Oltinchi so‘nggi bosqichda qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi. Shuningdek, foydalanuvchi xohishini inobatga olgan holda, ish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va takliflar asosida dasturga o‘zgartirishlar kiritiladi. - Python dasturlash tili IDLE rejimi yuklangan-dan so‘ng quyidagi oyna hosil bo‘ladi.
- IDLE oynasining ikki xil muhiti mavjud bo‘lib, ular interfaol muhit va dasturlash muhiti deb nomlanadi.
- IDLE ning interfaol muhiti (konsol deb ham yuritiladi) – dastur kodini kiritib, natijasini darhol ko‘rish mumkin bo‘lgan oyna. Bu muhit dastur buyruqlari vazifalarini o‘rganish, kichik dasturlar tuzish, ularning natijasini tezroq ko‘rish uchun ishlatiladi. Interfaol muhitdan kalkulyator sifatida foydalanish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |