Funksiyalarning nomlari
Funksiyalarning nomlari kichik harflardan iborat bo‘lishi, so‘zlar esa tagchiziq bilan ajratilishi lozim, bu kodni o‘qish va tushunishni osonlashtirish uchun zarur.
mixedCase uslubi shu uslub oldindan qo‘llanilib kelinayotgan holatlarda qaytar moslikni ta’min-lash maqsadida qo‘llanilishi mumkin.
Funksiya va metodlarning argumentlari
Obyekt ekzemplyari (nusxasi) metodining birinchi argumenti sifatida har doim self dan foydalan-ing.
Klass metodining birinchi argumenti sifatida esa har doim cls dan foydalaning.
Agar argumentning nomi Pyhtonning zaxiralangan kalit so‘zi bilan bir xil bo‘lib qolsa, so‘zni xato yozish yoki abbreviaturalardan foydalangandan ko‘ra, odatda, eng ma’qul metod – nomning ox-irida tagchiziq qo‘shishdan iborat. Shunday qilib, class_ ko‘rinishi clss dan ko‘ra yaxshiroq (balki birorta sinonimni izlab topish ham yaxshi metoddir).
Do'stlaringiz bilan baham: |