Pul va banklar



Download 0,93 Mb.
bet4/27
Sana31.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#229782
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
1-Мавзу

Pul va inflyatsiya. Pul va inflyatsiyaning mohiyatini tushunish uchun Frederik S. Mishkin “Pul, bank ishi va moliyaviy bozorlarning iqtisodiy nazariyasi” kitobida shunday misol keltiradi, ya’ni, o’ttiz yil oldin siz kechagina o’n dollar to’lagan, kino chiptangiz bir yoki ikki dollardan ortiq turmas edi. O’n dollar esa kinoga chipta olish bilan birga, yana nafaqat popkorn xarid qilishga balki, tushlik qilishga ham etar edi.

Iqtisodiyotda tovar va xizmatlarning o’rtacha narxi, sodda qilib aytganda, narxlarning umumiy darajasi deyiladi. 1950 yildan 2011 yilga qadar AQSh iqtisodiyotidagi narxlar darajasi qariyib olti barobar o’sgan. Inflyatsiya narxlar umumiy darajasining tinimsiz o’sishi bo’lib, har bir xaridorga, ishlab chiqaruvchiga va xukumatga ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar va iqtisodchilar inflyatsiyani jilovlashga xarakat qiladilar, shuning uchun ushbu maqsadga erishish yo’lida narxlar darajasini tebranishini aniqlovchi omillarini bilish zarur.

Inflyatsiyani nima bilan tushuntirish mumkin? Ushbu savolga mumkin bo’lgan javoblardan birini 4-rasmdagi grafikda (BU YO’Q) aks ettirilgan pul massasi va narxlar darajasining sinxron o’sishida ko’rishimiz mumkin. Inflyatsiya deb nomlanuvchi iqtisodiyotda narxlar darajasining doimiy o’sishida o’zini namoyon qiluvchi asosiy omil - pul massasining doimiy o’sishini ko’rsatadi.

Inflyatsiya bilan pul massasining yaqindan aloqasining keyingi isboti 5-rasmda ifodalangan garfik hisoblanadi. Bir nechta mamlakatlarda, o’rtacha inflyatsiya darajasi (odatda har bir yilda foizli o’zgarishda o’lchanadigan narxlar darajasining o’zgarish surati) ni aks ettirib, har bir nuqtani koordinatlari aniq bir mamlakatni aks ettirib, 2000-2010 yillar oralig’ida pul massasining o’rtacha o’sishi va ushbu davrda inflyatsiyaning o’rtacha sura’tini ifodalaydi. Ko’rganingizdek, keltirilgan ma’lumotlar inflyatsiya bilan pul massasining o’sishi o’rtasidagi to’g’ri bog’liqlikning mavjudligini ifodalaydi. Inflyatsiya darajasi eng katta bo’lgan mamlakatlarda o’z navbatida pul massasining o’sish darajasi ham yuqoridir. Misol uchun, Turkiya, Ukraina va Zambiya kabi davlatlar ushbu davrda inflyatsiya darajasining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Ushbu davlatlarda pul massasining o’sishi ham yuqoriligi kuzatilgan. Aksincha, Shvetsiya va AQShda ushbu davrda inflyatsiyaning sura’ti juda past bo’lgan (pul massasining o’sishi singari). Ushbu faktlar Nobel mukofoti sovrindari Milton Fridmenning taniqli xulosasiga asos bo’lgan: “ Inflyatsiya- bu hamisha va har erda monetar hodisadir”. Aynan shu mavzularda pul massasi miqdori va monetar siyosatning inflyatsiya sura’tlariga ta’sirini ko’rib chiqamiz.

Pul va foiz stavkalari

Boshqa omillar bilan bir qatorda, pullar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning doimiy diqqat e’tiborida bo’lgan foiz stavkalarining tebranishiga ham ta’sir ko’rsatadi. 6-rasmdagi grafikda AQShning uzoq muddatli g’aznachilik obligatsiyalari bo’yicha foiz stavkasi bilan pul massasidagi o’sish tenglashtirilganligi ko’rsatilgan. 1960 va 1970 yillarda uzoq muddatli obligatsiyalar bo’yicha foiz stavkasi pul massasi bilan birgalikda o’sib bordi. Lekin 1980 yildan boshlab foiz stavkasining o’sishi bilan pul massasining o’sishi o’rtasida o’zaro aloqadorlik yo’qola bordi. Biz foizlarga oid mavzularda foiz stavkalarning xarakterini tadqiq qilganimizda pul va foiz stavkalar o’rtasidagi bog’liqlikni ham tahlil qilamiz.

Monetar siyosatni amalga oshirish

Pullar mamlakat iqtisodiy rivojlanish darajasini aniqlovchi ko’pgina iqtisodiy o’zgarishlarga ta’sir ko’rsatganligi sababli, monetar siyosat ya’ni, pullar va foiz stavkalarini boshqarish – butun dunyoda iqtisodiy strategiyani ishlab chiquvchilar va siyosatchilarning diqqat e’tiboridagi ob’ektlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda monetar siyosatni amalga oshirishga Markaziy bank javobgar (AQShda bu Federal Zaxira Tizimi (FZT)) hisoblanadi. Shu bois, mazkur fanda AQSh va boshqa davlatlarda amalga oshirilayotgan monetar siyosatning o’ziga xos xususiyatlari va iqtisodiyotda pullarning miqdorini boshqarishda Markaziy banklarning rolini tahlil qilishga ham ba’zi mavzular bag’ishlangan.




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish