Pulga talab va taklifning klassik va keynscha nazariyalari


O’zbekiston Respublikasi bank tizimi



Download 333,5 Kb.
bet10/12
Sana13.06.2022
Hajmi333,5 Kb.
#664500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
. Pul tushunchasi va uning funktsiyalari

2.2 O’zbekiston Respublikasi bank tizimi.

Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug’urta kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va h.k.lar kiradi.


«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, «sarrof kursisi, do’koni» degan ma’noni anglatadi. Bunday tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko’rsatgan bankirlar haqidagi ma’lumotlarida ham mavjud.
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo’lgan aloqalariga xizmat qiluvchi institut (muassasa)dir. Pul bilan bog’liq xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar ko’p, ammo ularning markazida banklar turadi. O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha javob topish mumkin:
Bank - tijorat tashkiloti bo’lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir.
O’zbekistondagi bank tizimi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, aktsiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2016 yil 1-yanvar holatiga ko’ra O’zbekiston Respublikasi bank tizimi 29 tijorat bankini o’z ichiga oldi.
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo’ladigan hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to’lovlari (transfertlar) banklar orqali o’tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi;

  • pul bilan bo’ladigan hisob-kitob opretsiyalarini, xususan, pul to’lash ishlarini bajaradi;

  • chet el valyutasini sotadi va sotib oladi;

  • o’z qo’lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga

(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya’ni, kredit bilan shug’ullanadi; - o’z puliga aktsiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; - biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo.
Bank ishi pul olamida bo’ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish maqsadida yuritiladi.
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy vazifalari quyidagilar:
“Markaziy banning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
Qzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog’ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu jumladan kelishuv bo’yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir”
Tijorat banklari Markaziy bankda o’z qisqa muddatli va o’rta muddatli majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o’zining mintaqaviy bo’linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo’ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob xizmati ko’rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bo’yiga (vertikal) va eniga (gorizontal) yo’nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi bo’g’inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o’rtasidagi bo’ysunish munosabatlari, gorizontal-turli quyi bo’g’inlar o’rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari tushuniladi.
O'zbekiston banklari milliy iqtisodiyotga ta'sir etuvchi qudratli tuzilmaga aylanish uchun rivojlanishning uzoq evolyutsion, ya'ni tadrijiy yo'lini bosib o'tishiga, anchagina mashaqqatlarni bartaraf etishiga to'g'ri keldi2.
1991 yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O'zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining o'zgaruvchan sharoitlarida faoliyat yuritib, zamonaviy ish uslublarini o'zlashtirgan holda tobora yangi qirralarga ega bo'la bordi. 1991-1992 yillar banklar faoliyatiga doir qarashlarda chinakam burilish yillari bo'ldi. O'zbekiston Respublikasi "Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonunining qabul qilinishi ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo'lib xizmat qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimi hamda to'lov tizimini shakllantirish vazifalari qo'yildi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
1993–1994 yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994 yilning 1 iyulidan e'tiboran milliy valyuta — so'mning muomalaga kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O'zbekiston iqtisodiyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy bank o'z faoliyatida to'liq mustaqil bo'lganini, kelgusida bozor instrumentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etilishiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Aynan shu vaqtdan boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik samarali to'lov tizimini yaratish bo'yicha faoliyati to'laqonli ravishda milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashga qaratildi.

  1. yil bank qonunchiligini takomillashtirish davri bo'lgani bilan ajralib turadi. Tarixiy muhim hujjat — “O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki to'g'risida”gi Qonun nafaqat bank tizimining huquqiy asosini boyitdi, balki O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yangi, alohida maqomi va vakolatlarini, asosiy maqsad-vazifalarini aniq-ravshan belgilab berdi. Shu bilan bir qatorda mazkur yilda aholiga xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilash, shuningdek, kredit va depozit bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Banklarning kapital hajmiga jalb etiladigan aholi jamg'armalari miqdorini cheklovchi qoida bekor qilingach, bank muassasalarining imkoniyatlari sezilarli darajada kengaydi va raqobat kuchaydi. Buning samarasi darhol namoyon bo'ldi. Agar 1994 yil boshida aholi jamg'armalarining 98,5 foizi Jamg'arma banki (hozirgi Xalq banki), 1,5 foizi esa boshqa banklar hissasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, o'sha yil oxirida boshqa tijorat banklarining hissasi ham ko'payib, bu boradagi ko'rsatkich 12,8 foizga etdi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ko'rsatkich 83,2 foizni tashkil etmoqda.

  2. yil. Ushbu yilda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi — tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosini konkretlashtirdi.

Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat — “O'zbekiston Respublikasining

Markaziy banki to'g'risida”gi hamda “Banklar va bank faoliyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunlarining ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajribasi inobatga olinganini alohida ta'kidlash joiz. 1991 yilning 1 sentyabrida Respublikamiz mustaqillikni e’lon qilinishi tarixiy bir voqea bo’ldi. Mustaqillik bizga o’z-o’zimizni boshqarishi, imkoniyatlarimizdan o’zimiz foydalanish, shaxsiyatimiz-ni qaytib olishimizga katta yo’l ochib berdi.


Butun dunyo mamlakatlari tomonidan tan olingan bozor iqtisodiyoti bizning respublikamizga ham kirib keldi. Shuning uchun ham respublikamizda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi zamonaviy bank tizimini yaratish zaruriyati tug’ildi.
Mustaqillikka erishilguncha qadar O’zbekiston hududidagi bank muassasalari SSSR bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga bu banklar Sobiq Ittifoq bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko’rsata olmasdilar bank tizimi 3 turdagi banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR O’urilish banki va SSSR Tashqi bankini o’ziga olardi. Sobiq SSSR bank tizimida Davlat banki monopol mavqeiga ega bo’lib, o’z vaqtida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish va xo’jaliklarga hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi markaz hisoblanardi. Ham emissiya
funktsiyalarini, ham hisob-kitoblar va kreditlar bo’yicha mijozlarga xizmat ko’rsatish funktsiyalarini bajarishini monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat organiga aylantirgan edi.
Ma’muriy buyruqbozlik davrida kredit munosabatlari iqtisodiyotni boshqarishida formal xarakterga ega edi. Davlat banki kredit resurslari bo’yicha cheklanmagan monopol mavqega ega edi. Kredit resurslari va pul resurslari harakatini ham boshqarish, ham nazorat qilishi davlat bankining monopol ta’siri ostida edi. Kapitalizmga xos barcha xususiyatlarini inkor etilishi sobiq «ittifoq» bank tizimini tor doirada rivojlanishiga olib keldi. Markazlashtirilgan bank boshqaruvi asosida faoliyat ko’rsatgan respublika banklari tor doirada pul resurslari harakatini boshqarar, lekin uni boshqaruvchiligini nazorat qilish Sobiq Ittifoq Davlat banki qo’lida edi.
Iqtisodiyotni boshqarishni markazlashtirilgan usulidan voz kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlr qo’yilishi bilanoq markazlashtirilgan bank tizimini qator kamchiliklari ro’yobga chiqdi. Bu esa bank tizimida tub o’zgarishlarini amalga oshirishini talab etardi. Albatta, bu iqtisodiyotiga ilk qadamlar qayta qurishi sharofati bilan bozorga xos ba’zi bir belgilarni totalitar iqtisodiyotiga tadbiq etilishi bilan tushuniladi. Bank tizimini qaytadan tashkil etish 1987 yilda boshlandi. Bu jarayonda bank tizimining tashkiliy strukturasini o’zgartirish, banklarni rolini oshirish, iqtisodiy tizimini rivojlanishiga ularning ta’sirini kuchaytirish, kreditni harakatdagi iqtisodiy dastakka aylantirish ko’zda tutilgandi.
O’ayta tashkil etish jarayoninig birinchi bosqichida davlat banklarini yangi strukturasini tashkil etish boshlandi. O’ayta tashkil modeli qo’yidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirishi: Markaziy emission bank bevosita xo’jliklarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashgan davlat banklari;

  • ixtisoslashtirilgan banklarni to’laligicha xo’jalik hisobiga va o’z-o’zini moliyalashga o’tkazish;

  • iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo’ladigan kredit munosabatlari uslublari va formalarini takomillashtirish.
    Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki o’zining kredit tizimidagi markaziy o’rnini saqlab qolgan holda korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni olib borish funktsiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshirdi.

Ya’ni bankning emission faoliyati bilan kreditlash faoliyatini birga olib borish funktsiyasiga chek qo’yiladi. Davlat banki ihtisoslashgan banklar faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul kredit siyosatini olib boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan banklar: sanoat-qurilish banki, kommunal qurilish va sotsial taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Milliy bank, Jamg’arma banki xo’jaliklar bilan banklar o’rtasidagi aloqalari tobora yaqinlashtiradi ixtisoslashtirilgan davlat banklari o’zlarida ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to’liq ifoda qilolmasdi. Shuning uchun ham bank tizimini takomillashtirishning 2-bosqichi ob’ektiv zaruriyatga aylandi.
1988 yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimini tashkil etila boshladi. Lekin bu davrda, birinchidan, markazlashgan rejalashtirishda Markaziy bankning roli hali ham yuqori edi, ikkinchidan, sohalar deyarli hamma qismi bilan davlat tassarrufida edi.
O’zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos 1991 yil 15 fevralda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonuni hisoblanadi. Bu qonunga binoan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak, u faqat Respublika Oliy Majlisiga hisobot bnradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish asosan Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng boshlandi, Tijorat banklarining soni tobora oshib boradi.
O’zbekistonni bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanlaganligi bois, 1-bosqichdagi kredit-pul siyosati sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat qilib qo’yildi:
  • Markaziy bank boshchiligida hamda keng tormoqli mustaqil tijorat va xususiy banklar ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish, respublika xududida yirik chet el banklarining bo’limlari va vakolatxonalarini ochish uchun qulay sharoit yaratish;



  • barqaror pul muomalasini ta’minlash, kredit va naqd pul massasining asossiz o’sishini keskin cheklash;

  • O’zbekiston Respublikasining milliy pulini muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlari hamda imkoniyatlarni yaratish.
    Birinchi bosqichda belgilangan vazifalarni bajarilishiga jadal kiritilishi respublika bank tizimini zamonaviylashgan ko’rinishini olishiga olib keldi. Hozirda respublikada keng tarmoqli banklar zamonaviy talablarga javob beradigan holda xo’jaliklar tashkilotlar, aholiga xizmat ko’rsatmoqda.

Mustaqillik yillarida nisbatan qisqa davrda jahonning eng ilg‘or andozalariga mos keladigan, har qanday tashqi va ichki bo‘hronlarga bardosh bera oladigan, mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi uchun mustahkam asos vazifasini o‘taydigan zamonaviy moliya va bank tizimi yaratildi.
Biroq bunga erishish oson bo‘lmadi, mamlakat rahbariyati va mutaxassislarimiz qanchalik og‘ir vaziyatda mehnat qilib, biri biridan murakkab sinovlardan o‘tganini ko‘pchilik bilmasligi mumkin. Buni chuqurroq his etish, anglash uchun yaqin o‘tmishdagi voqea-hodisalarni eslashga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekiston tom ma’nodagi mustamlaka mamlakat edi. Ahvol shu darajaga borib yetgandiki, Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o‘tganidek, o‘zbek xalqi yaratgan boylik to‘laligicha sobiq markaz ixtiyorida bo‘lib, uning kichik bir qismi yurtimizga qaytarib berilardi. Lekin bu go‘yoki Ittifoq hukumatining o‘zini o‘zi boqishga qodir bo‘lmagan O‘zbekistonga «yordami» sifatida ko‘rsatilardi. Aslida bu gap xalqimizni kamsitish, «biz sizlarni boqayapmiz, bizsiz kuningiz o‘tmaydi», degan da’voni ilgari surish edi. Bu mutlaqo asossiz da’vo ekani mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, qisqa muddatda isbotlandi.
O‘zbekiston 1994 yildayoq sobiq ittifoq hududidagi davlatlar bilan tashqi savdoda ijobiy qoldiqqa erishdi. Soddaroq qilib aytganda, biz bilan iqtisodiy hamkor davlatlarga ko‘proq mahsulot berib, ulardan kamroq oldik. Mustaqillikkacha yurtimizdan olib ketilayotgan boyliklarning hisob-kitoblari moskvalik mutaxassislar tomonidan yuritilardi. Biz yetkazib berayotgan paxta, oltin va boshqa xomashyo mahsulotlari qanchaga sotilayotgani, qancha daromad ko‘rilayotganini mutlaqo bilmasdik.
Shu bois 1989-1991 yillarda O‘zbekiston Davlat byudjeti daromadining o‘rtacha 30-40 foizi sobiq Ittifoq byudjetidan bizga qaytib beriladigan subvensiyadan (sodda tilda aytganda, o‘zini o‘zi boqa olmaydigan respublikaga moliyaviy yordamdan) iborat edi. Haqiqatda esa, O‘zbekistonni «boqimanda» respublikalar qatoriga kiritishga hech qanday iqtisodiy asos yo‘q edi.
Bunga birgina misol keltirish kifoya. 1988 yildagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistondan olib ketilgan bir yillik paxta tolasidan 25 milliard rubl daromad olingan, ya’ni bu bizga «subvensiya»ga berilgan 2,5 milliard rubldan 10 baravar ko‘p edi. E’tibor bering: paxta tolasi bizdan sobiq markazga tashib ketilgan boyliklardan biri edi, xolos! O‘sha davrda yurtimizdan olib ketilayotgan yer usti, yer osti boyliklar esa juda-juda ko‘p edi! 1991-1992 yillar mobaynida mustaqil davlatga xos bo‘lgan moliya, soliq va bank tizimlari shakllana boshladi. O‘z daromadlarimizdan oqilona foydalanish evaziga, xarajatlarimizni qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, o‘zimiz qoplay boshladik. Sal yuqoriroqda ta’kidlab o‘tganimizdek, bu davrga kelib, Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy strategik masalalari, uning tamoyillari ishlab chiqildi.
Baxtga qarshi, taqdir endigina mustaqil nafas ola boshlagan O‘zbekiston uchun yana bir zarba tayyorlab qo‘ygan ekan. Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari 1992 yil oktabrda «Yagona rubl zona»sini tashkil etish va rubldan umumiy foydalanish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Keyinroq O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari, Markaziy banklari pul tizimlarini birlashtirish haqidagi ikki tomonlama shartnomani tuzishdi. Biz vaqtincha shunday yo‘l tutishga majbur edik. 1993 yil namunasidagi yangi rubllar O‘zbekiston hududiga jo‘natila boshlandi.
Shu o‘rinda kutilmagan hodisa yuz berdi. Davlatlararo shartnomalar imzolanib, uni ijro etish boshlangandan keyin, ya’ni yangi rubl solingan samolyotlar Toshkentga yetib kelib, pul O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki omboriga joylab bo‘lingan, qolgan qismi kutilayotgan paytda sobiq Markaz tomonidan hech qanday asossiz ravishda to‘xtatildi.
Bu voqealardan sal oldinroq, ya’ni 1993 yilning 10 mayida Qirg‘iziston to‘satdan o‘z milliy valyutasi — «som»ni muomalaga kiritdi. «To‘satdan» deganimning boisi shundaki, Hamdo‘stlik davlatlaridan birortasi o‘z milliy pul birligiga o‘tishga qaror qilsa, bu haqda boshqa a’zolarni uch oy oldin rasman ogohlantirish shartligi haqida maxsus davlatlararo bitim bor edi. Mazkur bitimga uning ishtirokchi davlatlari rahbarlari bir marta, A. Akayev esa ikki marta imzo chekkandi. Taqdirning o‘yinini qarangki, shu bitim imzolanayotgan majlisda Qirg‘iziston Prezidenti raislik qilgan va majlis raisi sifatida ikkinchi imzoni qo‘ygandi.
Qirg‘izistonda rubl o‘rniga somning muomalaga kiritilishi ustiga Rossiya Federatsiyasi rahbariyatidagi ayrim kimsalar, ayniqsa, o‘sha paytdagi moliya vaziri B. Fyodorov kabi shaxslarning qarshiligi tufayli kechagina imzolangan shartnomalar qog‘ozda qolib ketdi. Natijada 1993 yil kuziga kelib, yagona rubl zonasi yaratish g‘oyasi chippakka chiqdi.
Taassuflar bo‘lsinkim, bu o‘yinlar bizga juda qimmatga tushdi. Nainki bizga, bu hodisa qolgan barcha davlatlar iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi, iqtisodiy islohotlar samarasini sezilarli darajada pasaytirib yubordi, uning ilk natijalarini yo‘qqa chiqardi. Eng yomoni esa shundaki, SSSR parchalangandan keyingi davrda O‘zbekistonda endigina shakllanib kela boshlagan moliya va pul muomalasi tizimini qaytadan jar yoqasiga keltirib qo‘ydi. Mamlakat iqtisodiy hayoti o‘z maromida davom etishi uchun zarur vositalardan biri bo‘lmish pul tizimi va pul birligisiz qoldi. Tasavvur qilib ko‘ring-a: mustaqil davlat bor, lekin uning puli yo‘q!
Yuz bergan favqulodda vaziyatda zudlik bilan Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 12 noyabrda imzolangan «O‘zbekiston Respublikasi hududida parallel to‘lov vositasi sifatida «So‘m-kuponlar»ni muomalaga kiritish to‘g‘risida»gi qarori asosida 15 noyabrdan boshlab, biz uchun o‘ta nomaqbul sharoitda so‘m-kuponlarni muomalaga kiritishga majbur bo‘ldik. Yaxshiyamki, uzoqni ko‘ra oladigan va davlatlararo shartnomalarni bajarishdagi «o‘yin»larni yaxshi bilgan Yurtboshimiz har ehtimolga qarshi so‘m-kuponlarni tayyorlatib qo‘ygan ekan. Ularning 1, 3, 5 va 10 so‘mliklari Angliyada chop etilgan edi.
Inglizlarning pul fabrikasi xo‘jayinlari «so‘m-kuponlar»ning asosiy qismini ham o‘zida bosib chiqarish va bundan mo‘may foyda ko‘rish umidida o‘tirgan bir pallada, 25, 50, 100 so‘mlikdan 10 ming so‘mlikkacha bo‘lgan so‘m-kuponlarni o‘z pul fabrikamizda bosib chiqara boshlaganimiz jahonning shu sohadagi nufuzli tashkilot va mutaxassislarini hayratga soldi. Chunki pul bosish tarixida shu paytga qadar, hech qaysi davlat bunday tezkorlik bilan o‘z pulini o‘z fabrikasida mustaqil ishlab chiqara olmagan ekan!
Pul belgilarini ishlab chiqarish g‘oyatda murakkab, nozik aqliy mehnat va yuqori salohiyat talab etadigan jarayon bo‘lib, unga erishish yuksak texnik va texnologik tayyorgarlik bo‘lishini taqozo qiladi. O‘ta qisqa fursat ichida, ya’ni 1993 yildayoq zamonaviy texnika va texnologiya asosida pul, boshqa qimmatli qog‘oz va tanga ishlab chiqara oladigan «Davlat belgisi» davlat ishlab chiqarish birlashmasining qurilib, ishga tushirilganligi noyob iqtisodiy hodisa hisoblanadi.
O‘rni kelganda shuni ham aytib qo‘yaylik, o‘zining «pul fabrikasi»ga ega bo‘lishga har qanday davlat va davlat rahbarining jur’ati yetmaydi. Buning uchun davlat iqtisodiy salohiyati darajasining o‘zigina yetarli emas. Mustaqil «pul fabrikasi»ga ega bo‘lish to‘g‘risidagi tegishli qarorga kelish uchun davlat rahbaridan siyosiy jasorat ham talab qilinadi. 1993 yilda dunyoning bor-yo‘g‘i 8 mamlakatida ana shunday «pul fabrikasi» mavjud bo‘lib, O‘zbekiston bu borada salohiyatli davlatlar ro‘yxatiga kira oldi.
«Yagona rubl zona»si g‘oyasi barbod bo‘lganligi bilan bog‘liq ko‘plab salbiy oqibatlarni bartaraf etishni so‘m-kuponlar o‘z ustiga oldi va o‘ta qisqa muddat ichida O‘zbekiston o‘zining to‘laqonli pul birligi — so‘mni 1994 yil 1 iyuldan muomalaga kiritish uchun zarur iqtisodiy sharoit yarata oldi. Milliy valyutamizning muomalaga kiritilishi mamlakatimizda mustaqil iqtisodiyotni barpo etish tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
Shu davrda yurtimizda mustaqil moliya asoslarini yaratish jarayoniga noxush ta’sir ko‘rsatgan voqealardan yana biri aholining sobiq SSSR jamg‘arma banki tizimida saqlanayotgan omonatlari masalasiga tegishli bo‘ldi (o‘sha paytda bu muassasa xalq tilida eski nomi bilan «Omonat kassalari» deb atalar edi). Ma’lumki, SSSR davrida aholi jamg‘armalari bilan ishlaydigan mazkur bank bitta bo‘lib, uning tizgini to‘laligicha Markaz ixtiyorida edi. Qolgan respublikalarda uning filiallari faoliyat ko‘rsatar va barcha yig‘ilgan mablag‘ aniq ko‘rsatma bilan ishlatilar edi.
1991 yil oxirida esa bizga har bir sobiq ittifoqdosh respublika o‘z hududida uzoq muddat davomida yig‘ilgan, lekin Moskva tasarruf qilgan aholi jamg‘armalari bo‘yicha o‘zi javob bersin, deb taklif berishdi. Uzoq tortishuv va janjallar samarasiz tugadi, Sobiq markaz o‘zi yeb tugatgan jamg‘armalarni egasiga qaytarib berishdan voz kechdi.
Bu masala 1991-1995 yillar davomida havoda muallaq holda turdi. Nihoyat, 1995 yil kuzida Yurtboshimiz mamlakatimiz moliya tizimiga, ayniqsa, davlat byudjetiga qanchalik og‘ir yuk bo‘lib tushmasin, sobiq SSSR hukumatining O‘zbekiston Respublikasi aholisi oldidagi qarz majburiyatini o‘z yelkamizga olganligimizni e’lon qildi.

Biz bank tizimini shakllantirish jarayonida ham stixiyali bozor munosabatlaridan foydalanmadik. Endigina mustaqillikka erishgan Hamdo‘stlik davlatlarining o‘sha davrdagi o‘ta og‘ir moliyaviy sharoitini ko‘rib, ularga «yordam» bermoqchi bo‘lgan davlatlar, xalqaro moliya va kredit tashkilotlari ko‘p bo‘ldi.
O‘z qaddini o‘zi rostlayotgan O‘zbekistonga ham bu masalada yordam berish niyatida bo‘lganlar oz emasdi. Biroq ularning hammasining ham niyatlarini xolis, deb bo‘lmasdi. Bu narsani o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab olgan va to‘g‘ri xulosa chiqargan davlat rahbarigina o‘z xalqining kelajagini o‘zgalar qo‘liga topshirmaslik yo‘lini tanlaydi.
To‘g‘ri, rivojlangan mamlakatlarda davlat tashqi qarzi miqdori yuqori bo‘lishi oddiy hol hisoblanadi. Lekin bir paytning o‘zida qarzi katta davlatdan boshqa davlatlar ham qarzdor bo‘lishi mumkin. Yosh, mustaqil davlatlar esa asosan boshqa davlatlardan qarz olishadi. Negaki, rivojlanayotgan davlatlarning aksariyati boshqa davlatga qarz berishga yoki investitsiya kiritishga hali qodir bo‘lmaydi. Shu bois rivojlanayotgan davlat tashqi qarzining ko‘payib ketishi uning moliyaviy holatini keskin yomonlashtiradi. Chunki davlat olingan qarzni foizi bilan qaytarish uchun yanada ko‘proq xarajat qilishga majbur bo‘ladi.
Xorijdan «beg‘araz» yordamni rosa olgan va olayotgan, Vatani hamda xalqini, hatto kelajak avlodni qarz botqog‘iga botirib qo‘ygan rahbarlar buni bilishmadi yoki bilishni istashmadi. Xalqining kelajagini emas, faqat prezidentlik kursisini o‘ylagan rahbarlar boshqargan mamlakatlarda tashqi davlat qarzi ularning YaIM miqdoridan oshib ketayapti...
O‘zbekiston esa mustaqillikka erishgandan boshlab jahonda tashqi davlat qarzi darajasi eng kam davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin oldi.Tashqi davlat qarzi mamlakatimiz YaIMning asosan 7-12 foizi atrofida (juda og‘ir yillardagina u sal oshishi mumkin) muqim ushlab turildi. Jon boshiga hisoblaganda esa bu ko‘rsatkich juda ham kam — 100-150 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi!
Zero, har qanday shart bilan tashqaridan yordam olish bizning milliy tabiatimizga mos kelmaydi. Davlatlararo yoki xalqaro uchrashuvlarda O‘zbekiston Prezidentining bu sohadagi pozitsiyasi hammani lol qoldirar edi! Chunki u kishi hech qachon hech kimdan yordam so‘ramagan, balki hammaga biz bilan teng huquqli hamkorlar sifatida ishlashni taklif etardi. Biz bilan hamkorlikka kirishmoqchi bo‘lgan davlat va tashkilotlar xalqaro maydonga g‘ururi baland Rahbar bosh bo‘lgan, g‘ururi baland Millat yashaydigan, g‘ururi baland Yurt muloqotga chiqqanligini tezda tushunib yetdi.
Parvardigor bizning yurtimizga farovon yashash uchun hamma zarur shart-sharoitni ato etgan: tabiiy boyliklar, saxiy zamin, serquyosh osmon, eng muhimi, mehnatkash xalq va xalqning ishonchiga sazovor bo‘lgan rahbariyatni. Bularning hammasi qo‘shilib kelgan yurtda esa baxtli kelajak bo‘lmasligi mumkin emas.

Bosib o‘tilgan yo‘limizdan ko‘rinib turibdiki, taqdir bizni yetarli darajada sinab ko‘rdi. Ammo bu sinovlar xalqimiz qaddini buka olmadi, aksincha, bizni chiniqtirdi, o‘zimizga bo‘lgan ishonchni mustahkamladi, buyuk kelajak sari qadamimizni tezlashtirdi. O‘zbekistonning imkoniyatlarini, ham iqtisodiy, ham intellektual salohiyatini dunyo tan oldi. Bugunga kelib, mamlakatimiz bank tizimi barqaror faoliyat yuritayotgani nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan e’tirof etib borilmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2015 yildagi missiyasi ham yurtimiz bank tizimi barqarorlik, izchil kapitallashuv va yuqori likvidlik darajasini saqlab qolayotganini alohida ta’kidladi.
O‘zbekiston Jahon iqtisodiy forumining reyting natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 davlat qatoridan joy olgani, BMT ko‘magida AQShning Kolumbiya universiteti o‘tkazgan ijtimoiy tadqiqotlar asosida e’lon qilingan «Butunjahon indeksi»da 158 mamlakat o‘rtasida 44-o‘rinni, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida esa 1-o‘rinni egallagani fikrimizning dalilidir. Bu yutuqlarga Yurtboshimiz tomonidan uzoqni ko‘zlab, kutilgan va kutilmagan sinovlarni hisobga olib yuritilgan oqilona siyosat hamda xalqimizning fidokorona mehnati hisobiga erishildi. Bundan keyin O‘zbekistonning taraqqiyot jarayoni yanada tezlashadi, xalqimiz turmushi bundan-da yuksaladi deyishga asos ham, ishonch ham yetarli.

Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida xar qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.


Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:


  1. Hisob stavkasi;

  2. Majburiy zaxiralar normasi;

  3. Ochiq bozordagi operatsiyalar.

Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomalasini tartibga solib turadi.


Ochiq bozordagi operatsiyalar — Markaziy bank tomonidan davlat obligatsiyalarini (qimmatli qog’ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va ularga sotish bo’yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki ahodidan bu qimmatli qog’ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zaxiralarini sotib olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko’paytiradi. Bu zaxiralar pul bazasiga kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo’lganligi uchun pul taklifi multiplikativ ko’payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligatsiyalarni sotish bilan zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu holda pul taklifi qisqaradi.
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri — bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi tushuniladi.
Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat qiladilar.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar tomonidan o’z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo’ladi. Zaxira normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zaxiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobiliyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo’li bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo’ladi.
Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko’pincha bir necha vosita birdaniga qo’llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o’tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi.Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilamizki, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko’rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o’sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo’lgan talabni oshiradi va o’z navbatida, YaIM miqdorining ko’payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o’z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to’xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi.Pul-kredit siyosatining oqibati to’g’risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM miqdori o’sishini rag’batlantirgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishgan bo’lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi jarayonlarini o’rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o’rtasida ko’p yillardan beri tortishuvlar bo’lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlat aralashuvi shart deb xisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha deb hisoblaydilar.


XULOSA

Iqtisodiy fanda tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy munozaralar bo‘lib kelgan. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari qarashicha, tovarlarni ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti ishlab chiqarishning mavjud ijtimoiy normal sharoitida va shu jamiyatda mehnat mahorati va jadalligining o‘rtacha darajasida naflilikka ega bo‘lgan biron tovarni tayyorlash uchun talab qilinadigan ish vaqtidir. Ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoiti muayyan turdagi tovarlarning aksariyat qismi yaratiladigan sharoitdir. Bu odatda o‘rtacha sharoit, faqat shu sharoitda o‘rtacha mahoratga ega bo‘lgan va o‘rtacha jadallik bilan ishlaydigan ishlab chiqaruvchi bir soatlik mehnati mobaynida bir ijtimoiy normal sharoitga mos qiymat vujudga keltiradi. Xodimning mahorati va mehnatining jadalligi jamiyatda qaror topgan o‘rtacha darajadan yuqori yoki pastroq bo‘lsa, bu holda bir soatlik mehnat mobaynida yaratgan qiymat tegishlicha ko‘p yoki kam bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarur. Кeragidan ortiqcha mehnat sarflari jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi. Tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi.


Oddiy mehnat deganda, maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. U shunday boshlang‘ich negizki, boshqa mehnat turlari malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab mehnat darajasiga ko‘tarilgan yoki ko‘paytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo‘ladi. Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari – tovar xo‘jaligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni tartibga soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayriboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zarur mehnat sarflari o‘rtasidagi farqqa bog‘liq holda tabaqalashtiradi, sarflarni kamaytirgan ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi va iqtisodiy resurslar hamda ishchi kuchining tarmoqlar va sohalar bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuqori mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Qiymat qonuni muhim iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni bajaradi.
Bular: tovar ishlab chiqaruvchilarni tartibga solish;
mehnat unumdorligi o‘sishini rag‘batlantirish;


Download 333,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish