Pul va banklar


Agentlik (vositachilik) xizmati



Download 12,78 Mb.
bet236/513
Sana31.12.2021
Hajmi12,78 Mb.
#222287
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   513
Bog'liq
ПУЛ ва БАНКЛАР УУМ

Agentlik (vositachilik) xizmati.

  1. qimmatli qog‘ozlarni saqlashga qabul qilish;

  2. qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlarni undirish;

  3. qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinadigan daromadlar haqida benefitsarga ma’lumot berib turish;

  4. muddati tugagan qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish;

  5. qimmatli qog‘ozlarni sotish va sotib olish;

  6. benefitsarning hisobvaraqlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish;

  7. sug‘urta polislarini rasmiylashtirish;

  8. seyflarni ijaraga berish.

YAkunlovchi fikr sifatida ta’kidlash mumkinki, har qanday iqtisodiyotda banklarning noa’ananaviy operatsiyalarini rivojlanishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining barqarorligi, real inflyasiya darajasining xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan me’yorlarini ta’minlanishi, bank tizimiga aholi va mijozlar ishonchining mustahkamligi kabilar shular jumlasidandir.

Tijorat banklarining daromadi foizli va foizsiz daromadlardan iborat. Tijorat banklarinining daromadlari tarkibida foizli daromadlar asosiy salmoqni egallaydi. Daromadlar bank balansining passivida hisobga olib boriladi.

Tijorat banklari daromadlarini manbalari turli – tuman bo‘lib, ularni quyidagi tartibda guruhlash mumkin.


  1. Mulkiy shaklidan qa’tiy nazar yuridik va jismoniy shaxslarga qisqa, o‘rta va uzoq muddatga so‘mda va xorijiy valyutalarda berilgan kreditlar bo‘yicha daromadlar.

  2. Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlar bo‘yicha daromadlar.

  3. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha daromadlar.

  4. Trast, lizing, faktoring va forfeyting operatsiyalari bo‘yicha daromadlar.

  5. Qimmatbaho metallar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha daromadlar.

  6. Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan REPO bitimlari bo‘yicha daromadlar.

  7. Xorijiy valyutalar kursining o‘zgarishi natijasida olinadigan daromadlar.

  8. Berilgan kafolatlar va tijorat faoliyatidan olinadigan daromadlar.

  9. Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, qo‘shma korxonalarga va sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar.

  10. Maslahat va vositachilik xizmatlaridan olingan daromadlar.

  11. Boshqa daromadlar.

  12. Tijorat banklarining foizli daromadlari asosan ular tomonidan berayotgan kreditlar hisobidan shakllanadi.

Tijorat banklarining xarajati foizli va foizsiz xarajatlardan iborat bo‘ladi. Xarajatlar bank balansining aktiv tomonida hisobga olib boriladi.

Tijorat banklari o‘z faoliyatini tashkil etish jarayonida turli xarajatlarni amalga oshiradi, shu bois xarajatlarni moddalar bo‘yicha guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiq.



  1. Bankning moliyaviy resurslarini shakllantirish va uning bevosita faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar. Ushbu xarajatlar tarkibiga:

    1. mijozlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlariga xarajatlar;

    2. depozit sertifikatlar, omonatlar va aksiyalarga to‘lanadigan xarajatlar;

    3. boshqa bank va bank bo‘lmagan tashkilotlardan olingan kreditlar bo‘yicha xarajatlar;

    4. Markaziy bankdan qayta moliyalash tarzida olingan resurslarga to‘lanadigan xarajatlar;

    5. naqd pullarni olib kelish, jo‘natish va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar;

    6. qimmatli qog‘ozlar va qimmatli metallar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan xarajatlar;

    7. mahalliy banklarning vakillik hisobvaraqlariga to‘lanadigan xarajatlar;

    8. xorijiy banklarning «Loro» vakillik hisobvaraqlariga to‘lanadigan xarajatlar;

    9. qaytarilmagan kreditlar bo‘yicha xarajatlar;

    10. boshqa xarajatlar.

      1. Xodimlarining ish haqi, ijara va boshqa ma’muriy xarajatlar:

    11. ish haqi va moddiy yordam xarajatlari;

    12. sug‘urta va badallarga xarajatlar;

    13. xodimlarni ijtimoiy himoya va meditsina xarajatlari;

    14. ijara, suv, elektr energiya, ta’mirlash, qo‘riqlash va boshqa xarajatlar.

3. Xizmat safari, tarnsport va amortizatsiya xarajatlari.

    1. bank xodimlarining xizmat safari va yashash xarajatlari;

    2. transport va yoqilg‘i xarajatlari;

    3. bank binosi va boshqa imoratlariga amortizatsiya xarajatlari;

    4. transport, mebel va boshqa jihozlarning amortizatsiya xarajatlari;

    5. nomoddiy aktivlar va ijaraga topshirilgan binolarga amortizatsiya xarajatlari;

    6. soliq to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlar;

    7. boshqa xarajatlar.

4. Bankning imidjini ko‘tarish va xizmatlarining turini ko‘paytirish bilan bog‘liq xarajatlar:

    1. reklama va e’lonlarga qilinadigan xarajatlar;

    2. prezentatsiya va boshqa tadbirlarlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar;

    3. kitoblar va davriy nashrlarga qilinadigan xarajatlar,

    4. homiylik va vasiylik xarajatlari;

    5. boshqa xarajatlar.

Tijorat banklarining xarajatlari tarkibida asosiy salmoqni yuqorida keltirilgan birinchi va ikkinchi guruxdagi xarajat moddalari egallaydi.

Tijorat bankining yuqori darajada foydaga ega bo‘lishi va kapitalning etarliligini ta’minlanganligi uning iqtisodiy jihatdan mustahkamligini anglatadi. Bankning yuqori foydaga ega bo‘lishi uning raqobatbardoshligini va xizmatlarining sifatini oshirishga xizmat qiladi. Kapitalning etarligini ta’minlanganligi esa bankning aktiv operatsiyalarining hajmini oshirishga va risk darajasini pasaytirishga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Tijorat banklari o‘z faoliyati davomida turli xil xizmatlar ko‘rsatadilar. Tijorat banklarining bu xizmatlari ular uchun ma’-lum daromad olib keladi. Bu daromadlar komission mukofot, o‘tkaz-malar va yig‘imlar shaklida bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda bank xizmatlarining turlari va miqdori o‘sib, bu soha bank faoliya-tining sezilarli yo‘nalishiga, ularning daromadining manbalaridan biriga aylanib bormoqda. O‘zbekistonda tijorat banklar faoliyati-ning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ba’zi banklar daromadlari tarki-bida asosiy o‘rinni har xil xizmatlardan keladigan tushumlar tashkil qiladi.

Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing (Leasing – ingl. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq faoliyat turlari keng rivojlanmoqda. Bu operatsiya-larning mohiyati shundaki, banklar mashina-uskuna, jihozlar, trans-port vositalarini sanoat korxonalariga uzoq muddatli ijaraga beradi va ular bilan lizing shartnomalarini tuzadi. Bu holda bank vositalarni sotib olish uchun sa­noat korxonalariga ssuda berish o‘rniga ularni o‘zi sotib oladi va iste’molchilarga ijaraga bergan holda egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda bank ssuda foi-zini emas, balki ijara haqini (lizing to‘lovini) oladi. Korxonalar uchun esa lizing investitsiyalarni moliyalashtirishning maxsus usullaridan biri hisoblanadi.

Iqtisodiy o‘sishga erishishni ta’minlash sharoitida, ishlab chi-qarish samaradorligini ta’minlash va uni kengaytirish uchun likvid mablag‘lar hajmining cheklanganligi va ilmiy-texnika taraqqiyotini joriy qilish sharoitida investitsiyalarni optimallashtirish zaru-riyati lizing operatsiyalarning ahamiyatini oshiradi va ularni iqti-sodiy faoliyatning muhim vositasiga aylantiradi. Lizing korxonaga kerakli vositalarni shu vaqtning o‘zida unchalik katta bo‘lmagan xarajatlar evaziga olish imkonini beradi. Ijaraga oluvchi vosita (asbob-uskuna, jihoz va hokazolarni) sotib olish va moliyalash-tirishni bir vaqtda hal qiladi. Lizing usulida iste’molchilarning ilg‘or texnologiyaga tezroq va arzonroq erishishi engilroq kechadi va bu ishlab chiqarish vositalarining ma’naviy eskirishi bilan bog‘liq xarajatlardan qutilish imkonini beradi. Sanoat korxonalari uchun amortizatsiya darajasining yuqoriligi, ishlab chiqarish vositalari-ning yuqori samaradorligi, likvidlikning saqlanishi, xususiy kapital harakati, hisob-kitoblarning o‘z vaqtida olib borilishi, o‘zaro qarzdorliklarning bo‘lmasligi, ishlab chiqarilayotgan mahsu-lotlarning bozor talablariga javob bera olishi va boshqa omillar ularning moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishini ta’minlashning asoslaridan hisoblanadi.

Lizing operatsiyalarida uch sub’ekt – ijaraga beruvchi, ijaraga oluvchi va mol etkazib beruvchi ishtirok qiladi.

Ijaraga beruvchi bu – moliyaviy xarakterdagi vazifani bajaruv-chi, ixtisoslashgan moliyaviy (lizing) korxonadir. Lizing, eng avva-lo, moliyaviy investitsiyalarning vositasi va ishonchli moliyaviy manbalarni talab qilgani uchun jahon amaliyotida lizing kompaniya-lari banklar tomonidan nazorat qilinadi yoki ularning sho‘’ba korxonalari bo‘ladi.

Ijaraga oluvchi – ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun vositalarni ijaraga oluvchi ishlab chiqarish yoki savdo korxo-nasidir.

Mol etkazib beruvchi tomon lizing shartnomasi ob’ektini ish-lab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bo‘lib, u ishlab chiqarish yoki savdo korxonasi sifatida bo‘lishi mumkin.

Odatda, mol etkazib beruvchi va ijaraga oluvchi tijorat shartno-masining asosiy shartlarini ishlab chiqadi. Shu bi­lan bir qatorda, ijaraga beruvchi (bank) moliyalashtirish shartlarini o‘rganib chiqadi va ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini imzolaydi.

Moliyalashtirish masalasini hal qilishda bank mijozning daro-mad darajasini o‘rganib chiqadi. Lizing ob’ektidan to‘g‘ri va sama-rali foydalanish imkoniyatlarini ba’zida mutaxassislar ko‘rib chiqishi va qo‘shimcha kafolatlar talab etilishi mumkin. Shartnomada lizing operatsiyalari bo‘yicha ijara muddati, miqdori, valyutasini, ijara haqini to‘lash muddati va shartlari, ijaraga olinuvchining vositaning (asbob-uskunaning) tarkibi, ishga yaroqligi bo‘yicha maj-buriyatlari va boshqa ko‘rsatkichlar o‘z ifodasini topishi lozim.

Lizing munosabatlarini tashkil qilishning majburiy shart-laridan biri lizing shartnomasi davrida lizing ob’ekti­ni sug‘ur-talash hisoblanadi. Lizing qiymati doimiy (har yarim yil, chorak, oy...) ijara to‘lovlarining yig‘indisidan tashkil topadi. Ijara to‘lovining asosiy tashkil etuvchilari amorti­zatsiya va kredit uchun to‘lanadigan foizdir. Bundan tashqari, li­zing to‘lovlari tarkibiga, shuningdek ijara shartnomasida ko‘zda tutilgan ijaraga beruvchi xizmatlari ham kiritilishi mumkin. Ijara to‘lovlari yig‘indisi ijaraga beruvchiga o‘z xarajatlarini qoplash va daromad olishini ta’minlaydi.

Amaliyotda lizingning bir necha turlari qo‘llaniladi. Bular ope-rativ yoki ishlab chiqarish lizingi, moliyaviy lizing va boshqalardir.

Operativ lizing ko‘proq ishlab chiqarish davri bilan bog‘liq bo‘lib; ob’ekt qisqa davrga, ya’ni uning hayotiy yaroqlilik davridan qisqaroq vaqtga ijaraga beriladi. Bu holda ob’ektning amortiza-tsiyasi (eskirishi) to‘liq amalga oshmaydi, ya’ni ob’ektni yana bir necha marta ijaraga berish imkoniyati saqlanib qolinadi.

Tijorat banklari va ularning lizing kompaniyalari tomonidan, odatda, ko‘proq moliya lizing operatsiyalari o‘tkaziladi. Lizingning bu turi eng ko‘p tarqalgan lizing shakllaridandir. U shartnomaning o‘rta va uzoq muddatligi bilan tavsiflanadi. Bunda amortizatsiya to‘-liq bo‘lishi yoki ijara ob’ekti qoldiq bahoda qaytarib berilishi mumkin. Bu haqda ijaraga oluvchi ijara muddati tugashidan oldin e’lon qiladi.

Moliyaviy lizing haqiqatda ijara ob’ektini uzoq muddatli kre-ditlash bo‘lib, oddiy savdo-sotiqdan (egalik huquqi xarid vaqtida iste’molchiga o‘tadi) farq qiladi. Lizing kompaniya asosiy vosita-larni ijaraga oluvchi korxonaning ko‘rsatmasiga binoan sotib ola-di. Uni shu korxonaga uzoq yoki o‘rta muddatga (3, 5, 7 yilga) ijara shartnomasiga asosan sotishi va lizing muddati tugagandan keyin qoldiq bahoda sotib olish huquqi bi­lan ijara shartnomasini tuzi-shi mumkin.

Tijorat banklarining moliyaviy operatsiyalarining yana bir turi bu faktoring operatsiyalari hisoblanadi. Bu operatsiyalar butun xo‘-jalik ko‘lamida to‘lovlar aylanishini amalga oshirish bilan bog‘-liqdir. Faktoring (ingl. Factor – vositachi) – hisob-kitoblarni tash-kil etish sohasidagi yangi xizmat turlaridan bo‘lib, mijozning aylanma kapitalini kreditlash bilan muvofiqlashadi. Bunday ope-ratsiyalarni chet ellarda, odatda, maxsus faktoring kompaniyalari amalga oshiradilar. Ular banklar bilan bog‘liq yoki ularning ix-tisoslashgan sho‘’balari va kompaniyalari hisoblanadi.

Faktoring opertsiyalarida bank o‘z mijozlarining debitorlarga bo‘lgan talablarini sotib oladilar. Bunda bank talabning 70-90 % ni (foiz darajasi mijozning moliyaviy holati, likvidlik darajasi va boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda turli xil bo‘lishi mumkin) bo‘nak tariqasida birdaniga to‘lashi, qolgan qis-mini esa ( kredit uchun foizni hisobga olmagan holda) belgilangan muddatda, debitordan to‘lov tushishidan qat’iy nazar to‘laydi. Hozirgi vaqtda tijorat banklari talablarini (da’volarini) sotib olganda moliyaviy tavakkalchiliklarni aniqlashlari mumkin, chunki ko‘pchilik korxonalarning, jumladan, xorijiy korxonalarning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyati qisman bo‘lsada mavjud. Bu imkoniyat rivojlangan davlatlardagi keng qam-rovli yirik banklar o‘rtasidagi kompyuter tarmoqlari tufayli yuzaga kelgan. Bunday tizim doirasida banklar o‘z mijozlariga bux-galteriya, statistika va boshqa axborotlarni taqdim etishga tayyor.

Faktoring mijozlarga xizmat ko‘rsatishning universal shakli hisoblanadi. Chunki mijozlar o‘z talablari (da’volari) bo‘yicha bux-galteriya hisobini yuritish ularning to‘lovligini tekshirishdan holi bo‘lishadi. Banklar mol sotib oluvchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi axborotni mijozlariga etkazishlari xorijiy davlat-lardagi to‘lovlar kafolatini o‘z zimmasiga olishlari mumkin. Bank-lar uchun bu operatsiyalar yuqori daromad keltirgani uchun ham ular bu operatsiyalarni bajarishdan manfaatdor hisoblanadilar. Rivojlan-gan davlatlarda faktoring operatsiyalari mijozning moliyaviy ahvo-li, aktsionerlik kapitali miqdori, mahsulot turi, ish hajmi va boshqlarga qarab yillik aylanmasining sezilarli qismini tashkil etadi.

Moliyaviy aktivlar miqdorining o‘sishi bilan rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining ishonch (trast ing. Trust-“ishonch” ) operatsiyalarining hajmining oshishiga olib kelmoqda. Bankning bu xizmatlari bank bilan mijoz o‘rtasida ishonchlilik munosabatlarining o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Tijorat banklari-ning trast bo‘limlari, mijozlar topshirig‘i bo‘yicha uning nomidan asosan mulk egaligi bilan bog‘liq va boshqa xizmatlarni bajaradi. Banklar trast operatsiyalarini xususiy korxona va firmalar, shaxs-lar va boshqa tashkilotlar uchun amalga oshiradi. Trast operatsiya-larini uch turga bo‘lish mumkin: dalolatnoma, g‘amxo‘rlik bilan bog‘-liq operatsiyalar va vositachilik xizmatlari bo‘yicha ko‘rsatiladigan operatsiyalardir.

Merosni boshqarish bilan bog‘liq trast operatsiyalari xususiy shaxslar dalolatnomasi bo‘yicha amalga oshirilib, bankning trast bo‘limi qator majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ularning asosiy-lariga: merosxo‘rning merosini sud qarori yoki meros xati asosida to‘plash, boshqaruv ma’muriy xarajatlarini to‘lash, merosxo‘rlar o‘rtasida merosni bo‘lishi va shu oila a’zolariga xususiy xizmat-larni ko‘rsatish kiradi.

Trast bo‘limlari balog‘at yoshiga etmaganlar, mehnatga layoqatsiz kishilarga otalik, g‘amxo‘rlik qilish uchun ayrim shaxslar ishonch-nomasiga binoan mulkni boshqarish bo‘yicha operatsiyalarni bajaradi. Ishonchlilik bo‘yicha eng ko‘p tarqalgan operatsiyalarga mulkni ishonch asosida boshqarish kiradi. Bunda mulkdor mulkni o‘zi ishongan shaxsga beradi. Bu shaxs, o‘z navbatida, mulkni mulkdorning manfaati asosida ishlatadi: uni saqlaydi, investitsiya qiladi, shartnomaga muvofiq asosiy summa va daromaddan foydalanadi. Uning asosiy vazifasi mulkni to‘g‘ri investitsiya qilish va ma’lum miqdordagi daromadni ta’minlashdir. Investitsiya davlat qonuni, shartnoma va trast bo‘lim siyosati asosida amalga oshiriladi.

Vositachilik xizmatlarini tijorat banklarining trast bo‘lim-lari o‘z zimmasiga vositachilik vazifasini olish orqali bajaradilar. Agar operatsiya mulk bilan bog‘liq bo‘lsa, mulk egaligi uning egasi qo‘lida saqlanadi. Xizmatlar esa aktivlarni saqlash, boshqa-rish, yuridik xizmat ko‘rsatish va boshqa vositachilik operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi.

Korxona va firmalar bunday xizmatlar uchun o‘z tijorat bank-larining trast bo‘limlariga murojaat qiladilar. Ishonch operatsiya-lariga obligatsiya zayomiga xizmat ko‘rsatish (zayom kafolati bo‘lib xizmat qiluvchi mulkdan foydalanish huquqining o‘tishi bilan birga olib boriluvchi) kiradi. Aktsionerlik kompaniyalari bank xizmat-lariga aktsiya va obligatsiyalarni, pensiya fondlarini boshqarish (egalik huquqining o‘tishi bilan) aktsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Trast bo‘limlari depozitariy funktsiyasini ham bajaradilar. Masalan, ovoz berishni ishongan aktsionerlarning aktsiyalarini saq-lash (ovoz berish trasti). Kompaniya qayta tashkil topganda, tugatil-gan yoki bankrot bo‘lganda bank uni vaqtinchalik boshqarishi mumkin.

Trast operatsiyalarini amalga oshirgani uchun tijorat banklari komission to‘lovlari oladi. Merosni boshqarish operatsiyalari bo‘yicha komission to‘lovlarni o‘rnatish va to‘lash qator mamlakat-larda qonun yo‘li yoki sud qarori bilan belgilanadi. Vositachilik xizmatlari bo‘yicha turlicha to‘lovlar ko‘lami shartnoma asosida bel-gilanadi. Komission to‘lovlar trast daromadidan yillik chegirma-lar yig‘indisi hisobiga tashkil topishi, shartnomaning asosiy sum-masidan yillik badal va ba’zi hollarda trast shatnomasi tugagandan keyin umumiy summadan ajratma shaklida belgilanishi mumkin. Trast operatsiyalarini amalga oshirishda ularning hajmi operatsiya-lar bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab, bankka foyda keltiradigan darajada bo‘lishi kerak.



Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish