I.1. Kichik futbol maydoni o‘lchami
O‘yin uchun mo‘ljallangan maydon to‘g‘ri chiziqdan
iborat bo‘lib, uning bo‘yi 25 - 42 m va eni 15 - 25 m bo‘ladi.
Barcha holatlarda maydonning bo‘yi enidan uzun bo‘ladi.
Tushuntirish
Xalqaro uchrashuvlar uchun maydon o`lchami uzunligi
38 - 42 m, eni 18 - 22 m bo‘ladi.
I.2. Kichik futbol maydonidagi chiziqlar
Maydon yaxshi ko‘rinadigan chiziqlar bilan chizilib,
chiziqlar eni 8 sm bo‘ladi. Uzun chiziqlar, yon chiziqlar, qisqa
chiziq, darvoza chizig‘i deb yuritiladi. Shuningdek, maydon
markazidan o‘tkazilgan parallel chiziq o‘rta chiziq deb
yuritilib uning o‘rtasiga maydon markazini belgilovchi belgi
sifatida nuqta qo‘yiladi. Maydon markazidan radiusi 3 metr
aylana chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |