3.7.Fridmanning pulning zamonaviy miqdoriy nazariyasi
1956 yilda Milton Fridman “Pulning miqdoriy nazariyasi: yangi versiyasi” mashhur kitobini chop etgan, shunga qaramasdan, I.Fisherning bu ishida miqdoriy nazariyasi ishiga suyangan bo‘lsa ham, uning pulga talab nazariyasi I. Fisherga nisbatan M.Keynsga ko‘proq o‘xshaydi.
Uning o‘tmishdoshlari kabi Fridman pulni saqlash motivlarini o‘rgandi. Ularni izchil o‘rgangandan ko‘ra Keynsga o‘xshab, u shunchaki tahmin qildiki har qanday aktiv uchun pulga talab o‘sha faktorlar bilan aniqlanadi. Keyin Fridman talab nazariyasini aktivlar va pulga qo‘lladi.
Aktivlarga talab nazariyasiga binoan, pulga talab puldan kutilayotgan daromadga nisbatan boylik hajmiga va kutilayotgan boshqa aktivlarning daromad olib kelishiga bog‘liq. Keyns kabi, Fridman tan oldiki malum miqdorda pul qoldiqlarini haqiqiy ko‘rinishda ushlab turishga harakat qilishadi. Shuning uchun Fridman pulga talabni quyidagicha ifodaladi : ^=/(Yp,+ p ̴rm<re ̴rm<p, ̴rm)
Bu erda Md/P haqiqiy pul qoldiqlariga bo‘lgan talab, Y – boylik darajasi, Fridman bo‘yicha doimiy daromad deb nomlanadi( joriy diskontlangan turar narxi kelgusi barcha daromadlarning yoki soddalashtirilganda kutilayotgan o‘rtacha uzoq muddatli daromad) ,Ƨm pullardan kutilayotdan daromad, Ƨb obligatsiyalardan kutilyotgan daromad, Ƨ oddiy aksiyalardan kutilayotgan daromad, inflyasiyaning kutilayotgan o‘sishi. Tenglama ostidagi belgilar ko‘rsatadiki, pulga bo‘lgan talab bilan va unga mos o‘zgaruvchilar bilan orasidagi qanday bog‘lanish borligini ko‘rsatadi:to‘g‘ri (+) teskari (-). Fridman nazariyasidagi pulga talab omillarini va ularning ahamiyatini ko‘rib chiqamiz.
Malum bo‘lishicha aktivlarga talab boylikka to‘g‘ri bog‘lanish, shuning uchun ham pulga talab doimiy daromadga to‘g‘ri bog‘lanishdir( boylik darajasi Fridman bo‘yicha). Qaysiki (+) belgi bilan belgilangan Yp o‘zgaruvchi ostida. Doimiy daromad (kutilayotgan o‘rtacha uzoq muddatli daromad) odatdagiga qaraganda qisqa muddat ichida ancha kam tebranadi, chunki uning ko‘plab o‘zgarishlari vaqtli harakterga ega. Masalan, iqtisodiy o‘sish paytida daromadlar tez ortadi, ammo bu hodisa vaqtinchalik va o‘rtacha uzoq muddatli daromad unchalik o‘zgarmaydi. Bundan kelib chiqadiki, yuqori faollik paytida doimiy daromad joriy vaqtga nisbatan unchalik sezilarli darajada ortmaydi. Retsessiya davrida joriy daromadlarning kamayishi kuchli bo‘ladi, ammo bu vaqtinchalik harakterga ega, Shuning uchun o‘rtacha kutilayotgan uzoq muddatli daromad joriydagiga qaraganda unchalik kamaymaydi. Doimiy daromadning pulga bo‘lgan talab omillaridan biri deb qarab shunday xulosaga kelamizki pulga talab qisqa mudatli iqtisodiyotdagi tebranishlarda unchalik o‘zgarmaydi.
Aholi o‘z jamg‘armasini faqat pul ko‘rinishida saqlamasligi mumkin. Fridman alternative pullarga bo‘lgan jamg‘armani 3 ko‘rinishga bo‘ldi: obligatsiyalar, aksiyalar va boylik. Aholi agar ularning daromad keltirishi kutilayotgan pul daromad keltirishidan yuqori bo‘lsa bu turdagi pulni afzal ko‘radi. Pulga talabdagi ohirgi uchta o‘zgaruvchilar bu alternativ pullardan kutilayotgan daromadning og‘ishi kutilayotgan puldan keladigan daromadga nisbatan. Har bir o‘zgaruvchi ostidagi (-)belgisi shundan dalolat beradiki , ularning ihtiyoriy bittasining ortishida pulga talabni kamayishiga olib keladi .
Puldan kutilayotgan daromadga Ƨm, barcha uchta holda, ikkita omil tasir etadi.
1. Depozit bo‘yicha bank hizmati doirasi, pul massasi ichiga kiradi, masalan, pul to‘lovlarini chek orqali yoki avtomatik tarzda to‘lanishi. Bunday turdagi hizmat hajmining ortishi bilan pullardan kutilayotgan daromad ortadi.
2. NOW tipidagi schotlar va boshqa depozitlar bo‘yicha foizli to‘lovlar summasi pul massasiga kiradi. Foiz to‘lovlarining summasini ortganida pullardan kutilayotgan daromad ortadi.
Agar pulga talab funksiyasidagi Ƨb – Ƨm va Ƨ – Ƨm ifoda obligatsiyalar va aksiyyalardan kutilayotgan daromadni harakterlaydigan bo‘lsa, bunday holda puldan kutilayotgan daromadga nisbatan if - Ƨm ifoda boylik va puldan kutilayogan daromad orasidagi farqni ifodalaydi. Boylikdan kutilayotgan daromad- narx oshganligi tufayli kapitaldagi kutilayotgan ko‘tarilishning normasi va u kutilayotgan inflyasiya o‘sish suratiga teng. Masalan, 10 % inflyasiya o‘sish surati kutilayotgan bo‘lsa, boylikdan kutilayotgan daromad ham 10 % ni tashkil etadi. ∏5-rm o‘sganda boylikdan kutilayotgan daromad pulga nisbatan o‘sadi, va pulga talab tushadi.44
Do'stlaringiz bilan baham: |