XMK faoliyatining asosiy yo’nalishlari
Davlat tomonidan kafolatni talab qilmagan holda, MFKning mablag’larini xususiy korxonalarga investisiya qilish, qarzga berish yo’li bilan tadbirkorlikni moliyalashtirish.
O’zining xususiy mablag’idan sanoatni, qishloq xo’jaligini, kommunal korxonalarni, turizmni investitsiyalashtiradi.
Atrof-muhit himoyasi, infrastrukturani rivojlantirishga yo’naltirilgan loyihalarga investitsiya kiritish uchun xususiy mablag’larni jalb qilish
Kichik biznesda tadbirkorlikni rivojlantirish
Ishlab chiqarishni yangi usullarini o’rganishda xususiy va arlash korxonalarga yordam ko’rsatish.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi Jahon bankining bir qismi bo’lib, dunyoning qashshoq mamlaktlariga yordam beradigan tashkilot. Uning maqsadi kreditlar berish orqali kambag’allik darajasini kamaytirish , iqtisodiy rivojlantirish uchun turli xil grant dasturlar ishlab chiqish, tengsizliklarni qisqartirish, va aholi yashash darajasini yaxshilash. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qashshoq malakatlarda biznesni qo’llab quvatlash, kriditlar ajratish,maslahatlar berish funksiyalarini bajarish uchun tashkil qilingan. XTTBdan qarz ololmaydigan qashshoq mamlakatlar uchun kreditlar ajratadi. Bu kam taminlangan mamlakatlar uchun imtiyozli kridit ajratishning yirik manbasi hisoblanadi. XTU dan qarz olishi mumkin bo’lgan mamlakatlar quydagi kreteriya asosida aniqlanadi
YaMMni aholi jon boshiga taqsimlagada qashshoq deb ataladigan mamlakatlar
Kredit bozorida kreditning yetishmasli va mamlakat rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun kreditga muhtojlik mavjud mamlakatlar
Qashshoqlikni kamaytirish va iqtisodiy o’sishga erishish uchun ijtimoiy-iqtisodiy sisosatni amalga oshirish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi Jahon bankining haqiqiy kreditlash qismi -Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankini to’ldiruvchi tashkilotdir. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bir xil hodimlarga, bosh boshqarmalarga ega bo’lib, bir xil qatiy belgilangan standartlar asosida loyihalarni amalga oshiradi. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hozirgi kunda dunyoning 77 qashshoq mamlakatlarining asosiy ko’mak manbasi hisoblanadi. Bu davlatlarning 39 tasi afrikada joylashgan bo’lib yordam manbalari asosan mamlakatdagi ijtimoiy xizmatlarga yo’naltirilgan. Xalqaro taraqiyot assotsatsiyasi kreditlarni arzon narxlarda beradi. Buning ma’nosi XTA kreditlarni 0 % da yoki judayam past foiz stavkalarida 25-yildan 40-yilgacha muddatga hamda 5- yildan 10-yilgacha bo’lgan imtiyozli davrlar bilan beradi Bundan tashqari turli qarz risklari uchun grantar ajratadi va eng og’ir vaziyatlarda ham kreditlar ajratadi. Shuning uchun ham kredit uyushmalaridan farqli o’laroq bu tashkilotning rezervlari muntazam ravijshda to’ldirilib turilishi kerak.
Takidlanganidek, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi dunyoning 77 mamlakati uchun asosiy ko’mak manbai bo’lib, 39 tasi Afrikada joylashgan. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi resurslar orqali bugungi kunga kelib 1.3mln aholi yashash sharoitlari yaxshilandi. 2015-yilda belgilangan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasiga asosan 2030-yilga qadar kambag’allikka barham bermoqchi. Trillion dollor investitsiya kritilish kerak bo’lgan bu loyihani amalga oshirishda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi muhim ro’l o’ynaydi. Xalqaro taraqqiyot uyushmasi o’z faoliyatini nizomda belgilangan quydagi shartlar asosida amalga oshiradi
XTU ushbu tashkilotga a’zo bo’lgan iqtisodiy jihatdan rivojlanishi past bo’lgan mamlakatlarning iqtisodiy rivojlantirish uchun moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlaydi. Loyihalarni moliyalashtirish assotsatsiya tomonida muhim deb hisoblangan sohalarga , mamlakat yoki hududlarga yo’naltiriladi. Agar biron bir loyihani moliyalashtirishni o’sh hududlarda joylashgan bankalar tomonidan amalga oshirish mumkin bo’lsa assotsatsiya tomonidan moliyalashtirilmaydi. Assotsatsiya qo’mita tomonidan beriladigan tavsiyalarsiz moliyalashtirishni amalga oshira olmaydi. Assotsatsiya tomonidan tayinlanadigan qo’mita a’zolari qomita boshqaruv organlarini va hududlardagi qo’mita rahbarlarini o’z ichiga oladi.
Qo’mita hududlarda loyihalarni amalga oshirishning boshqa manbalari mavjud bo’lsa bu hududlardagi loyihalar uchun mablag’lar ajratmaydi. Moliyalash jarayonini amalga oshirishda berilayotgan mablag’lar uchun hech qanday shartlar qo’yilmaydi. Lekin ularni belgilangan maqsadlarga ishlatilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasini asosiy vazifalari:
1 Xalqaro taraqqiyot uyushmasi global muammolarni hal qilishda boshchilik qiladi.
2 Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bu o’zgartiruvchi. XTU ko’plab mamlakatlarga rivojlanishning eski usullarida yangi usullariga o’tishga ko’maklashadi.
3 XTU bir mamlaklatda uni rivojlanishi stabil holatga kelishiga ishonch hosil qilish uchun uzoq muddat qoladi.
4 Qashshoq odamlar e’tibordan chetda qoldirilganda toza ichimlik suvini, elektr energiyasini va boshqalrni olib kelish orqali hayot darajasini yaxshilaydi
5 XTU ayollar va qizlar huquqini himoya qiladi, qizlarni maktabga qatnashini ta’minlash orqali jinsiy tenlikni ta’minlashga ko’maklashadi, ayollarga kichik biznessni amalga oshirish uchun ko’maklashadi.
Multilateral Investment Guarantee Agency (MIGA) (Xalqaro investitsiyalarni himoyalash agentligi) – bu siyosiy risklarni sug’urtalashni taklif qiladigan va va xalqaro kreditlardagi risklarni kafolatlaydigan xalqaro moliyaviy institutdir. Bu tashkilotning kafolatlari investorlarga rivojlanayotgan davlatlarga investitsiya kiritishda siyosiy va iqtisodga oid bo’lmagan risklardan qutilishga va tashqi ta’sirlardan qochishga yordam beradi. MIGA (XIHA) Jahon banki (World bank group)ning tarkibiy qismi hisoblanadi va shtab kvartirasi Washington shtati(AQSh)da tashkil etilgan.
Bu tashkilot 1988-yilda aynan rivojlanayotgan dvlatlarga investitsiyalar kiritish riskni va xavfni oldini olish hamda ular faoliyatini sug’urtalash uchun tashkil etilgan.
Xalqaro investitsiyalarni himoyalash agentligining bosh maqsadi “rivojlanayotgan davlatlarda investitsiyalarni jalb qilish natijasida iqtisodiy rivojlanish qo’llash, kambag’allik darajasi payastirish va aholining turmush darajasini yaxshilashga erishishdir. Bu maqsadli proyekt orqali yangi ish o’rinlarini yaratish, infrotuzilmani yaxshilash, yangicha qulay soliq turlarini yaratish va albatta malakatlardagi mavjud natural resurslardan unumli foydalanishga erishish niyat qilingan. Bu maqsadga erishish uchun alohida tizimlar va dasturlar ishlab chiqiladi.
Xalqaro investitsiyalarni himoyalash agentligi o’z shtatining a’zolari tomonidan boshqariladi, leking uning o’zining yakka rahbari va kunlik operatsiyalar bilan ishlaydigan ishchilar guruhi yo’q. uning aksiyadorlari davlatlar a’zolari hisoblanadi va ular masalalar bo’yicha ovoz berish huquqiga ega bo’ladilar. Bu tashkilot uzoq muddatli qarz va investitsiyalarni sug’urtalaydi va boshqa aktiv va shartnomalarni ham sug’urta qiladi. Bu agentlini jahon bankining Independent Evaluation Group tashkiloti tomonidan nazorat qilinadi.
1985-yilda, jahon bankining bank kengashi tomonidan ko’p tomonlama investitsiya kafolat agentligi (MIGA) konvensiyasini qabul qildilar. MIGA 1988-yil 12-aprelda asos solindi va o’z faoliyatini boshladi. Bu Yoshio Terasava boshchiligida amalga oshirilgan va bu tashkilot jahon bank guruhining beshinchi organizatsiyasi bo’ldi. MIGA dastlab 1milliard dollar( 2012-yilda 1.94 millard dollarga teng)lik kapitalga ega bo’lgan va uning 29ta a’zosi bo’lgan. Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining barcha a’zolari bu organizatsiya a’zosi bo’ldi.
MIGA rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiylar uchun notijorat risklarni sug’urtalashga harakat qiladi va investorlarning ishonchini oshirishga karakat qiladi. Organizatsiyaning siyosiy vakolati xususiy va milliy riskli sug’urta bozorini nafini oshirishdir. Har tomonlama kafolatlovchidek xizmat ko’rsatishi orqali agentlik investor mamlakat bilan qabul qiluvchi mamlakat o’rtasidagi qarama-qarshilik ehtimolini qisqartiradi.
MIGA notijorat riskining beshta turini qoplash uchun sug’urta taklif qiladi: kovertatsiyalanmaydigan valuta va transfer taqiqlari; milliylashtirish; urush, terrorizm va xalq tartibsizligi; shartnomaning bo’limlari; moliyaviy obligatsiyalarning qoniqarsizligi. Agentlik capital, kredit, aksionerlarning qarzi va aksionerlarining qarzini kafolatlari singari investitsiyalarni qoplaydi. Agentlik shuningdek menejment sharnomalari, aktiv sekuritizatsiyasi, obligatsiyalar, lizing faoliyati, franchiza shartnomalari va litsenziya shartnomalarini singari investitsiyalarni sug’urtalashi mumkin. Agentlik 15 yilgacha sug’urtani qoplashi mumkin va muddatni loyixaning tabiiy va moliyaviy holatiga bog’liq holatda yana besh yil berishi mumkin. Qachon sug’urta orqali himoyalanadigan holat yuz bersa, agentlik investitsiya kiritilgan mamlakatga nisbatan investorning huquqlari o’rganilib xarajatlarni birgalikda qoplaydilar. Ammo agentlikning konvensiyasida azo mamlakatlar chet el investitsiyalarini tuzatmasa ham bo’ladi. Ko’p tomonlama institute sifatida MIGA sug’urta talablarini qondirishdan oldin u baxslarni yechishga harakat qiladi.
Agentlikning kichik investitsiya programmasi kichi va o’rta biznesga chet el investitsiyalarini oshiri uning maqsadi hisoblanadi. Bu loyiha shartnoma bo’limlarini qoplamasligidan tashqari qolgan barcha standart polash turlarini taklif qiladi. Loyiha orqali kichik va o’rta bizneslar chegaralangan sug’urta haqlari va arizasiz to’lovlar ( katta investorlar bundan mustasno)ga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |