Qiymat qaytarish
Funksiyalar vazifasiga ko’ra ikki turga bo’linadi. Bular qiymat qaytaradigan va qiymat qaytarmaydigan funksiyalar. Biz yuqorida hosil qiligan funksiyalarimiz bu qiymat qaytarmaydigan funksiyalar hisoblanadi. Endi esa qiymat qaytaruvchi funksiyalar hosil qilish bilan tanishamiz.
def kvadrat(x): return x*x
print(kvadrat(5))
Qiymat qaytaruvchi funksiyalar hosil qilish uchun return so’zidan foydalanamiz. Masalan, istalgan sonning kvadratini chiqaruvchi funksiya tuzsak:
25
Bunda yuqoridagi dasturga e’tibor bersangiz funksiya return kalit so’zi orqali x argumentning ikkinchi darajasini ya’ni kvadratini qaytarmoqda va bu shuning uchun ham biz yaratgan fuksiya qiymat qaytaruvchi funksiyaga misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |