Dastur natijasini chop etish
Dastur natijasini ekranga chiqarish uchun print() funksiyasidan foydalaniladi. Funksiya quyidagi formatda beriladi:
рrint ([] [, sep= ' '] [, end=' \n' ] [, file=sys.stdout] [, flush=False])
print() funksiyasi obyektni satrga o’tkazadi va uni stdout standart chiqarishga uzatadi. file parametri yordamida chiqarish boshqa joyga masalan, faylga yo’naltirilishi mumkin. Bunda flush paramtri qiymati False bo’lsa chiqariladigan qiymat faylga yozilishi majburiy bo’ladi. Chop etishlarni yo’naltirish bo’yicha fayllar mavzusida batafsil tanishib chiqamiz.
Satr chop etilgach avtomatik satr keying satrga o’tkaziladi:
print ("1-satr")
print ("2-satr ")
Natija:
1-satr
2-satr
Agar bir nechta qiymatni bitta satrda chiqarish zarur bo’lsa, qiymatlar vergul yordamida print() funksiyasidagi birinchi parametrda beriladi:
print ("1-satr", "2-satr”)
Natija:
1-satr 2-satr
Misoldan ko’rinib turganidek, chop etiladigan satrlar orasiga avtomati probel qo’yiladi. sep parametri yordamida boshqa belgini ajratgich sifatifda ko’rsatish mumkin.
Masalan satrlar probelsiz chiqishi uchun quyidagicha yoziladi:
print ("1-satr","2-satr", sep="")
Natija:
1-satr2-satr
Obyektni chiqargandan keyin ohirida keying satrga o'tish belgisi qo’shiladi. Agar keying chiqariladigan satr oldingisi bilan bir satrga joylashishi zarur bo’lsa end parametrida quyidagicha probel belgisi ko’rsatiladi:
print ("1-satr", "2-satr", end=" ")
print ("3-satr)
Natija:
1-satr 2-satr 3-satr
Agar aksincha bolishini ya’ni keying chop etish natijasi yangi satrdan chiqishini hohlasangiz print() funksiyasida end parametrini ko’rsatmang. Masalan:
for n in range (l, 5):
print (n, end=" ")
print()
print ("Bu matn yangi satrda chop etiladi")
Natija quyidagicha chop etiladi:
1 2 3 4
Bu matn yangi satrda chop etiladi
Bu yerda biz for siklidan foydalanib sonlar ketma ketlini chop etdik. Sikldan keyingi print() operatori navbatdagi print ("Bu matn yangi satrda chop etiladi") operatorida chop etiladigan satrni yangi satrdan chop etish uchun parametrsiz shaklda yozildi.
Ma’lumotlarni kiritish
Python 3 da ma’lumotlarni kiritish uchun stdin standartidan ma’lumot oluvchi input () funksiyasi dan foydalaniladi. Funksiya quyidagi umumiy ko’rinishga ega:
[ =] input ([ ])
Misol sifatida foydalanuvhci bilan salomlashish dasturini ko’rib chiqamiz.
2-misol:
# -*- coding: utf-8 -*-
name = input("Ismingizni kiriting: ")
print("Salom,", name)
input("Dasturdan chiqish uchin tugmasini bosing")
Dastur natijasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |