- noldan boshlab qadam 1 ga teng bo’lgan takrorlanish(1-tur);
- a dan boshlab qadam 1 ga teng bo’lgan takrorlanish(2-tur);
- a dan boshlab b gacha qadam x ga teng bo’lgan takrorlanish(3-tur).
Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash vaqtida takrorlanish qadami birga oshib borilsa, birinchi turdan foydaliniladi. 1-tur takrorlanish qadami noldan boshlanib birga oshib boruvchi parameter bo’yicha sikl operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha.
for in range() : operatorlar
1-tur for operatori takrorlanish sonining boshlang‘ich va oxirgi qiymatlari aniq bo’lgandagina ishlatiladi. For operatorining ishlash prinsipi takrorlanish = 0 dan boshlanib toki = < o‘zgaruvchi2 - 1> ga teng bo’lguncha davom etadi, bunda har bir qadamda ni qiymati birga oshib boradi.
Bu yerda range() funksiyasi takrorlanish qadami va oxirini ta‘minlab berishga xizmat qiladi.
Misol. 1 dan n gacha sonlarning kublari yig‘indisini hisoblash dasturini tuzing.
Takrorlanuvchi jarayonlarni dasturlash vaqtida takrorlanish qadami a dan boshlanib qadam 1 bilan b gacha bajarilish ham mumkin, bunda, ikkinchi turdan foydaliniladi. 2-tur takrorlanish qadami a dan boshlanib qadam 1 ga oshib boruvchi parametr bo’yicha sikl operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha.
for in range(, ) :
operatorlar
Bunda for operatorining boshlang‘ich qiymati dan boshlanadi. For operatorining ishlash prinsipi = dan takrorlanish boshlanib toki = gacha davom etadi, ni qiymati birga oshib borishi ta‘minlaydi.
Misol. a dan b gacha sonlar orasida toqlarining kvadratlar, juftlarini kublar yig ’indisini toping.
a=input('a=')
a=int(a)
b=input('b=')
b=int(b)
p=0 # toqlar yig'indisi
s=0 # juftlar yig'indisi
from math import*
for i in range(a,b+1):
if i%2==0:
s+=i**3
else:
p+=i**2
print('Juftlar kublar yigindisi=',s)
print('Toqlar kvadratlar yigindisi=',p)
a=2
b=5
Juftlar kublar yigindisi= 72
Toqlar kvadratlar yigindisi= 34
Takrorlanishni uchinchi turi a dan boshlab b gacha qadam x ga teng bo’lgan takrorlanish jarayonlarini dasturlashni qarab o’tamiz.
Bunda takrorlanish ixtiyoriy intervalda ixtiyoriy qadam bilan amalga oshirilish mumkin. C++, Pascal tillarida -1 qadam alohida yozilar edi, python tilida esa manfiy va musbat qadamlar uchinchi tur bo’yicha hal etiladi.
Takrorlanish a dan boshlab b gacha qadam x ga teng bo’lgan parametr bo’yicha sikl operatorining umumiy ko’rinishi quyidagicha.
for in range(, ,) :operatorlar
Bunda for operatorining boshlang‘ich qiymati dan boshlanadi. Yuqoridagi operatorning ishlash prinsipi = dan takrorlanish boshlanib toki = gacha davom etadi, ni qiymati har takrorlanishda ga oshib borishi ta‘minlanadi.
Misol. a dan b gacha juft sonlarni to„rtinchi darajalar yig‟indisini hisoblash dasturini tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |