Navbatdagi moliyaviy xabar.“Rivojlangan davlat iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlat iqtisodiyotiga qachon o‘xshaydi: 2008- yilning Islandiya moliyaviy inqirozi”.
2008-yilda boshlangan Islandiyada moliyaviy inqiroz va iqtisodiy pasayishdunyoda yuqori yashash standartlariga ega kichik, boy millat uchun taajubli xodisalarni yuzaga keltirib,rivojlanayotgan davlatdagi moliyaviy inqirozssenariysi takrorlandi.
Moliyaviy liberallashuv jarayonlarining bir qismi sifatida 2003-yilda Islandiya xukumati davlat ulushiga ega banklarni Island bank sanoatini kengaytirgan maxalliy investorlarga sotdi.Ushbu investorlar nemis va britan uy xo‘jaliklaridan xorijiy valyutadagi depozitlarni jalb qilish hamda xorijiy valyutada ifodalangan kreditlar etarli va arzon bo‘lganqisqa muddatli ulgurji fond bozorlaridan katta miqdorda qarz olishmaqsadidachet elda filiallarni tashkil qilishdi.Ular fondlarni aynan bank egalariga aloqasi bo‘lgan mahalliy investitsion firmalarga yo‘naltirishdi. Tabiyki, fondlarning katta qismi kapital va ko‘chmas mulk ko‘rinishidagi yuqori riskli investitsiyalarga yo‘naltirildi. Islandiyaning qimmatli qog‘ozlar bozori qiymati YAIM ning 250%miqdorigacha tezkorlik bilan o‘sdi va firmalar, uy xo‘jaliklari hamda banklar xorijiy valyutada qarz olishdi. Natijada rivojlanayotgan davlatlarda bo‘lgani kabi kuchli valyuta nomutanosibligi sodir bo‘ldi. Bir vaqtning o‘zida Islandiyaning tartibga solish tizimi bank risklarini samarasiz nazorat mexanizmi bilan ta’minlangan edi.
2008-yil oktyabrda AQSH investitsion banki Lehmann Brothers ning bankrotlikka uchrashi Islandiya banklarini moliyalashtirib turgan ulgurji qarz tizimini to‘xtatishiga olib keldi.Fond bozoriga yo‘lning mavjud emasligi natijasida banklar o‘larining xorijiy valyutadagi qarzlarini qayta to‘lay olishmadi. Ko‘pgina hollarda banklar tomonidan qabul qilingan ta’minot boshqa Island banklarini aksiyalarini o‘z ichiga olib, ularning narxi oldingi qiymatini ma’lum bir qismigacha pasaydi. Banklarning aktivlari shu darajada o‘sib ketgan ediki, mamlakatning yalpi ichki maxsulotidan deyarli to‘qqiz barobarga oshib ketgan edi. Natijada xukumat banklarni bankrotlikdan ishonchli tarzda qutqara olmas edi. Islandiyadan xorijiy kapital qochib ketdi va Island kronasining qiymati 50%gacha qadrsizlandi.
Valyuta kursini keskin pasayishi natijasida tashqi qarz yuki milliy valyutada ifodalanganda ikki barobarga ko‘paydi. Natijada Island firmalari va uy xo‘jaliklari kapitalining katta qismini emirilishi to‘liq masshtabli moliyaviy inqirozni yuzaga keltirdi. Ishsizlik darajasini uch barobarga oshishi,ish haqini tushishi, xukumatda katta hajmda byudjeti defitsiti shakllanishi bilan iqtisodiyot kuchli retsessiya holatiga tushdi. Xorijiy kreditorlar bilan munosabatlar yanada taranglashgan bo‘lsa, terrorizmga qarshi qonunga muvofiqxattoki island firmalarning aktivlari muzlatilishi Buyuk Britaniya bilan aloqalarni yanada og‘irlashtirdi. Ko‘pgina islandiyalik odamlar baliq ovlash va qishloq xo‘jaligi sanoatidagi an’anaviy ishlariga qaytishdi. Fuqarolar yomon vaziyatning ham yaxshi tomonlarini topishdi: island valyutasining qadrini pasayishi islandiyaning mashxur balig‘i, Island pista ko‘miri va atlantik lososni xorijliklar uchun ancha qulay bo‘lishini ta’minladi.
Prudensial nazorat 1) yaxshi risk menejment va monitoring tizimi 2) mavjud muxim risklarni yuzaga keltiradigan faoliyatni cheklash 3) xodimlar tomonidan o‘g‘irlik va ruxsat etilmagan xarakatlarni oldini olish maqsadida ichki nazoratni o‘z ichiga oluvchi o‘z o‘rnida to‘g‘ri risk menejment jarayonlarini banklarda mavjudligi kafolatlash orqali xavfsizroq va sog‘lomroq bank tizimini qo‘llabquvvatlashga yordam beradi.Janubiy Koreya misolida ko‘rsatganidek, tartibga solish tizimi tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan banklarni egallab olinishiga ruxsat berilmasligi lozim. Tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar banklarni egallab olishsa,Janubiy Koreyadagi chebollar kabibank kreditlarini o‘z maqsadlarini moliyalashtirish yo‘lida foydalanishadi. Bu holat yuqori riskli kreditlash faoliyatini kengayishiga, o‘z navbatida bank inqirozini keltirib chiqaradi.
Prudensial nazorat ishlashi uchun nazoratchilarda o‘zlarining faoliyatini amalga oshirishlari uchun etarli darajada resurslar bo‘lishi kerak. Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti uchun bu juda ham jiddiy muammo hisoblanib, prudensial nazoratchilar juda kam ish haqi olishadi va kompyuter kabi instrumentlar etishmaydi. Siyosatchilar tomonidan prudensial nazoratchilarga katta bosim mavjud bo‘lib, siyosiy ulushini olish (yoki to‘g‘ridanto‘g‘ri pora olish) maqsadidabanklardan “juda ”qattiq”bo‘lmasliklarni talab qilishadi. Mustaqilroq tartibga soluvchi va nazorat agentligi siyosiy ta’sirga qarshi turishi, o‘z ishini bajarishi va bank risklarini kamaytirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |