Arifmetik operatorlar:
Bayt operatorlar:
Bayt operatorlari operandalarga xuddi ikkitali raqamlar qatori kabi harakat qilishadi. Ular asta-sekin ishlaydi, shuning uchun nom.
Mantiqiy operatorlar
P ython da and, or va not mantiqiy operatorlari bor
M isol:
Natija:
Taqqoslash operatorlari
Q iyoslarni taqqoslash uchun taqqoslash operatorlari ishlatiladi. U True yoki False shartga muvofiq qaytadi.
Shartli operator IF
If taqqoslash operatori ma'lum bir shartga qarab aniq ko'rsatmalar to'plamini bajarishga imkon beradi. Quyidagi foydalanish holatlari.
Shunday qilib, Python-dagi shartli konstruksiya quyidagi sintaksisga ega:
if SHART:
operator 1
else:
operator 2
Operator 1, agar shart to'g'ri bo'lsa bajariladi. Agar shart noto'g'ri bo'lsa, operator 2 bajariladi.
if operatori shartni tekshirish uchun ishlatiladi: agar shart to'g'ri bo'lsa, birinchi ifodalar bloki bajariladi (bu blok "if — blok" deb nomlanadi), aks xolda keyingi ifodalar bloki bajariladi (bu blok "else — blok" deb nomlanadi). "else" blokining bo'lishi majburiy emas. Misol:
Natija:
Biz bu dasturda foydalanuvchidan biror son kiritishini so'raymiz va bu kiritilgan son oldindan o'ylab qo'yilgan songa teng yoki teng emasligini tekshiramiz. Biz number o'zgaruvchiga biror son qiymatini biriktiramiz. Misol uchun 23. Shundan so'ng biz foydalanuvchidan biror butun son kiritishini input() funksiyasi yordamida so'raymiz. Funksiya — bu ko'p marta ishlatish mumkin bo'lgan dastur kodi bo'lagi hisoblanadi. Biz ular haqida keyingi darslarimizda imkon qadar tanishib o'tishga harakat qilamiz.
Biz input funksiyasiga ekranga chiqarish uchun qator beramiz va o'z navbatida u bu qatorni ekranga chiqaradi va foydalanuvchidan biror qiymat kiritishini kutadi. Biz biror qiymat kiritib Enter tugmasini bosishimiz bilan input() funksiyasi biz kiritgan qiymatni satr ko'rinishida qaytaradi. Biz bu satrni int() funksiyasi yordamida butun songa aylantiramiz va uni guess o'zgaruvchisiga biriktiramiz. Umuman olganda int — bu klass, lekin bizning holatda uning yordamida satrni butun songa aylantirish mumkinligini bilsak yetarli bo'ladi (satr butun sondan tashkil topganligi nazarda tutilagan).
So'ng biz foydalanuvchi tomonidan kiritilgan sonni oldindan o'ylangan son bilan taqqoslaymiz. Agar ular teng bo'lsa bu muvaffaqiyat haqidagi xabarni ekranga chop etamiz. E'tibor bering, biz Pythonga qaysi ifodalar qaysi blokka tegishlik ekanligini bildirish uchun kerakli miqdorda «otstup» ishlatdik. Mana shuning uchun «otstup»lar Python tilida juda ham muhim.
E'tibor bering, if operatori oxirida ikki nuqta (:) turibdi. Bu bilan biz ifodalar bloki boshlanishini ko'rsatayapmiz.
Shundan so'ng foydalanuvchi kiritgan son oldindan o'ylangan sondan kichikligini tekshiramiz. Agar shunday bo'lib chiqsa, bu haqida foydalanuvchini oldindan o'ylangan son kiritilgan sondan kattaroq ekanligidan xabardor qilamiz. Bu yerda biz elif ifodasidan foydalandik. Bu ifoda o'zida ikkita bir-biriga bog'liq bo'lgan if else-if else ifodani bir ifodada if elif else saqlaydi. Bu dasturni o'qishni osonlashtiradi va qo'shimcha «otstup»larni talab qilmaydi.
elif va else ifodalari ham mantiqiy qator oxirida ikki nuqta (:) ga ega va bu o'z navbatida ulardan so'ng mos keluvchi ifodalar bloki kelishligini bildiradi (tegishli «otstup»lar miqdori bilan albatta).
if operatori if — bloki ichida boshqa if operatori ishlatilishi mumkin va bu ichma-ich if operatori deyiladi.
Esda saqlang, elif va else ishlatilishi majburiy emas. Qisqa if operatorining yozilishi quyidagicha:
if True:
print('Ha, bu rost.')
Python if operatorini uning qismlari elif va else bilan bajarib bo'lgandan so'ng, if operatori joylashgan blokdagi keyingi ifodani bajarishga o'tadi. Bizning holatda bu dasturning asosiy bloki, keyingi ifoda esa print("Tamom") ifodasi hisoblanadi. So'ng Python dasturi oxirigacha bajariladi va tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |