Funksiya – ma’lum bir vazifani bajaruvchi, qanday-dir nomga ega, bir yoki bir necha qiymatni qabul qiluvchi, ishni tugatganidan keyin esa asosiy dasturga bir yoki bir necha natija qiymatlarni qaytaruvchi qism dastur. • Protsedura – funksiyaga o‘xshash ko‘p marta foyda-lanilishi mumkin bo‘lgan qism dastur bo‘lib, yagona farqli jihati hech qanday qiymatni qaytarmaydi. - Global va lokal o‘zgaruvchilar
- Python dasturlash tilida tuziladigan dasturlar tarkibida bir nechta o‗zgaruvchilardan foydalaniladi. Python dasturlash tilida funksiyalar mavzusidan keyin o’zgaruvchilar ikki turga ajratiladi, ya‘ni global va lokal o’zgaruvchilar.
- Ta’rif: Dastur tarkibining ixtiyoriy joyida foydalanish mumkin bo’lgan o’zgaruvchilar global o‘zgaruvchilar deyiladi.
- Global o’zgaruvchilar dasturning ixtiyoriy qismida o’z qiymatini saq-laydi, hattoki, dasturning ixtiyoriy joyida o’z qiymatini ushlab qoladi. Global o’zgaruvchilar qism dasturning tashqarisida faollashtiriladi. Python dasturlash tilidagi funksiyalar tarkibidagi o’zgaruvchilar global hisoblanmaydi. Global bo’lmagan o’zga-ruvchilar faqatgini o’z qism funksiya tarkibiga tegishli bo’ladi.
- Ta’rif: Python dasturlash tilidagi funksiyalar tarkibidagi o’zgaruvchilar lokal o‘zgaruvchilar deyiladi.
- Dastur tarkibidagi qism funksiyalar tarkibidagi barcha o‗zgaruvchilar lokal o‗zgaruvchilar hisoblanadi, funksiya tarkibidagi o‗zgaruvchilar faqatgina funksiyaning tarkibi ichida o‗rinli bo‗ladi. Global va lokal o‗zgaruvchilarni aniqlash uchun quyidagi orqali aniqlaymiz.
- Python dasturlash tilida ikki va undan ortiq qiymat qaytaradigan funksiyalarni qisqacha qilib ko‗p qiymat qaytaruvchi funksiyalar deb nomlaymiz. Yuklangan funksiyalar chaqirilganda, qaysi funksiyani chaqirish kirish parametrlarining soniga, ularning tipiga va navbatiga bog'liqdir. Yani ism yuklanishida funksiyaning imzosi rol o‗ynadi. Agar kirish parametrlari va ismlari ayni funksiyalarning farqi faqat ularning qaytish qiymatlarida bo‗lsa, bu yuklanish bo‗lmaydi, kompilyator buni xato deb e'lon qiladi. Funksiya yuklanishi asosan ayni ishni yoki amalni farqli usul bilan farqli ma'lumot tiplari ustida bajarish uchun qo‗llaniladi. Masalan bir fazoviy jismning hajmini hisoblash kerak bo‗lsin. Har bir jismning hajmi farqli formula yordamida, yani farqli usulda topiladi, bir jismda radius tushunchasi bor bo‗lsa, boshqasida asos yoki tomon tushunchasi bor bo‗ladi, bu esa farqli ma'lumot tiplariga kiradi. Lekin amal ayni hajmni hisoblash
Do'stlaringiz bilan baham: |