PYTHON DASTURLASH TILINING IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik odimlarini dadil qo‘yayotgan hozirgi davrda axborotlashgan jamiyat qurish masalasi mamlakatimiz uchun naqadar katta ahamiyat kasb etayotgani hech kimga sir emas. Internet hayotimizning bir bo‘lagiga aylandi, biz uning xizmatlaridan har kuni foydalanishga odatlandik.
Respublikamizda o‘qitish texnologiyalarini zamonaviylashtirishni jadallashtirish iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tizimining salohiyati iqtisodiy rivojlanishning yanada yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishga amaliy imkoniyat ta’minlovchi asosiy ijtimoiy resurs sifatida gavdalanadi. Respublikamiz ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o‘qitish jarayoniga qo‘llashdan iborat. O‘zbekistonda ta’lim tizimining axborotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi. Masofaviy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Iqtisodiyot va jamiyatda islohotlarning o‘tkazilishi natijasida o‘quv jarayonining zahira hajmini keskin oshirish bo‘yicha yangi talablar qo‘yildi.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning tarkibida yuqori malakali mutaxasislarning roli benihoya kattadir. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ”Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan zamonaviy bilimga ega bo‘lgan yuksak malakali mutaxasislarni talab etadi”. Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yuksak mutaxasislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tadbiq etilmoqda.
Ushbu maqolaning mazmuni shundan iboratki, Python bu umumiy maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili hisoblanib, o‘rganish oson va qulay sintaksisga yega. Python dasturlash tili skriptli dasturlash tillariga kiradi. Python dinamik tipizatsiyaga ega, ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash, funksional dasturlash, strukturali, avtomatik xotirani boshqarish va albatta ko‘p patokli dasturlash tillaridan biri. Python har xil platformalar uchun yozilgan masalan, Windows, Linux, Mac OSX, Palm OS, Mac OS va hokazo. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham bor, uni nomi IronPython. Bugungi kunda dunyoga mashhur ko‘plab kompaniyalar NASA, Google, Yandex, CERN, Apple computer, Dream Works, kosmik teleskop institutlari Python ni ishlatishadi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlari AQSh (Koliforniya Universiteti, Florida Universiteti, Lova Universiteti, Massachustva Texnologiya Universiteti), Kanada (Toronto Universiteti, Alberto Universiteti), Buyuk Britaniya (Oksford Universiteti), Fransiya, Rossiya, Avstraliya, Ispaniyaning universitet va kollejlarida o‘qitishda Python dasturlash tili qo‘llaniladi. Python dasturlash tilining o‘ziga xos jihatlaridan biri bu dasturni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni hisobga olishga hojat qolmaydi. Shuningdek dasturni yozish davomida ortiqcha kod yozishdan xalos bo‘linadi. Masalan: 1 dan N sonigacha bo‘lgan sonlr ko‘paytmasini topshi dasturini tahlil qilib ko‘raylik. Python va boshqa dasturlash tillari dasturidagi talqinini taqqoslab ko‘raylik.
“Paskal” dasturlash tilida:
N ning qiymatini 170 kiritganimizda natijani hisoblaydi. N ning qiymatini bittaga oshirsak dastur natijani hisoblab berolmaydi chunki dasturning natijasi o‘zgaruvchinig maksimal chegaraviy qiymatidan chiqib ketadi.
“S++” dasturlash tilida:
N ning qiymatini 1754 kiritganimizda natijani hisoblaydi. N ning qiymatini bittaga oshirsak dastur natijani hisoblab berolmaydi chunki dasturning natijasi o‘zgaruvchinig maksimalniy chegaraviy qiymatidan chiqib ketadi.
“Python” dasturlash tilida:
N ning qiymatini 10000 kiritganimizda 35660 honali sonni tez va oson hisoblaydi.Chunki dastur bugungi kunda juda katta imoniyatlarga ega dasturlardan hisoblanadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Python dasturlash tili bu o‘rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlari yuqori bo‘lgan oz sonlik zamonaviy dasturlash tillari qatoriga kiradi. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy lekin samarador obektga yo‘naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim yetadi. Bugungi kundagi ko‘plab axborot tizimlari, ta’lim portallari mana shu dasturlash tillarida yaratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |