Kortejlar(tuple)
Kortejlar bir nechta ob’yektlarni birgalikda saqlashga xizmat qiladi. Ularni ro’yxatlarga o’xshatish mumkin. Lekin ular ro’yxatlar kabi boy funksionallikka ega emas. Ularning asosiy jihati qatorlarga o’xshab o’zgarmasliklaridir. Kortej- elementlar orasini vergul bilan ajratish orqali hosil qilinadi. Kortejga ma’no jihatdan o`zgarmas ro`yxat deb ta’rif berdik. Shu o`rinda savol tug`iladi. Ro`yxat bo`lsa kortej nimaga kerak:
Turli holatlardan himoyalanish. Bu degani kortej o`zgartirishlardan himoyalangan bo`ladi, rejali (bu yomon) va tasodifiy (bu yaxshi) o`zgarishlardan xalos bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |