Rasmiylashtirish satrlari deb nimaga aytiladi?
Rasmiylashtirish satrlari satrli literallar bo‘lib, modul, funksiya, klass yoki metodlarni aniqlashda birinchi joylashadigan operatorlar hisoblanadi. Bunday rasmiylashtirish satrlari shu obyektning __doc__ maxsus atributi bo‘lib qoladi.
Odatda, har bir modul hamda modul tomonidan eksport qilinadigan har bir funksiya va klass rasmiylashtirish satrlariga ega bo‘lishi lozim. Ommaviy metodlar (shu jumladan, __init__) xuddi shunday rasmiylashtirish satrlariga ega bo‘lishi kerak. Modullar paketi __init__.py ga rasmiy-lashtirilishi mumkin.
Bir xillikka erishish maqsadida har doim rasmiylashtirish satrlarida
"""triple double quotes""" dan foydalaning. Agar siz rasmiylashtirish satrlarida teskari slesh-dan foydalanadigan bo‘lsangiz, u holda """raw triple double quotes""" dan foydalaning.
Rasmiylashtirish satrlarining 2 xil shakli mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |