Пул воситаларининг бухгалтерия ҳисоби


Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi



Download 83,5 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2022
Hajmi83,5 Kb.
#576643
1   2   3
Bog'liq
PULNING NOMINALLIK NAZARIYASINING YUZAGA KELISH SHART-SHAROITLARI VA ASOSIY QOIDALARI

Buxgalteriya balansi quyidagi belgilariga qarab tasniflanadi:

1. Tuzish vaqtiga qarab:


a) kirish balansi;
b) joriy (davriy) balans;
v) tugatish balansi;
g) ajralish balansi;
d) qo`shilish balansi;
j) sanatsiya balansi.


Tuzish manbalariga qarab:
a) inventar balanslari. Faqat inventar (ro`yxati) vositalari asosida tuziladi; ular qisqartirilgan variantda hisoblanadi. Bunday balanslar mavjud mulk asosida yangi korxonalar vujudga kelganda yoki xo`jaliklar o`z shaklini o`zgartirganda (davlat korxonalari aksioner jamiyatlariga aylantirilganda) talab qilinadi;
b) daftar balansi - inventarizatsiya o`tkazish yo`li bilan oldindan tekshirilmasdan faqat daftarlardagi yozuvlar asosida tuziladi;
v) bosh (generalniy) balans - hisob va inventarizatsiya ma`lumotlariga asosan tuziladi.


Axborot hajmi bo`yicha:
a) yakka balans - faqat bir korxona axborotini aks ettiradi;
b) yig`ma balans - barcha korxonalar mablag`larining umumiy holatini aks ettiruvchi summalarni mexanik qo`shish yo`li bilan tuziladi;
v) konsolidallashgan balans.


Faoliyat xarakteri bo`yicha:
a) asosiy balans - korxonaning asosiy faoliyat turi va ustaviga to`g`ri keladigan balans;
b) asosiy bo`lmagan balans - korxonaning boshqa faoliyat turlari (yordamchi xo`jaliklari, transport, turar joy-kommunal xo`jalik va h.k.) bo`yicha tuziladigan balans.


Mulk shakli bo`yicha:
a) davlat korxonalari balansi;
b) aksioner jamiyatlari balansi;
v) munitsipal (shahar boshqarmasiga qarashli) balansi;
g) qo`shma korxonalar, kichik va xususiy korxonalar balansi.


Aks ettirish obyekti bo`yicha:
a) huquqiy shaxs bo`lgan korxonaning mustaqil balansi;
b) alohida balans (filiallar, sexlar, bo`linmalar balansi).


Tozalanish usuli bo`yicha:
a) brutto-balansi - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni o`z ichiga oluvchi balans;
b) netto-balans - bu barcha tartibga soluvchi moddalarni chiqarib tashlab tuzilgan balans.
Bizning Respublikamizda netto balansi qo`llaniladi.
Bu xo`jalik muomalalarining har biri sodir bo`lganda balansga ta`sir qilib, balans moddalari summalarini o`zgartirib yuboradi. Lekin bu xo`jalik muomalalari balansga faqat to`rt xil yo`l bilan ta`sir etadi.
Birinchisi, shunday xo`jalik muomalalari borki, ular balansning faqat aktiviga ta`sir etadi. Bunda balansning aktivida bir modda summasi ko`payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi, lekin balansning umumiy summasi o`zgarmaydi.
Ikkinchisi, shunday xo`jalik muomalalari sodir bo`ladiki, ular balansning faqat passiviga ta`sir qilib, passivda bir modda summasi ko`payib, ikkinchi modda summasi ayni shu summaga kamayadi. Bunda ham balansning umumiy summasi o`zgarmaydi.
Uchinchisi, shunday xo`jalik muomalalari sodir bo`ladiki, ular balansning aktiviga ham, passiviga ham ta`sir etib, ular summasini ko`paytirib yuboradi.
To`rtinchisi, shunday xo`jalik muomalalari sodir bo`ladiki, ular balansning aktiviga ham, passiviga ham ta`sir etib, ular summasini kamaytirib yuboradi.
Balansga ta`sir qiladigan bunday o`zgarishlarni misollarda keltiramiz.
Buxgalteriya balansi hisobot davrining I - kuniga tuziladi. Xo`jalik faoliyatini amalga oshirishda xo`jalik mablag`lari tarkibi va xajmi sodir bo`layotgan muomalalar ta`sirida uzluksiz o`zgarib turadi.Bu o`zgarishlar balansga, albatta, ta`sir etadi.


Balans
Misolni ko`rib chiqayotganda korxona mablag`lari xo`jalik muo-malalarida qatnashayottanda, o`zgarmasdan qolmasligiga e`tibor be-ramiz; keyinchalik ular yangi xususiyatga ega bo`ladilar yoki bir shak-ldan ikkinchi shaklga o`tadilar. Shuning uchun davr boshiga ko`rsatil-gan dastlabki holati katta o`zgarishlarga duch keladi. Lekin bunda mablag`lar turining umumiy summasi bilan ularning manbalarining umumiy qiymati o`rtasidagi tenglik hech qachon buzilmaydi.
Birinchi muomala. Kassadan korxona xodimlariga hisobdorlik shartlari bilan 60 so`m berildi. Pul berilgandan keyin «Kassa» moddasidagi summa 60 so`mga kamayadi va 40 (100-60) so`mni tashkil qiladi. Shu bilan bir vaqtda pullarning hisobdorlik shartlari bilan berilishi hisobdor shaxsning ushbu korxonaga qarzining paydo bo`lishiga olib keladi.
Demak, balans aktivida hisobdor shaxsning korxonaga bo`lgan 60 so`mlik qarzi aks ettiriladigan «Debitorlar» moddasi paydo bo`la-di. Bunda ushbu muomala ta`sir etgan har ikkala balans moddasi ham aktivdir. Mazkur hodisadan mablag`lar aktivining bir moddasidan ikkinchisiga o`tishigina sodir bo`ldi. Aktivning jami o`zgarmaydi va aktiv hamda passiv summalar o`rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
Birinchi muomaladan keyin balans quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Ikkinchi muomala. Sof foydaning bir qismi (10000 so`m) hiso-bidan korxona ishining natijalarini yakunlashda qabul qilingan qarorga binoan rezerv kapitali tashkil etilgan.
Mazkur muomala korxonaning taqsimlanmagan foydasini 10000 so`mga kamaytiradi, lekin balansda yangi modda paydo bo`ladi: xuddi shu summaga rezerv kapitali ko`payadi. Demak, endi foyda miqdori 20000 (30000-10000) so`mni, zaxira fondi esa 10000 so`mni tashkil qiladi.
Ikkinchi muomala natijasida faqat mablag`lar manbai o`zgaradi. Bir manba (foyda) ning kamayishi hisobiga boshqa (zaxira fondi) manba paydo bo`ladi. Bu muomala faqat passiv moddalarga tegishlidir. Bunda passivning jami summasi o`zgarmaydi. Demak, aktiv va passiv summalaridagi tenglik ham buzilmaydi.
Ikkinchi muomaladan keyingi balansni tuzamiz:
Uchinchi muomala. Mol yetkazib beruvchilardan sotib olingan 25000 so`mlik materiallar korxonaga kelib tushdi, lekin puli to`lanmadi.
Mazkur muomala, birinchidan, materiallarning miqdori ko`pa-yishiga olib keladi. Demak, balansning «Xom ashyo va materiallar» moddasi 25000 so`mga oshadi. Ikkinchidan, materiallar mol yetkazib beruvchilardan sotib olinib, puli hali to`lanmagani uchun, korxona-ning mol yetkazib beruvchilar oldida qarzi paydo bo`ladi. Balansda bu «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar» moddasi bo`yicha aks etti-rilib, uning summasi ham 25000 so`mga oshadi va 75000 so`mga teng bo`ladi.
Balansda aks ettirilish tavsifi bo`yicha ushbu muomala oldin-gisidan farq qiladi. U bir vaqtning o`zida aktiv va passivga tegish-lidir. Lekin uning aktivda ham, passivda ham yuzaga keltirgan o`zga-rishlari bir xil summada ifodalanadi va bir tomonga yo`naltiril-gandir. Demak, aktiv va passivning jami summalari bir xilda o`zgaradi, ularning o`rtasidagi tenglik saqlanib qoladi.
To`rtinchi muomala. Hisob-kitob schyotidan bankka kredit bo`yicha qarzni uzish uchun 20000 so`m o`tkazilgan.
Bu muomala hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larining kamayishiga olib keladi va bir vaqtning o`zida korxonaning kreditlar bo`yicha qarzining qisqarishiga olib keladi. Demak, balansda «Hisob-kitob» schyoti bo`yicha summa 29900 (49900 - 20000) so`mgacha kamayadi va «Bank kreditlari» passiv moddasi bo`yicha 0 (20000 - 20000) gacha kamayadi, ya`ni bu modda passiv moddasidan chiqarib tashlanadi.
To`rtinchi muomala balans yakunlarini bir miqdordagi summaga kamaytirdi. Shuning uchun balans aktivi va passivi yakuniy summalari o`rtasidagi tenglik bu muomaladan keyin ham saqlanib qoladi.
To`rtinchi muomaladan keyin balans quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
Bunga o`xshagan muomalalar xo`jalik faoliyatida ko`plab uchraydi.
Keltirilgan to`rtta muomalalar ularni balansda aks ettirishning sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hodisalarni o`z ichiga oladi (balans o`zgarishlarining turlari).
Boshida balansning faqat aktiviga yoki passiviga ta`sir qiladigan voqealar (birinchi va ikkinchi muomalalar) ko`rsatilgan edi. Bunda balansning aktivi va passivini o`zgartirmaydigan summalarning faqat qayta guruhlantirilishi bo`lib o`tgan edi. Bu balans o`zgarishlarining birinchi va ikkinchi turlaridir. Boshqa muomalalar balansning aktiviga ham passiviga ham ta`sir etadi. Bunda har ikkala ta`sir qilinadigan moddalar ularning ko`payishi (uchinchi muomala) yoki kamayishini (to`rtinchi muomala) yuzaga keltiradi.
Yuqoridagi bayonlarga asoslanib, balansli o`zgarishlar turlaridagi tarzda ifodalash mumkin: Balansli o`zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya`ni har qanday muomala uning, albatta, ikki moddasiga ta`sir etishini va hech qachon aktiv bilan passiv o`rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olish uchun zarurdir.
O`zbekiston Respublikasi bilan chet el mamlakatlari balanslari bir-biridan farq qiladi. Garchi umumiy tashqi ko`rinishida o`xshashlik (ularning ikki tomonlamaligi, qismlarining bir xil nomlanishi va hokazo) bo`lsa ham bu farqlar dastlab oldingi tuzumni ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bilan shartlangandir. Ularning o`rtasidagi bu farqlarni yaxshi tushunib olish uchun AQShning yirik kompaniyalaridan birining balansini keltirib, uni yuqorida keltirilgan balans bilan solishtirib, ularning xususiyatlarini aniqlash mumkin.
Birinchi navbatda shuni ta`kidlash lozimki, ularda o`zlarining mazmunlari bilan farq qiladigan qator moddalar mavjud. Masalan, vatanimiz balansi aktiv moddalari guruhlanishining tuzilishi re-surslarning nolikvidligiga asoslangan, shuning uchun avval asosiy vositalar va ularning eskirishi, nomoddiy aktivlar va ularning amortizatsiyasi, so`ngra ishlab chiqarish zaxiralari, chiqimlar va faqat ulardan keyin pul mablag`lari keltirilgan. Chet el mamlakat-larining balansida esa dastlab pul mablag`lari, keyin ishchi kapital va so`ngida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar aks ettiriladi. Mablag`lar manbaining muhim moddasi hisoblangan «Ustav kapita-li», shu korxonalar mablag`larining asosiy qismi firmaning xusu-siy kapitali va mulk egalari tomonidan korxonaga qo`yilgan mablag`larning hajmini tavsiflovchi foyda hisobidan tashkil top-ganligini ko`rsatadi. Keltiriltan balansda bundaylar korxonaning aksiyadorlik kapitali, aksiyalarni sotishdan olingan emissiya daro-madida keltirilgan moddalar hamda bizning balansda bitta modda bilan aks ettiriladigan taqsimlanmagan foydadan iborat. Undan tashqari, bizning balansda «Budjetdan moliyalash» moddasi ko`zda tutilgan. Chet el korxonalar balansida davlat budjetidan ajratil-gan mablag`larni aks ettiruvchi moddalar juda kam uchraydi, chunki u yerda davlat faqat uning buyurtmalarini bajaradigan xususiy kor-xonalargagina mablag` ajratadi. Chet el korxonalarining balansida, shuningdek, bizning balanslarimizda ko`zda tutilmagan moddalar mavjud. Ularga, masalan, debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitob muomalalarining alohida shaklini anglatuvchi «Olinadigan schyotlar va veksellar» va «To`lanadigan schyotlar va veksellar» modda-lari kiradi.Korxona balanslari chet el balanslaridan, shuningdek, bir turdagi moddalarning har xil salmoqqa ega ekanliklari bilan ham farq qiladilar. Masalan, korxona kassasida belgilangan limit-dan ortiq summani, ish haqi berish kunlaridan tashqari, uzoq mud-datda saqlab turish ma`n etilgan, yirik summadagi debitorlik va kreditorlik qarzlari, odatda kam uchraydi. Chet el korxonalari ba-lansida bu moddalarning salmog`i boshqachadir. Bu korxonalar balan-sida «Naqd pullar» moddasining salmog`i ancha kattadir. Bu esa aksiyadorlar va kreditorlarning korxonaning moliyaviy mustahkamli-giga bo`lgan ishonchini saqlab turish imkonini beradi. Lekin bu kor-xonalar balansidagi debitorlik va kreditorlik qarzlar moddasi bo`yicha qoldiqlar bizning balansimizdagiga qaraganda juda yuqori-dir, chunki u yerda tijoratli kreditlash, ya`ni xo`jalik tashkilotlari tomonidan tovarlarni sotish va harid qilishda ular uchun to`lovlar muddatlarini cho`zish yo`lida foydalanish keng tarqalgan.O`zlarining xajmlariga ko`ra boshqa korxonalarga turli-tuman qo`yilmalarni aks ettiradigan moddalar (aktivning 6 moddasi) ko`pdir. «Qimmatli qog`ozlar» moddasi (aktiv moddasi) bilan birgalikda ular ushbu kor-xonaga bo`sh kapitalning yo`nalishini ko`rsatadi. O`zlarining kapi-tallarini boshqa korxonalarga, shu jumladan, chet eldagi korxona-larga qo`yish mumkin.
Adabiyotlar ro`yxati:




  1. Download 83,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish