99
1-ORALIQ BAHOLASH
Kollokvium savollari:
1.
Qaysi tilshunos olimlarning qo‘shma gap tadqiqiga oid ilmiy ishlarini bilasiz?
2.
О‘zbek tilshunosligida qo‘shma gaplar qaysi jihatdan o‘rganilgan?
3.
Qo‘shma gaplar sodda gaplardan qanday belgilari asosida farqlanadi?
4.
Qaysi grammatik vositalar qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi?
5.
Qanday holatlarda qo‘shma gaplarda shakl va mazmun muvofiqligi buziladi?
6.
О‘zbek tilshunosligida qo‘shma gaplar qanday belgilari asosida tasniflanadi?
7.
Qo‘shma gaplar qismlari miqdoriga ko‘ra qanday turlarga bo‘lib o‘rganildi?
8.
Ikki komponentli qo‘shma gaplar qanday turlarga ajratildi?
9.
Bog‘langan qo‘shma gaplar qanday sintaktik tuzilishga ega?
10.
Ergashgan qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gaplardan qaysi jihatdan farqlanadi?
11.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar qanday tuziladi?
12.
An’anaviy sintaksisda bog‘langan qo‘shma gaplar qanday turlarga bo‘lib o‘rganildi?
13.
Bog‘langan qo‘shma gapning turlari qanday tamoyil asosida belgilandi?
14.
Shakl-vazifaviy tahlil usulida teng tarkibli qo‘shma gaplarga qanday gaplar kiritildi?
15.
Biriktiruv va zidlov munosabatli qo‘shma gaplar qanday tuziladi?
16.
Ayiruv va inkor munosabatli qo‘shma gaplar qanday sintaktik tuzilishga ega bo‘ladi?
17.
Bog‘langan qo‘shma gaplarda qanday hollarda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik yuzaga
keladi?
18.
Formal tadqiq yo‘nalishida ergashgan qo‘shma gaplar qaysi jihatdan o‘rganildi?
19.
Ergashgan qo‘shma gaplar bog‘langan qo‘shma gaplardan qaysi jihatdan farqlanadi?
20.
Qaysi tilshunoslar ergash gaplar yuzasidan tadqiqot ishi olib bordilar?
21.
Bosh va ergash gaplar qanday belgilari asosida farqlanadi?
22.
Bosh va ergash gaplar qanday biriktiruvchi vositalar yordamida bog‘lanadi?
23.
О‘zbek tilshunosligida «nisbiy so‘z» atamasi qanday bo‘lakka nisbatan ishlatiladi?
24.
Ergashgan qo‘shma gaplarda qanday holatda shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi?
25.
О‘zbek tilshunosligida ergash gaplar qanday tamoyillar asosida tasniflandi?
26.
Bosh gaplar qanday belgisi asosida tasniflanadi?
27.
Ega ergash gaplar qanday sintaktik tuzilishga ega?
28.
Kesim ergash gapli qo‘shma gap qismlari qanday vositalar yordamida bog‘lanadi?
29.
To‘ldiruvchi ergash gaplar sintaktik jihatdan qanday shakllanadi?
30.
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap qismlari qanday bog‘lovchilar yordamida birikadi?
31.
Ravish ergash gap qo‘shma gap tarkibida qanday tartibda o‘rinlashadi?
32.
О‘lchov-daraja ergash gaplar havola bo‘lak ishtirokiga ko’ra qaysi turga mansub bo‘ladi?
33.
Chog‘ishtirish-o‘xshatish ergash gapli qo‘shma gaplar qanday shakllanadi?
34.
Sabab ergash gapli qo‘shma gaplarda qanday mazmuniy munosabat shakllanadi?
35.
Maqsad ergash gaplar nima sababdan shartlanganlik munosabatini ifodalovchi qo‘shma
gaplar tarkibiga kiritiladi?
36.
Payt ergash gaplarda payt munosabati qay tarzda aks etadi?
37.
О‘rin ergash gapli qo‘shma gap qismlari qanday vositalar yordamida bog‘lanadi?
38.
Shart ergash gaplar qanday mazmuniy munosabatlarni yuzaga chiqaradi?
39.
To‘siqsiz ergash gaplarda qanday mazmuniy munosabat ifodalanadi?
40.
Havola bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra natija ergash gapli qo‘shma gaplar qanday gap
hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: