Q o‘ L y o zma huq uq I d a u d k 06


Tadqiqot  mavzusining  dolzarbligi



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/78
Sana31.12.2021
Hajmi1,35 Mb.
#250168
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78
Bog'liq
dasturlash texnologiyalarini oqitish metodikasi

Tadqiqot  mavzusining  dolzarbligi:  Xo‘jalik  yuritishning  barcha  sohalariga 

borgan sari chuqurroq kirib borayotgan kompyuterlar  bugungi kunda axborotlarni 

yig‘ish  va  qayta  ishlashda  insonlarning  beminnat  yordamchisi  va  eng  qulay 

vositasiga aylanib bormoqda. Hal qilish mumkin bo‘lgan ko‘plab masalalar uchun 

kompyuter texnologiyalarining ishlab chiqilishi ulardan foydalanuvchilar sonining 

ortishiga sabab bo‘lmoqda.  

Kompyuter  va  axborot  texnologiyalari  o‘z  foydalanuvchilaridan  muloqot 

uchun  ma’lum  bir  darajadagi  maxsus  tayyorgarlikni  talab  qiladi.  Bu 

tayyorgarlikning  qay  darajada  mukammal  bo‘lishi  muloqotning  sifat  darajasini 

belgilaydi.  Mazkur  muammoni  hal  qilish  esa,  boshlang‘ich,  o‘rta  maxsus  va  oliy 




11 

 

ta’lim  tizimidagi  informatika  fani  va  uni  o‘qitish  uslubiyoti  oldida  turgan  eng 



dolzarb masalalardan biriga aylanib ulgurdi.  

20-30  yil  avval  asosiy  vazifasi  faqat  dasturlash  asoslaridan  iborat  bo‘lgan 

informatika  fani  bugungi  kunda dasturlash  tillari,  axborot  texnologiyalari,  tarmoq 

texnologiyalari,  o‘qitish  texnologiyalari  va  boshqa  bir  qator  mustaqil  fanlarga 

ajralib ketdi. Bu fanlarning hammasi mantiqiy jihatdan bir-biri bilan chambarchas 

bog‘langan bo‘lishiga qaramay, muayyan sohani o‘rganish uchun mo‘ljallangan.  

Kompyuter  yordamida  hal  qilinadigan  har  qanday  masala  uchun  maxsus 

dastur  ishlab  chiqish  talab  qilinadi.  Kompyuter  yordamida  yechimini  kutayotgan 

masalalar  uchun  “eski”  dasturlash  vositalari  yordamida  dasturlar  ishlab  chiqish 

iqtisodiy  jihatdan  o‘zini  qoplamasligi  hamda  dastur  ishlab  chiqish  jarayonining 

murakkabligi  yangi  dasturlash  tillariga  bo‘lgan  ehtiyojni  yuzaga  keltiradi.  Bu 

masala  tajribali  dasturchilar  yoki  dasturchi  guruhlar  tomonidan  hal  qilinadi.  Ana 

shunday  dasturchilarni  tarbiyalab,  voyaga  yetkazish,  ularni  kelajakdagi  kasbiy 

faoliyatlarida ehtiyojiga qarab  foydalanishi uchun zarur ma’lumotlarni (dasturlash 

asoslari,  tillari,  axborot  texnologiyalari  va  h.k.)  o‘rgatishdek  jarayonni  samarali 

tashkil  etish  o‘quv  yurtlaridagi  dasturlash  asoslari  fani  o‘qituvchilarining  eng 

asosiy vazifasi hisoblandi.  

Ilm-fan  rivojlanar  ekan,  biz  bugun  XXI-  asrda  yashayotgan  ekanmiz, 

dasturlash tillari rivojlanishdan to‘xtamaydi. Demak, bugungi kunda ma’lumotlarni 

ifodalash shakli, tuzilmasi va ishlash tamoyillari avvalgilaridan butunlay farq qilib 

boraveradi, imkoniyatlari juda ham boy  bo‘lgan yangi dasturlash tillari shakllandi 

va  avvalgilariga  nisbatan  bir  qator  afzalliklarga  ega  bo‘lgan  yangi  versiyalar 

hisobiga  rivojlanib  boraveradi.  Anashunday  ekan  buning  evaziga,  dasturlash 

tillarini  o‘qitishda  bir  qator  muammolar  yuzaga  keladi  va  uni  biz  o‘z  talqinimiz 

bo‘yicha  ta’kidlab  o‘tishni  lozim  bildik.  Birinchidan,  “Informatika”,  “Dasturlash 

asoslari”, “Informatika o‘qitish uslubiyoti” fanlari axborot texnologiyalari sohasida 

ro‘y  berayotgan  kompyuter  imkoniyatlarining  kengayishi,  yangi  operatsion 

tizimlar va dasturlash tillari, axborotlarni qayta ishlash jarayonlari, tarmoqlar bilan 

ishlash  kabi  dasturiy  ta’minotdagi  o‘zgarishlar  tezkorlik  bilan  qayd  qilib 



12 

 

ulgurmayapti.  Bugun  o‘quvchi  uchun  to  bir  tilni  tanlash,  uni  o‘qitish  uchun 



tayanch  tushunchalari  va  mazmunini  belgilash,  o‘quv-uslubiy  qo‘llanmalarni 

yaratish,  o‘qitish  uslubiyotini  ishlab  chiqish  va  amaliyotga  tadbiq  qilinguncha 

o‘tadigan davrda bu tilning yangi versiyalari yoki imkoniyatlari undan boy bo‘lgan 

yangi  dasturlash  tillari  ishlab  chiqilmoqda.  Ikkinchidan,  informatika  fani 

o‘qituvchilari  o‘rtasida  o‘qitish  uchun  dasturlash  tillarini  tanlash  va  ularni 

o‘qitishda  yuqori  samara  beruvchi  yo‘l-yo‘riqlarni  aniqlash  muammolariga 

hammani  qanoatlantiruvchi  javob  topilganicha  yo‘q.  Bu  yo‘lda  yangi  dasturlash 

tillari  yaratilgandan  so‘ng,  albatta, “eskilarini”  o‘qitish  ahamiyatining  bo‘lmasligi 

asosiy  to‘siq  hisoblanadi.  Uchinchidan,  informatika  fanini  o‘qitish  paradigmalari 

o‘zgarib bormoqda. Bundan 20-30 yil avval  kompyuter savodxonligi tushunchasi 

asosini  faqat  dasturlash  tillari  tashkil  qilgan  bo‘lsa,  endilikda  informatikaning 

umummadaniy va kasbiy-amaliy tomonlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa 

o‘z navbatida ta’lim muassaslarida dasturlash texnologiyalarini o‘qitish masalasini 

qayta  ko‘rib  chiqishni  va  uni  doimo  boyitib  borishni  talab  etadi.  To‘rtinchidan

an’anaviy  dasturlash tillarini o‘qitishda asosiy e’tibor strukturali algoritm  asosida 

dastur  ishlab  chiqishga  qaratilgan  bo‘lsa,  ta’lim  muassasalarida  “eski”  dasturlash 

tillarida  mavjud  bo‘lmagan  ob’ekt,  klass  kabi  tushunchalar  hamda  ob’ektli 

dasturlashning 

asosiy 

konsepsiyalari 

bo‘lgan 

polimorfizm, 

vorislik 

va 


inkapsulyatsiyalarni  o‘qitish  birinchi  o‘rinda  turadi.  Beshinchidan,  tanlab  olingan 

olingan  dasturlash  tillarini  (masalan,  Paskal,  Delphi,  C++)  nihoyatda  katta 

imkoniyatlarga  ega  va  deyarli  barcha  zamonaviy  axborot  texnologiyalari  bilan 

ishlay  olgani  uchun,  uning  qaysi  tushuncha,  mavzu  va  imkoniyatlarini  o‘qitish 

masalasi ham ochiq turibdi. Oltinchidan, Paskal, Delphi, C++ dasturlash tillarining 

barcha  tuzilmalarini  ingliz  tilida  ekanligi  ham  jiddiy  muammo  hisoblanadi. 

Afsuski,  ko‘plab  talabalarimizning  chet  tillari  (ayniqsa,  ingliz  tili)  bo‘yicha 

bilimlari ilmiy, o‘quv  va uslubiy adabiyotlarni o‘qib, tahlil qila oladigan darajada 

emas,  lekin  bu  muammo  bir  necha  yillardan  keyin  o‘z  yechimini  topadi. 


Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish