
mavzu (bo‘lim, bob) bo‘yicha 5 yoki 6 kichik guruhlarga bo‘linib, 5
yoki 6 topshiriq oladilar va guruhlarida topshiriqni muhokama
qiladilar. Guruh bo‘yicha tuzilgan 5 yoki 6 ta topshiriq navbatma -
navbat guruhlarga almashtiriladi. Har bir kichik guruhga bеrilgan
topshiriq 5 yoki 6 marta guruhlarda almashtiriladi. Guruhlarning
topshiriqqa javobi yozib boriladi va u boshlovchi yoki ekspеrtga
taqdim qilinadi. Har bir topshiriq bo‘yicha ishlab chiqilgan javob va
xulosalar guruh sardori tomonidan o‘qib eshittiriladi. Topshiriqlarga
guruhlarning bеrgan javoblari muhokama qilinadi va aniq xulosaga
kеlinadi. Bu o‘quvchi –talabalarni ham javob qaytaruvchi ham
tinglovchi bo‘lib ishtirok etishlarini yo‘lga qo‘yadi. Bunda faollik,
hamkorlik, birfikrlilik shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |