Pythonning o'ziga xosligi
Oddiy, o'rganishga oson, sodda sintaksisga ega, dasturlashni boshlash uchun qulay, erkin va ochiq kodlik dasturiy ta'minot.
O'z dasturingizni yozish davomida quyi darajadagi detallarni, misol uchun xotirani boshqarishni xisobga olishingizga xojat qolmaydi.
Ko'plab platformalarda hech qanday o'zgartirishlarsiz ishlay oladi.
Interpretatsiya(Интерпретируемый) qilinadigan til.
Kengayishga (Расширяемый) moyil til. Agar siz dasturingizni biror joyini tezroq ishlashini xoxlasangiz shu qismni C yoki C++ dasturlash tillarida yozib keyin shu qismni python kodingiz orqali ishga tushirsangiz(chaqirsangiz) bo'ladi.
Juda xam ko'p hilma-hil kutubxonalarga ega.
Python har xil platformalar uchun yozilgan, masalan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython.
Masala: To’g’ri burchakli parallelipipedning a, b, va c qirralari berilgan. Uning hajmini va to’la sirtini topish dasturi tuzilsin.
Matematik ifodalanishi (matematik modeli):
V=a*b*c, S=2*(a*b+b*c+a*c)
Dastur kodi:
a=5
b=4
c=3
V=a*b*c
S=2*(a*b+b*c+a*c)
print("To'g'ri burchakli paralleliped hajmi=",V)
print("To'g'ri burchakli paralleliped to'la sirti=",S)
Do'stlaringiz bilan baham: |