Bugungi qismda biz quyidagi topshiriqlarni bajaramiz:
1. "Food"larini (ozuqalarni) ekranda random joylashishini ta'minlaymiz.
2. Asosiy ilon elementi oyna chegarasiga yetganda "Game Over" oynasini yaratamiz.
3. Ilon elementi "food" elementi bilan to'qnashganda hisobni oshirib borish imkoniyatini yaratamiz.
Boshladik:
"Food" elementi uchun alohida Food obyektini yaratamiz va bu uchun
main.py
va
snake.py
fayllari
joylashgan katalogda yangi
food.py
faylini yaratamiz.
Bu fayl birinchi bo'lib, kerakli modullarni ulaymiz:
import pygame
from random import randint
PyGame - avvalgi maqolada aytilganidek, o'yin oynasi bilan ishlash uchun foydalanadigan modulimiz.
Random - yuqorida aytilgan random, ya'ni to'g'ri kelgan sonni olishda kerak bo'luvchi modul.
Do'stlaringiz bilan baham: |