python3 buyrug’ini yozib, ishga tushiramiz. Buyruq ishga tushgandan so’ng siz satr boshida >>> belgisi paydo bo’ladi. Bu yerda biror operatorni yozish mumkin va bu python interpretatorining buyruqlar qatori deb ataladi.
2-usul. Biz biror dasturni ishga tushirmoqchi bo’lsak interpretatorga dasturni har safar qayta yozishimizga to’g’ri keladi. Shuning uchun yozilgan dastur kodini biror faylga yozib saqlab qo’yish dasturni istalgan vaqtda ishga tushirish imkonini beradi. Bu usulda bizga biror redaktor kerak bo’ladi va fayl kengaytmasi