IV. O‘yinchilar formasi
1. O‘yinchida boshqa o‘yinchilarga xavf tug‘diradigan
hech bir narsa bo‘lmasligi kerak.
2. O‘yinchilar kiyimi futbolka, trusik, getra va oyoq
kiyimdan iborat. Yuqori qismi charm yoki matodan bo‘lgan,
pastki qismi rezinadan bo‘lgan mashg‘ulot uchun mo‘ljal-
langan oyoq kiyimlaridan ham foydalansa bo‘ladi.
3. O‘yinchilar futbolkasida raqam ko‘rsatilgan bo‘lib,
bir jamoada ikkita bir xil raqam bo‘lmasligi kerak.
4. Darvozabon uzun trusiklarda o‘ynashi mumkin.
Darvozabonlar kiyimining rangi maydondagi boshqa o‘yinchi-
lar va hakamlar kiyimining rangidan bo‘lak bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |