Qiymatning to’la yoki kengaygan shakli
Tovar ayriboshlash rivojlanishi bilan tasodifiy qiymat shaklidan to’la yoki kengaytirilgan shakliga o’tilgan. Bunday ayriboshlashda bir tovarga qarama-qarshi faqat bitta tovar emas, balki bir nechta tovarlar ishtirok etadi. Masalan, Sudanliklarda
10-15 bosh qo’y
10 Qop tuz 20-30 bosh echki
2 bosh buqaga ayirboshlangan.
Bunda o’z qiymatini boshqa tovarga ayirboshlanayotgan tuz nisbiy qiymat shaklida, qolganlari, ya’ni qo’y, echki va buqa esa qiymatni o’zida ifoda etuvchi material bo’lib xizmat qiladi va ularning qiymati ekvivalent qiymat shaklida turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |