Fazalarning
nisbiy
siljishiga, (xromatogrammani
olish
usuliga) ko‘ra tasnif
Bu tasnif doirasida kolonkali xromatografiyaning ko„rinishlaridan
– frontal,
elyuent
(namoyon
etuvchi)
va siqib chiqarish
xromatografiya usullarini qisqacha ko„rib chiqamiz.
Laboratoriya sharoitida xromatografik kolonka sifatida sorbent
to„ldirilgan jo„mrakli shisha nayza ishlatiladi. Kolonka yuqorisidan
kerakli tezlikda (odatda bir daqiqada 20 tomchi) suyuq HF o„tkazib
turiladi.
a) Frontal xromatografiya usulida sorbent to„ldirilgan xromato-
grafik kolonkadan (1-rasm) jarayon tugagunga qadar tarkibida E –
erituvchi
bilan
ajratiluvchi
A
va
B
moddalar
bo„lgan
eritma uzluksiz ravishda o„tkazilib turiladi.
Xromatografiyalash avvalida (1-rasm , a) kolonkadan toza
erituvchi chiqadi. B moddaga nisbatan sorbentga (TF) kamroq moyilligi
bo„lgan A modda tezroq siljib B moddadan o„tib ketadi.
9
1-rasm. Frontal kolonkali xromatografiyada aralashma tarkibiy
qismlarining ajralish sxemasi
a) jarayonning boshi; b) jarayonning davomi; v) jarayonning oxiri
Shuning uchun (1-rasm, b) kolonkadan A moddani E erituvchidagi
eritmasi chiqa boshlaydi. B moddalar A moddalardan «orqada qoladi».
Keyinchalik (1-rasm, v) E erituvchining ikkala A va B moddalar bilan
aralashmasi chiqa boshlaydi.
Frontal xromatografiya kolonkadan ikkala modda aralashmasi
uzluksiz o„tkazib turilgani sababli A moddaning faqat bir qisminigina
ajratish imkonini beradi, xolos.
b) Elyuent (namoyon etuvchi) xromatografiyada avval 2-rasmning
a-holatida ko„rsatilganidek, xromatografik kolonkaga A va B moddalar
(tarkibiy qismlar) va E erituvchidan iborat eritma kiritiladi, so„ngra (2-
rasm, b,v,g) bu moddalar E erituvchi (elyuent) bilan yuvib chiqariladi
(elyuirlanadi).
Toza E erituvchi bilan elyuirlanganda (yuvilganda) A va B tarkibiy
qismlar
sorbenti
(TF)
bo„ylab
turli
tezlikda
siljib
boradi. TFning tabiatiga ko„ra siljish tezligi turlicha bo„ladi. TF ga
moyilligi kamroq bo„lgan A tarkibiy qism, TF ga moyilligi ko„proq
bo„lgan B tarkibiy qismga nisbatan tezroq siljiydi. Xromatografik
kolonka uzunligi yetarli bo„lgan holda A va B tarkibiy qismlar bir-
biridan butunlay ajraladi avval A tarkibiy qism, so„ngra toza E erituvchi,
undan keyin esa B tarkibiy qism kolonka ostidan oqib chiqadi.
10
2-rasm. Elyuent xromatografiyada aralashma tarkibiy
qismlarining ajralish sxemasi
а-jarayonning boshlanishi; b-g – jarayonning davomi va oxiri
Tarkibiy qismlarni xromatografik kolonkadan yuvilib chiqi-
shi elyuirlash deb ataladi. Elyuirlash uchun ishlatiladigan (HF) erituvchi
yoki eritma elyuent, xromatografik kolonkadan oqib chiqayotgan eritma
(yoki erituvchi) esa elyuat deb ataladi.
Elyuent xromatografiya usulida analiz etilayotgan aralashmani
tarkibiy qismlarga deyarli to„liq ajralishiga erishish mumkin.
Bu usulning kamchiligi shundaki, A va B tarkibiy qismlar E
erituvchi bilan xromatografik kolonkadan juda suyultirilgan eritma
holida ajralib chiqadi, binobarin, ularni elyuatdagi konsentratsiyasi
kichik bo„ladi.
v) Siqib chiqarish xromatografiyasi. Bu usulni yuqoridagilardan
farqi shundaki, elyuent sifatida toza erituvchi (E) emas, balki TF ga
moyilligi kattaroq bo„lgan B modda (masalan, B ning E dagi eritmasi)
ishlatiladi. Shunday qilib, B modda siqib chiqaruvchi reagent vazifasini
bajaradi. Uning TF ga moyilligi A va B moddalarnikiga nisbatan
kuchliroq bo„lgani sababli A va B moddalarni sorbent sirtidan siqib
chiqaradi.
3-a rasmda tasvirlangan xromatografik kolonkaga E erituvchidagi
ajratilishi lozim bo„lgan A va B moddalar aralashmasi kiritiladi, so„ngra
3-b-rasmda tasvirlanganidek, siqib chiqaruvchi V moddaning E
erituvchidagi eritmasi kiritiladi. Elyuirlanish jarayonida elyuat tarkibida
avval toza erituvchi E oqib chiqadi, keyin quyidagi ketma-ketlikda
11
moddalar E +A, E +A+B, E +B, E +B+V va E +V ajralib chiqa
boshlaydi. Shunday qilib, bir-biridan ajralgan A va B tarkibiy qismlar (E
erituvchidagi suyultirilgan eritmasi) bilan bir qatorda elyuatga A+B va
B+V tarkibiy qismlarning erituvchi bilan suyultirilgan aralashmalari
ham o„tadi.
3-rasm. Siqib chiqarish xromatografiyasida tarkibiy qismlarning
ajralish sxemasi
a) jarayonning boshlanishi; b) jarayonning davomi
Do'stlaringiz bilan baham: |