Хусусий сармоя – Частные инвестиции – Private equity - sub’ektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir.
Заҳиралар– Резервы – Reserves - kelgusida muayyan xarajatlarga sarflanishi mumkin bo’lgan xususiy sarmoyaning bir qismidir.
Даромадлар– Доходы - Revenues - hisobot davrida aktivlarning ko’payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir.
Харажатлар– Расходы – Expenses - hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko’payishidir.
Молиявий натижалар– Финансовые результаты – Financial results - xo’jalik yurituvchi sub’ektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Баҳолаш– Оценка – Estimation - aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o’lchovining usulidir.
Ломбард – Ломбард – Lombard - fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo’ljallangan ko’char mol-mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qiluvchilitsenziyasi bo’lgan ixtisoslashgan tashkilotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |