Pul va banklar


Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) bilan hamkorlik



Download 12,78 Mb.
bet311/513
Sana31.12.2021
Hajmi12,78 Mb.
#222287
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   513
Bog'liq
ПУЛ ва БАНКЛАР УУМ

Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) va Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi (XTA) bilan hamkorlik

1993 yildan boshlab Jahon banki XTTB va XTAning 31 ta loyiha uchun kreditlar, texnik ko’maklashish bo’yicha 31 ta loyihaga grant taqdim etilishini tasdiqlagan, shundan 14 investitsion loyiha va 28 grant loyihalari amalga oshirildi. Jahon banki tomonidan tasdiqlangan yuqoridagi loyihalar va grantlar uchun jami 2592,4 mln. AQSh dollar ajratilgan bo’lib, uning 969,5 mln. AQSh dollarini kreditlar tashkil etib, ularning (2015 yil 1 avgust holatiga) 394,4 mln. AQSh dollar qoplangan. Hozirgi kunda Jahon bankining umumiy qiymati 2036,04 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan 20 ta loyiha va granti amalga oshirilmoqda.

Jahon bankining loyihalari 2012-2015 yillar strategiyasiga muvofiq iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari - qishloq xo’jaligi, sog’liqni saqlash, energetika, suv ta’minoti, transport, ta’lim va davlat boshqaruvi yo’nalishlarida amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishiga oid muhim loyihalari institutsional kredit, reabilitatsion kredit va moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kreditlar hisoblanadi.

1993 yil oktyabr oyida O’zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiy tuzilmasini qayta tiklash maqsadida texnik ko’maklashish doirasida umumiy 21 mln. AQSh dollar miqdoridagi kredit shartnomasi (institutsional kredit) imzolandi. O’zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishga oid asosiy vazifalar mustaqil ekspertlar tomonidan tijorat banklari tizimini keng qamrovli tahlildan o’tkazish va baholash, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilishning mavjud tuzilmalarini rivojlantirish, audit, buxgalteriya hisobi va hisobotini yangi tizimga o’tkazish, tashqi qarzni boshqarish bo’linmalarini tashkil etish, banklararo kompyuter tarmog’ini yaratishdan iborat edi.

Ushbu loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida O’zbekiston Respublikasi bank tizimining buxgalteriya hisoboti va auditi isloh qilindi. «Artur Andersen LLP» audit firmasi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti bilan birgalikda 1997 yil aprelidan beri respublika bank tizimi ishlab kelayotgan buxgalteriya hisobining yangi hisob rejasini ishlab chiqdi.

«Siemens» kompaniyasi tomonidan telekommunikatsiya va kompyuter uskunalari etkazib berilishi va ularning viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida o’rnatilishi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida yagona to’lov tizimini yaratishga olib keldi.

«Xorijdan mablag’ jalb qilish to’g’risidagi» Qonunning loyihasi ishlab chiqildi va Markaziy bank tarkibida tashqi qarzni boshqarish uchun mas’ul bo’lim tashkil etildi.

«Deloit & Touche», IDMAG va «Artur Andersen LLP» kompaniyalarining konsultativ yordami bilan bank tizimini nazorat qilish takomillashtirildi, tijorat banklarining aktiv va passivlarni, qimmatbaho qog’ozlarni, rejalashtirish va marketing, muammoli qarzlarni boshqarishiga o’zgarishlar kiritildi.

Reabilitatsion kredit

1995 yil mart oyida XTTB tomonidan O’zbekiston Respublikasi uchun jami 160 mln. AQSh dollarga teng bo’lgan reabilitatsion kredit ajratilishi tasdiqlandi. Reabilitatsion kreditining asosiy vazifalari tarkibiy islohotlar dasturini qo’llab-quvvatlash, valyuta bozorini rivojlantirish, milliy valyutaning mustahkamlanishini ta’minlash, importni moliyalashtirish uchun chet el valyutasi kamomadligini kamaytirishdan iborat edi. Kredit malbag’lari 1996 yil iyun oyiga qadar to’liq o’zlashtirib bo’lindi, natijada valyuta birjasi ishtirokchilari sonini oshirish yo’li bilan valyuta bozori aylanmasi sezilarli ravishda ko’payishiga xizmat qildi, savdolarni o’tkazishning tashkiliy shakllari takomillashtirildi.

Moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kreditlar

1999 yil may oyida XTTB tomonidan jami 25 mln. AQSh dollariga teng bo’lgan moliya institutlarini rivojlantirishga qaratilgan kredit ajratilishi ma’qullandi. Loyihani amalga oshirish uchun 1999 yil avgustida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qoshida Moliya sohasini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Loyihaning asosiy maqsadi tijorat banklarini institutsional jihatdan mustahkamlash, bank tizimi me’yoriy-huquqiy bazasini yaxshilash, axborot tizimini takomillashtirish, banklarni xususiylashtirish va qayta tashkil etish edi.

Bank tizimini institutsional jihatdan mustahkamlash uchun:

6 tijorat bankiga (O’zsanoatqurilishbank, O’zuyjoyjamg’armabank (Ipotekabank), Asakabank, Paxtabank (Agrobank), Hamkorbank va Ipak Yo’li banki)ga strategik va biznesni rejalashtirish, kredit va g’aznachilik tavakkalchiliklarini boshqarish, buxgalteriya hisobi, boshqaruv axborot tizimi va ichki audit masalalarida texnik yordam ko’rsatildi.

Tijorat banklarining mutaxassislari uchun buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida yuritish, ichki audit va nazorat, avtomatlashtirilgan kredit tahlili va boshqaruv axborot tizimi yo’nalishlarida turkum o’quvlar tashkil etildi.

Ichki audit mutaxassislari bilan birgalikda 11 tijorat bankining asosiy boshqarmalari sinov auditidan o’tkazildi va ichki audit xizmatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalar berildi hamda ichki auditni o’tkazishga doir kerakli yo’riqnomalar ishlab chiqildi.

Texnik ko’mak, shuningdek, bank tizimining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishga ham berildi. To’rt asosiy yo’nalish (garov mulkini suddan tashqari undirish, banklarni tugatish, bank xoldinglari va nobank kredit institutlarini tashkil etish) qonun loyihalari ishlab chiqildi.

Loyihaning eng yirik yo’nalishi bank tizimining telekommunikatsiya tarmog’ini modernizatsiyalash va to’lov tizimini takomillashtirish edi. To’lov tizimining yangi tizimi hisob-kitoblarni real vaqt rejimida olib borishga sharoit yaratdi, natijada banklar faoliyati samaradorligi sezilarli darajada ortdi va tavakkalchiliklarini minimal darajaga tushirishga imkon berdi. Tijorat banklari va Markaziy bankni bog’lab turadigan telekommunikatsiya tarmog’i yagona balans taqdim etilishini ta’minlab berdi.


Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish