Python tili umumiy harakteristikasi. Ma’lumotlar turi. Funksiya. Modul



Download 148,98 Kb.
bet3/15
Sana05.07.2022
Hajmi148,98 Kb.
#740417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-mavzu

2.2. Ma'lumotlar turlari


Python tilida sonli toifa. Pythonda boshqa dasturlash tillaridagi kabi standart sonli obyekt turlari (butun va suzuvchi nuqtali) mavjud. Shuningdek Python kompleks sonlar bilan ishlashni qo'llab-quvvatlaydi. Sonlarni ifodalashning aniqligi Python tarjimonini yaratishda foydalaniladigan C kompilyatorining aniqligi bilan aniqlanadi. Python shuningdek, katta sonlarni ifodalash aniqligi bilan uzun butun sonlarni taqdim etadi (aniqlik mavjud xotira miqdoriga bog'liq).
int turi (butun sonlar) foydalanilayotgan arxitektura uchun C kompilyatoridagi long turiga mos keladi. 32-bitli tizimda ishlayotganda, maksimal butun son 231–1, minimal esa –231. Toifani aniqlash uchun type() operatoridan foydalaniladi.
>>> import sys
>>> а = sys.maxsize
>>> print(а)
9223372036854775807
>>> type(а)

Avval (maxsize buyrug'i) int tipidagi maksimal butun sonni topamiz, so'ngra (type buyrug'i) a va b sonlarning turlarini aniqlaymiz.
Sakkizlik sonning belgisi sonning boshida 0, undan keyin 0-7 raqamlari. O'n oltilik raqam uchun sonning boshida Ox yoki OX, keyin esa 0-9 va A-F o'n oltilik raqamlaridan foydalaniladi.
>>> print(10,0o12,0xA)
10 10 10
Pythonda haqiqiy sonlar (float turi) C da double turi sifatida amalga oshiriladi. Suzuvchi nuqtali sonlar eksponensial ko`rinishida tasvirlanadi, bunda nuqta belgisi hamda e yoki E belgilaridan iborat bo'lishi mumkin:
>>> 2**100
1267650600228229401496703205376
>>> 2.**100
1.2676506002282294e+30
Python tilidagi kompleks sonlar haqiqiy va mavhum qismlarni ifodalovchi ikkita suzuvchi nuqtali raqamlardan iborat. Ifoda oxiridagi j yoki J belgisi mavhum qismni ko'rsatish uchun ishlatiladi. Misol uchun
>>> z=5+8j
>>> z.real
5.0
>>> z.imag
8.0
z kompleks sonining haqiqiy va mavhum qismlari alohida ajratiladi.
Pythonda ikkita qiymat "True" (rost) va "False" (yolg`on) dan iborat bool mantiqiy toifasiga ega. True va False xuddi 1 va 0 butun sonlari kabi ishlaydi, lekin ekranga chop etilganda ular 1 va 0 raqamlari o‘rniga True va False so‘zlari sifatida ko‘rsatiladi:
>>> a=8>10
>>> c=a+1
>>> print(a,c)
False 1
Sonli ob'ektlar bilan ishlash uchun standart math (haqiqiy sonlar) va cmath (kompleks sonlar) modullaridan foydalaniladi. Ilmiy hisoblash uchun ayniqsa muhim bo'lgan bunday Python kengaytmalari haqida alohida qaraladi.

Download 148,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish