Z. M. Bobur. 5. Bobur ko‘rgan-kechirganlari haqida qaysi asarini yozib qoldirgan? –
“Boburnoma”. 6. Bobur yana nimalarga qiziqqan? –
Musiqaga, musiqa haqida ilmiy kitob ham yozgan. 7. Z. M. Bobur qachon va qayerda tug‘ilgan? –
1483-yilning 14-fevralida Farg‘ona viloyatining Andijon shahrida. 8. Otasining ismi? –
Temuriyzodalardan Umarshayx Mirzo. Farg‘ona viloyati hukmdori edi. 9. Onasining ismi? –
Qutlug‘nigorxonim. Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. 10. Bobur zimmasiga qachon va nima uchun taxtni boshqarish vazifasi tushadi? –
Otasining vafoti tufayli, 12 yoshida. 11. U necha yoshida bobomeros vatani Samarqandni bosib oladi? –
15 yoshida. 12. Necha yoshida u yerni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi? –
16 yoshida. 13. U Samarqandni hammasi bo‘lib? –
2 marta qo‘lga kiritadi va 2 marta qo‘ldan chiqaradi. 14. Bobur 1503-yilda? –
Jayhun (Amu)ni kechib, Xurosonga o‘tadi va Qobul bilan G‘azna shahrini qo‘lga kiritadi. 15. U qachon Hindistonni zabt etib, boburiylar sulolasiga asos soladi? –
1526-yilda. 16. Bobur qachon vafot etgan? –
1530-yilda Agra shahrida. 17. Uning xoki qayerda? –
Vasiyatiga binoan Kobul shahrida. Bobur ruboiylari 1. Bobur qancha she’riy devon (to‘plam) tuzgan? –
2 ta. Ulardan faqat bittasi yetib kelgan, bittasining taqdiri noma’lum. @Ona_tili_va_adabiyot_N1
NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
20