Pul va banklar


birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‘sh qolgan mablag‘larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi; ikkinchidan



Download 12,78 Mb.
bet160/513
Sana31.12.2021
Hajmi12,78 Mb.
#222287
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   513
Bog'liq
ПУЛ ва БАНКЛАР УУМ

birinchidan, fondlar aylanishi jarayonida chetga chiqib, bo‘sh qolgan mablag‘larning harakatsiz turib qolishining oldi olinadi;

ikkinchidan, takror ishlab chiqarishni keng doirada uzluksiz davom ettirishga imkoniyat yaratiladi.

Kreditning vujudga kelishi reallikka aylanishi uchun muayyan sharoitlar bo‘lishi zarur. SHu masala bo‘yicha ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda keltirilgan fikrlarni tahlil qilib, iqtisodchilar tomonidan kredit yuzaga kelishining quyidagi shartlariga ko‘proq e’tibor berilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Kredit munosabati bo‘lishi uchun:

birinchidan, kredit munosabati ishtirokchilari – qarz beruvchi va qarz oluvchi – huquqiy jihatdan mustaqil sub’ekt bo‘lishi kerak. Mustaqil sub’ekt sifatida har ikkala tomon birbiri bilan o‘zaro aloqalardan kelib chiquvchi majburiyatlarni bajarishini moddiy jihatdan kafolatlay olishi kerak. Majburiyatlarni bajara olish qobiliyatini hisobga olgan holda mustaqil huquqiy sub’ekt sifatida tomonlar iqtisodiy munosabatga kirishishlari kerak.

ikkinchidan, qarz beruvchi va qarz oluvchi manfaatlari birbiriga mos tushgan taqdirdagina kredit zaruriyatga aylanadi. Bu manfaatlar, avvalambor, ob’ektiv jarayonlar, o‘zaro manfaatlarni taqozo etuvchi aniq vaziyat bilan bog‘liq.

Kreditor(qarz beruvchi) tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish bo‘yicha, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha qiziqish tug‘ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi.

Kreditning vujudga kelishi kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlarining yo‘nalishiga bog‘liq. Tomonlar manfaatlarining mos kelishi kredit shartnomasi tuzilishini ta’minlaydi. Lekin kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaati nafaqat vaqt va makon jihatdan, shuningdek, sifat jihatdan ham mos tushgan taqdirdagina bu munosabatlar reallikka aylanadi. SHu bilan birga, kreditning bu muhim sifatlari kredit munosabatlari sodir bo‘lishining asosiy sababi bo‘lolmaydi. Kredit vujudga kelishi uchun, yuqorida aytilgandek, aniq bir iqtisodiy asos fondlarning doiraviy aylanishi va shunga o‘xshash boshqa aniq sharoitlar bo‘lishi zarur. Faqatgina ana shu ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan taqdirdagina kreditning vujudga kelishi reallikka aylanadi.

Ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda kreditning zarurligi xususida bir necha boshqa fikrlar ham uchraydi. Masalan, kredit korxonalar faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uchun zarur, deb ta’kidlanadi. Agar bu fikr to‘g‘ri deb qaraydigan bo‘lsak, kreditning zarurligi faqat kreditor uchun tushunarli bo‘ladi, chunki u qarz berish orqali qarz oluvchi faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bunday sharoitda kreditning chegarasi ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishiga asoslangan ob’ektiv jarayonlarga emas, balki bankning kredit operatsiyalari orqali qarz oluvchining faoliyatini nazorat qilish istagiga bog‘liq bo‘lib qoladi.

Bu mulohazalardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish mumkinki, kreditning ob’ektiv zarurligi takror ishlab chiqarish jarayonida fondlarning doiraviy aylanishi qonuniyatlariga asoslangandir.

Kreditga zarurat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin. Bu manbalar asosan quyidagilardir:



  • asosiy fondlarni tiklash, kapital tamirlash uchun ajratiladigan amortizatsiya sifatidagi pul mablag‘lari;

  • tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining birbiriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari;

  • tovarlar realizatsiyasidan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;

  • kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar;

  • shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari.

Kreditning zarurligini ifodalovchi omillar mohiyatini ochishda, ularning har birining ahamiyatini kredit shartnomasini tuzish darajasigacha olib kelish xato hisoblanadi. Alohida olingan bir omilning o‘zi kredit berilishi uchun u yoki bu darajada etarli bo‘lmasligi mumkin.

Masalan, aytaylik korxonalarda ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishi jarayonida ularda kreditga ehtiyoj tug‘iladi. SHunga asosan kredit takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash zarurligidan kelib chiqadi, degan shartga asoslangan holda kredit berilishi kerak. Ammo bunda qo‘shimcha resurslarga muhtojlik o‘zo‘zidan avtomatik tarzda kredit berilishi kerakligini ifodalamaydi. Buning uchun kreditning zarurligini ifodalovchi boshqa sharoitlar ham mavjud bo‘lishi kerak.

Iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri kredit munosabatlarini rivojlantirishda banklar kredit uchun xarakterli muhim shartlar va qonunlarga asoslangan holda kreditlash jarayonini amalga oshirishlari zarur.

Xulosa qilib aytganda, korxonalarning xo‘jalik hisobida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining doiraviy aylanishining to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, korxonalarning moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik darajasining maromiyligini saqlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda sotilgan tovar uchun to‘lov summasini olish ob’ektiv va sub’ektiv sabablar tufayli kechiktirgan holda kreditning zarurligi kelib chiqadi.

Ammo kredit berish uning zarurligi bilangina kifoyalanib qolmasdan uning maqsadli ishlatilishi shartsharoitlari bilan ham belgilanadi.

Iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ijtimoiy ishlab chiqarish ta’minlaydi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini esa kredit vositasida uzluksiz davom ettirib, bir zum bo‘lsada, to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Demak, kredit iqtisodiyotning bir tekisda rivojlanishini ta’minlovchi dastaklardan biri degan xulosaga kelishimiz mumkin.

Bizga ma’lumki, pul mablag‘lariga ko‘p hollarda kreditlarni, korxonalarning hisobvarag‘dagi mablag‘larini va naqd pullarni, aylanma mablag‘larini va moliyaviy resurslarni kiritadilar.

Bu iqtisodiy kategoriyalar tashqi tomondan o‘xshagani bilan, ularning ichki xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o‘xshamaydi.


Download 12,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   513




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish