Oltin standarti birinchi marta 18-asrda Angliyada va 19-asrning oxirlarida boshqa mamlakatlarda joriy etildi. Bu standart birinchi jahon urushi boshlanishiga qadar hukm surdi.
Oltin tanga standartga xos bo’lgan belgilar qo’yidagilardan iborat bo’lgan:
tovarlarning baholari faqatgina oltinda o’lchanardi;
oltinni olib kirish yoki olib chiqishning ta’qiqlanmanligi;
Ichki bozorda oltin moneta va banknotalar bilan birga haqiqiy qiymatga (ya’ni, to’la haqiqiy qiymatga) ega bo’lmagan paytda chaqalar va ma’lum kursga ega bo’lgan davlat qog’oz pullarining muomalada bo’lishi.