Elementlarga murojaat
Tuple elementiga murojaat qilish uning indeksini ko’rsatish bilan amalga oshiriladi:
a = ("kitob", "daftar", "ruchka") print(a[0])
Manfiy indeks
Manfiy indeks sanoqning oxiridan boshlanishini anglatadi. Masalan, -1 eng oxorgi, -2 oxiridan ikkinchi element va hokazo.
a = ("kitob", "daftar", "ruchka") print(a[-1])
ruchka
Indeks oralig’i
Ro’yxatning ma’lum qismidagi bir nechta elementni tanlab olish uchun o’sha indekslar oralig’ini kiritamiz. Bunda uning boshlanish va oxirgi nuqtalari kiritiladi. Element tanlashda oxirgi nuqta hisobga kirmaydi. Ya’ni boshlang’ich nuqtadan boshlanib oxirgi nuqtadan bitta oldingi elementgacha olinadi.
Hozir ekranga ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi elementlarni tanlab ekranga chiqaramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |