Pul va banklar



Download 12,78 Mb.
bet230/513
Sana31.12.2021
Hajmi12,78 Mb.
#222287
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   513
Bog'liq
ПУЛ ва БАНКЛАР УУМ

Demak, banklarning aktiv operatsiyalari daromad keltirish darajasiga qarab:

  1. Daromad keltiradigan (kredit va investitsiyalar) aktivlar;

  2. Daromad keltirmaydigan (erkin zaxiralar, moddiy) aktivlarga bo‘linadi.

Aktivlar Markaziy bankning 2000 yil 26 apreldagi 420 – sonli yo‘riqnomasiga asosan riskka tortilgan darajasiga qarab to‘rtta guruxga bo‘linadi.

  1. Birinchi guruxga – riskdan ozod bo‘lgan aktivlar – 0;

  2. Ikkinchi guruxga –minimal risk darajasiga ega aktivlar – 20;

  3. Uchinchi guruxga – o‘rta risk darajasiga ega aktivlar – 50;

  4. To‘rtinchi guruxga – yuqori riskli aktivlar – 100.

Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yyil 9 sentyabrda tasdiqlangan 242 – sonli “Tijorat banklari va ularning filiallari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ssudalar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun tashkil etiladigan zaxirani shakllantirish va undan foydalanish” tartibiga asosan bank kreditlari yaxshi kreditlar, standart kreditlar, substandart kreditlar, shubhali kreditlar va umidsiz kreditlar sifatida tasniflanadi.

Bank kreditlarini tasniflashdan asosiy maqsad ularni to‘liq qaytarishini ta’minlash bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bank kreditlari “YAxshi” deb tasniflanganda ularda qaytarilmasligi alomatlari bo‘lmaydi, shu bois ushbu kreditlar bo‘yicha tegishli zaxiralar ajratilmaydi. Foizlar muddati o‘tgan ssudalar "YAxshi" deb tasniflanishi mumkin emas.

Kreditlar “Standart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha qaytarilmagan kredit summasining 10 foizi miqdorida zaxiralar tuzishi shart.

“Substandart” sifatida tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 25 foiziga teng bo‘lgan zaxiralarni shakllantirishi lozim.

“SHubhali” deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarz to‘lanmagan summasining 50 foizi miqdorida zaxirani tashkil etishi shart.

Bank tomonidan berilgan kreditlar kamida 180 kunga kechiktirilganda bular “umidsiz” deb tasniflanadi. Umidsiz deb tasniflangan aktivlar bo‘yicha bank asosiy qarzning to‘lanmagan summasining 100 foizi miqdorida zaxiralar yaratishi kerak.

Bank aktivlari likvidli, ya’ni tez naqd mablag‘ga aylantirish imkoniyati bo‘lishi kerak. Bank aktivlari likvidlilik nuqtai nazaridan quyidagilarga bo‘linadi:


  1. Yuqori likvidli aktivlar – bevosita pul ko‘rinishidagi mablag‘lar bo‘lib, ushbu aktivlar istalgan paytda bank maburiyatini bajarishga yo‘naltirilishi mumkin;

  2. Qisqa muddatli likvidli aktivlar – qisqa muddatli kreditlar va ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar;

  3. Qiyin realizatsiya qilinadigan aktivlar – o‘rta va uzoq muddatli kreditlar, ikkilamchi bozorga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, pay ulushlari va boshqalar;

  4. Past likvidli aktivlar – bankning asosiy vositalariga yo‘naltirilgan mablag‘lar kiradi.

Xulosa qilib aytganda, banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma’lum darajadagi risklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e’tiborni mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini ta’minlashga qaratadi.

B

ozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring, kredit – ijara (lizing), kontokorrent (overdraft), forfeyting, trast kabi operatsiyalarni kiritish mumkin.



Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish