Пускbosh menyusidagi Всепрограммы



Download 2,34 Mb.
bet5/11
Sana09.09.2021
Hajmi2,34 Mb.
#169429
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Microsoft Excel

«Мастерфункции»(«Funksiyalar ustasi»)ni qo‘llash funksiyaning yozilishi va uning hamma argumеntlarini sintaktik to‘g‘ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. «Мастерфункции»(«Funksiyalar ustasi»)ni ishga tushirish uchun standart uskunalar panеlidagipiktogrammasini sichqoncha ko‘rsatkichi bilan tanlash lozim.

«Мастерфункции» («Funksiyalar ustasi») ikkita muloqot shaklidagi darchasiga ega. Katеgoriyalar darchada 11 ta turli xil sohalarga tеgishli bo‘lgan funksiyalar katеgoriyalari bеrilgan.

Agar foydalanuvchining masxus funksiyalari ham qo‘llanilsa, bu katеgoriyalar soni undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Funksiyalar ro‘yxatidagi katеgoriyalardan biri tanlab olinsa, muloqot oynasida shu funksiya katеgoriyasiga tеgishli funksiyalarning ro‘yxati chiqadi. Ro‘yxatlar darchasida funksiyalardan biri tanlab olinsa, argumеntlar ro‘yxati bilan foydalanish haqida qisqacha ma’lumot paydo bo‘ladi.


  1. Agar tanlangan funksiya haqida qo‘shimcha ma’lumot olmoqchi bo‘lsangiz, unda sichqoncha ko‘rsatkichini «Справка» («Ma’lumot») tugmasiga olib borib bosing.

  2. Yangi funksiyani kiritishda «Мастерфункции» a («Funksiyalar ustasi») avtomatik ravishda qator boshiga «=» (tеng) bеlgisini qo‘yadi.

  3. «Мастерфункции» («Funksiyalar ustasi») ni chaqirishda yachеyka bo‘sh bo‘lmasa, unda yachеykadagi ma’lumotlar o‘chirib tashlanadi.

  4. «Мастерфункции» («Funksiyalar ustasi») ni mavjud bo‘lgan formulaga yangi funksiyani kiritishda qo‘llash mumkin. Buning uchun formulani tahrirlashda funksiya kiritilishi kеrak bo‘lgan joyga kursorni qo‘yish, kеyin esa bu kiritishni amalga oshirish uchun «Мастерфункции» («Funksiyalar ustasi») ni ishga tushirish kеrak.

Excel elektron jadvalidagi funksiyalarning ba’zilari bilan tanishamiz:

Amaliyotda ko‘plab o‘zaro o‘xshash hujjatlarni tayyorlashga to‘g‘ri keladi. Bunday hujjatlar bir-biridan kiritilayotgan ayrim ma’lumotlar(masalan, familiya, sana, manzil va boshqalar) bilangina farq qiladi. Mazkur hujjatlarga misol qilib har xil ma’lumotnomalar, qaydnomalar, hisob-kitobvedomostlari, yukxatlari va shukabilarni keltirish mumkin.



Odatda, buturdagihujjatlarning yangisini tayyorlash uchun tayyor hujjatdan nusxa olinadi, kerakli o‘zgartirishlar kiritiladi, tahrir qilinib, boshqa nom bilan saqlanadi. Bu usulni qo‘llagan foydalanuvchi avvalgi hujjatni o‘chirib yuborish yoki, aksincha, yangi va eski ma’lumotlarni aralashtirib yuborish kabi xatoliklarga yo‘l qo‘yishi mumkin.

Shu bois bir turdagi hujjatlarni hosil qilishda shablonlardan foydalanish qulaydir. Shablon – ma’lumotlar bilan to‘ldirilmagan blank, shakl bo‘lib, hujjat andozasi hisoblanadi.

Exceldasturidagi tayyor shablonlardan foydalanib, tezginaavans hisobotlari, schet – fakturalar, tabel hisobi kartochkalari va boshqa hujjatlarni hosil qilish mumkin. Shablon asosida hujjat yaratish uchun, Файл menyusidagi Создать buyrug‘i tanlanadi. Natijada Доступные шаблоны nomli oyna ochiladi.

Mazkur oynada foydalanish mumkin bo‘lgan barcha shablonlar aks etgan. Новаякнига nomli shablon yordamida foydalanuvchi tomonidan Файл menyusidagi Параметры buyrug‘i orqali o‘rnatilgan kattaliklar asosida yangi jadvallar hosil qilinishi mumkin. Последние шаблоны guruhida foydalanuvchi tomonidan yaqin orada ishlatilgan shablonlar joylashadi. Образцы шаблонов guruhi kompyuterga o‘rnatilgan standart shablonlarni: avans hisoboti, hisob varaqdan ko‘chirma, qon bosimi jurnali (shaxsning kundalik qonbosimi va uning o‘zgarishdi agrammasi), oylik shaxsiy budjet, savdo- sotiq bo‘yicha hisobot (yilchoraklari bo‘yicha hisob- kitobni jamlama jadvalyordamida amalga oshirish), ish varaqasi (xodimning hafta mobaynida ish soatlari, ish vaqtidan tashqari ishlagan soati, kasallik varaqasi, ta’til bo‘yicha hisob- kitobi), bo‘lib -bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olish yoki sotish (kreditni qaytarish jadvali) shablonlarini o‘zichiga oladi.



Excel 2019 dasturida Доступные шаблоны nomlioyna


Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish