Punktuatsiya



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

1. Ko‘chirma gap.
2. О‘ziniki bo‘lmagan o‘zga gap.
3. О‘zlashtirma gap.
О‘zga gapning bunday ko‘rinishlari o‘zganing fikrini bayon etish xarakteri, sintaktik tuzilishi 
hamda ohangi jihatidan farq qilib, gap tizimida alohida o‘rin egallaydi.

Tayanch tushunchalar:
o‘zga gap, o‘ziniki va o‘ziniki bo‘lmagan gap, ko‘chirma gap, 
o‘zlashtirma gap, tematik o‘zga gap, bilaterial o‘zga gap, chog‘ishtirma o‘zga gap, aralash turdagi 
o‘zga gap, muallif gapi va o‘zga gapning o‘rinlashuv tartibi.
Nazorat savollari: 
 
1. О‘zga gapli qurilmalar sintaktik jihatdan qanday shakllanadi?
2. О‘zga gapli qurilmalar qanday tamoyil asosida turlarga ajratiladi? 
3. Ko‘chirma gapli qurilmalar qanday shakllanadi? 
4. Qurilma tarkibida ko‘chirma gap va muallif gapi qanday tartibda o‘rinlashadi? 
5. О‘zlashtirma gaplar qanday hosil qilinadi? 
6. Tematik o‘zga gapli qurilmalarda o‘zganing fikri qanday bayon qilinadi?
7. Bilaterial o‘zga gapli qurilmalar qanday hosil qilinadi? 
8. Chog‘ishtirish va aralash turdagi o‘zga gapli qurilmalarda o‘zganing fikri qanday bayon 
qilinadi? 
 
MAVZU: Punktuatsiya. Tinish belgilarining turlari va ishlatilish qoidalari 
 
Reja: 
 
1. О‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi. 
2. О‘zbek punktuatsiyasining asosiy tamoyillari. 
3. Tinish belgilarining turlari va qo‘llanish o‘rinlari: 
a) nuqta, so‘roq, undov belgisining qo‘llanish o‘rinlari; 
b) nuqtali vergul, ko‘p nuqta, vergulning qo‘llanish o‘rinlari; 
v) ikki nuqta, tire, qavs va qo‘shtirnoqning qo‘llanish o‘rinlari.
5. Xulosa. 
«Punktuatsiya» so‘zi aslida lotincha «punctum», ya’ni «nuqta», «o‘rin, joy» tushunchalarini 
anglatuvchi so‘z bo‘lib, hozirgi kunda tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi maxsus 
bo‘limining nomi hisoblanadi.
Punktuatsiyada tinish belgilarining (punktogramma) qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. 
Ma’lumki, «tinish belgilari yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni 
ixchamlashtirishda, yozma nutq qismlarining o‘zaro mazmuniy munosabatlarini ko‘rsatishda 
muhim yozuv vositasi sifatida ishlatiladi.»
90
Tinish belgilari quyidagi vazifalarni ado etishi lozim: a) ijtimoiy-sotsial vazifa bajarishi; b) 
vazifasi gapning semantik-grammatik jihati bilan bog‘liq bo‘lishi; v) qo‘llanishi grammatik 
qonuniyatga asoslanishi; d) o‘z grafik shakliga, qo‘llanish tizimiga ega bo‘lishi lozim. 
91
О‘zbek yozuvida tinish belgilarining qo‘llanishi X1X asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. 
Bu davrda О‘zbekistonda matbaachilik paydo bo‘lgan, kitob nashr etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. 
Bularning hammasi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishiga turtki bergan. Hozirgi o‘zbek 
punktuatsiyasining shakllanishi X1X asrning 70-yillariga borib taqaladi.
О‘zbek punktuatsiyasi taraqqiyotini 2- davrga bo‘lib o‘rganish mumkin. 
1. X1X asrning 2-yarmidan 1917- yilga qadar bo‘lgan davr. 
90
K.Nazarov, B.Egamberdiyev. О‘zbek tili ishora – imlo qoidalari. – Toshkent: О‘qituvchi. 1996. –B.5. 
91
K.Nazarov. Tinish belgilari va yozma nutq. – Toshkent: Fan, 1974. – B.7. 


76 
2. 1917- yildan keyingi davr o‘zbek punktuatsiyasi.
92
1-davr o‘zbek yozuvida tinish 
belgilarining qo‘llana boshlashi, ularni qo‘llashning odat tusiga kirishi, o‘zbek punktuatsiyasining 
shakllanishi bilan xarakterlanadi. 2-davrda tinish belgilarining qo‘llanishi muayyan tartibga 
solinadi, o‘zbek punktuatsiyasi grafikaning alohida bir bo‘limi sifatida o‘rganila boshlaydi. О‘zbek 
punktuatsiyasini ilmiy asosda o‘rganish masalasi 1917- yilda keyin yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, yozma nutqda muayyan bir tinish belgisining qo‘llanish qoidalari ma’lum bir 
tamoyilga asoslanadi. О‘zbek tilidagi tinish belgilarining qo‘llanish tamoyillari tilshunos olimlar 
Sh.Shoabdurahmonov, G‘. Abdurahmonov, K.Nazarov, B.Egamberdiyevlar tomonidan asoslab 
berilgan.
93
Hozirgi o‘zbek tilida tinish belgilarini qo‘llashda quyidagi tamoyillarga rioya qilinadi: 

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish