12-Mavzu. Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi.
Bank – Банк - Bank – turli-tuman moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kredit muassasasi.
Bank krediti – Банковский кредит – Bank loan – banklar tomonidan pul shaklida beriladigan kredit.
Bankning balansi – Банковский баланс - bank balance – buxgalteriya balansi bo‘lib, unda tijorat bankining aktivlari, majburiyatlari va kapitali aks etadi.
Ipoteka banklari – Ипотечные банки - Mortgage banks - jismoniy va yuridik shaxslarga garov asosida uzoq muddatli kreditlar berish bilan shug‘ullanadi. Ipoteka atamasi ko‘chmas mulklarni garovga qo‘yish natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabat bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri garovga qo‘yilgan ko‘chmas mulk kredit (qarz) oluvchining tasarrufida qolishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |