Ultrametamorfizm jinslari.
Ultrametamorfizmda asosan migmatitlar,
granitlar va gneys-granitlar paydo bo‘ladi.
Migmatitlar
tarkibi bo‘yicha birjinsli bo‘lmagan yo‘l-yo‘lli teksturali
jinslardir. Ular melanokratli substratda leykokratli qatlamchalarning rivojlanganligi
bilan xarakterlanadi. Migmatitlar tarkibining asosini o‘rta va yuqori darajali
metamorfizm jinslari - kristalli slanetslar, gneyslar, amfibolitlar tashkil etadi.
Migmatitlarning leykokratli qismi odatda kvars-dala shpatili tarkibga ega bo‘lib, u
aplitlarga va pegmatitlarga yaqin.
Gneys-granitlar
- metamorfik jinslarning granitizatsiyasi jarayonida to‘liq
o‘zgargan granit tarkibli va gneysli teksturaga ega jinslardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |