Pulga talabning omillari va xususiyatlari



Download 0,7 Mb.
bet12/14
Sana21.07.2022
Hajmi0,7 Mb.
#834774
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Pulga talab va taklif

minimal limit — banklarda naqd pul zaxirasi qoldig‘ining quyi chegarasi bo‘yicha belgilanadigan me’yor;
maksimal limit — Bosh boshqarmalar Hisob-kitob kassa markazlari (bundan buyon matnda HKKM deb yuritiladi) hamda banklar aylanma kassalarida kun oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘ining eng yuqori chegarasini belgilaydigan me’yor;
naqd pullarning zaxira jamg‘armasi — tegishli hududdagi banklarni yetarli miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash maqsadida Bosh boshqarmalarda tashkil etilgan banknotlar va tangalarning zaxirasi;
naqd pul zaxirasi — aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida va to‘liq qondirilishini ta’minlash maqsadida banklarda tashkil etilgan banknot va tangalarning zaxirasi;
naqd pullar kirimi — bank kassalariga banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida qabul qilinishi;
naqd pullar chiqimi — bank kassalaridan banknot va tanga ko‘rinishidagi naqd pullarning tegishli hujjatlar asosida chiqim qilinishi;
madad pullari — banklarning aylanma kassalarini Bosh boshqarmalarning HKKM aylanma kassalaridagi, zarur hollarda zaxira jamg‘armalaridagi naqd pullar hisobidan ta’minlash;
kassa ramzlari — bank kassalari orqali naqd pullarning kirim manbalari va chiqimi maqsadlari bo‘yicha tahlil qilish, shuningdek banklararo naqd pullar harakatini aks ettirishda foydalaniladigan ramzlar to‘plami.
Naqd pul muomalasini tashkil etish
4. Banklar naqd pul muomalasining holatini muntazam ravishda o‘rganadilar va tahlil qiladilar, shuningdek aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablari o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlaydilar.
5. Banklar:
bank kassalarida amalga oshirilgan naqd pullarning kirim va chiqim amaliyotlarini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadigan kassa ramzlaridan foydalanadilar;
bank kassalariga kirim qilingan naqd pullarni filiallar, mijozlar va kirim manbalari bo‘yicha doimiy ravishda monitoring qilib boradilar;
naqd pullar zaxirasini tashkil etadilar va zarur bo‘lganda ulardan foydalanadilar;
mijozlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini amalga oshirish uchun bank kassalarida naqd pullarning yetarli miqdorda bo‘lishini ta’minlash choralarini ko‘radilar.
6. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumlarini bankka topshirish tartibi va muddatini hamda ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar uchun naqd pullarni bank kassasidan olish muddatini, shuningdek o‘z kassasida kun oxirida qolishi mumkin bo‘lgan naqd pul qoldig‘iga limitni belgilash bo‘yicha har yilning yanvar oyi mobaynida, yangi hisobvaraq ochgan mijozlar keyingi oydan kechikmasdan, mazkur Yo‘riqnomaning (1-ilovasidagi hisob-kitob ma’lumotnomasini ikki nusxada to‘ldirgan holda xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etadilar.
Bank tomonidan ushbu hisob-kitob ma’lumotnomasi xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda kelishilgan holda to‘ldirilgandan so‘ng bank muhri bosilib, ushbu ma’lumotnomaning bir nusxasi xo‘jalik yurituvchi subyektga qaytariladi va ikkinchi nusxasi bankning naqd pul muomalasi bo‘limi (mas’ul xodim)da har yil uchun alohida tarzda yig‘ib boriladi.
Mazkur hisob-kitob ma’lumotnomasining almashinishi xo‘jalik yurituvchi subyekt va bank o‘rtasida elektron shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
7. Banklar naqd pul muomalasining holatini hamda bu holatni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni tahlil qilish asosida naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi, aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talablarini o‘z vaqtida qondirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga kiritishlari mumkin.
8. Bosh boshqarmalar zimmasiga tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish hamda banklarning bu boradagi faoliyatini monitoring qilgan holda muvofiqlashtirish va tartibga solish vazifasi yuklatiladi.
9. Bosh boshqarmalar:
tegishli hududda naqd pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etadilar va uning samarali tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydilar;
tegishli hududda naqd pul muomalasining holatini o‘rganadilar, banklarning kassa aylanmalarini, shuningdek naqd pul muomalasining holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni jamlaydilar va tahlil qiladilar, naqd pul muomalasini tartibga solishga va banklarning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga doir ko‘rsatmalar beradilar;
zarur hollarda naqd pullarning bank kassalariga kelib tushishi va naqd puldagi to‘lovlarning belgilangan muddatlarda to‘lanishi bo‘yicha asoslangan takliflarni tayyorlab, mahalliy davlat boshqaruvi organlari muhokamasiga kiritadilar;
tegishli hududdagi aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning naqd pulga bo‘lgan talabi o‘z vaqtida qondirilishini ta’minlash maqsadida banklar o‘rtasida naqd pullarni qayta taqsimlaydilar.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish