Python dasturlash tilida funksiyalar . Python dasturlash tilida funksiyalarni yaratish va ulardan foydalanish. - Dasturlash asoslari va tilllari
- Asosiy adabiyotlar
- Eric Matthes. Python Crash Course Paperback.England 2015.205p..
- Сысоева М.В., Сысоев И. В. Программирование для «нормальных» с нуля на языке Python Москва. 2018. -180с.
- Федоров Д. Ю.Основы программирования на примере языка Python. Санкт-Петербург 2018. -167 c.
- К.Ю. Поляков, В.М. Гуровиц. Язык Python в школьном курсе информатики – М.: Издательский дом МЭИ, 2011. – 424.
- Axatov A.R.,Nazarov F.M.Python tilida dasturlash asoslari. O‘quv qo‘llanma –SamDU, 2020 –yil, 180- bet.
- Aminov I.B. Algoritmlash va dasturlash asoslari. O’quv qo’llanma. Samarqand, SamDU nashri, 2016 yil, 146 b
-
- Python dasturlash tili tarkibida dastur tuzish vaqtida ma‘lum bir jarayonlar bir necha marta bajarilishi yoki bir necha marta murojat qilinishi mumkin. Dasturlash tillari tarkibida bir necha marta bajarilish kerak bo‗lgan jarayonlarni bir marta tasvirlab, keyin shu dasturga murojat qilish imkoniyati mavjud. Dasturlash tillari tarkibida bir necha marta bajarilishi mumkin bo‗lgan holatlarni qism dastur sifatida e‘lon qilish va kerakli joyga shu qism dasturga murojat qilish mumkin.
- Ta’rif: Dasturlash tilida yaratilgan dastur tarkibida ma‟lum bir vazifani bajaruvchi kichik dasturlar qism dasturlar deyiladi.
- Qism dasturlarning mohiyati berilgan masala tarkibi ma‘lum bir vazifani bajarish kerak bo‗ladi, lekin masala tarkibida ham kichik bir vazifani bajarish kerak bo‗ladi shunday vazifalarni qism dastur yordamida hal etish mumkin. Bunday masalalar asosan matematik masalalar tarkibida ko‗p bo‗lishi mumkin, yoki boshqa sohalarda ham uchrab turadi.
- Asosiy dasturda qism dasturlarni chaqirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- Qism dastur zarurat tug‘ilganda chaqiriladi. U ayni bir kodni bir necha marta yozish zaruratini bartaraf qilib, butun dastur davomida ko‘p marta foydalanilishi mumkin. Bu kodning blokliligini oshiradi, tushunishni osonlashtiradi va xatolarni topishda yordam beradi.
- Xato bor yoki yo‘qligini bitta kod blokining o‘zida tekshirsa bo‘ladi. Agar xato qism dasturda bo‘lsa, faqat qism dasturning o‘zini tuzatishga zarurat tug‘iladi. Agar qism dasturdan foyda-lanmasdan, kod bir necha joyda takror-takror yozilsa, u holda butun dastur bo‘ylab xatolarni qidirishga to‘gri keladi.
- Kodni faqat bitta joyda yangilash kerak bo‘ladi: Kiritilgan barcha tuzatishlar qism dastur chaqirilishi bilan amal qila boshlaydi.
- Qism dasturning turlari:
- •
Do'stlaringiz bilan baham: |