Tarkibiy rivojlanish. Ushbu bosqichda boshqariladigan kredit munosabatlariga o‘tilgan. Kredit rivojlanishining ushbu bosqichi ssuda kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi maxsus ilk vositachilarning paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Kreditga zaruriyat tug‘ilganda quyidagi manbalardagi bo‘sh mablag‘lardan kredit resurslar sifatida foydalanish mumkin.
asosiy fondlarni tiklash, kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan eskirish sifatidagi pul mablag‘lari;
tovarlarni sotish va yangi moddiy resurslarni sotib olish vaqtlarining bir biriga mos kelmaganligi tufayli yuzaga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari;
tovarlarni sotishdan tushgan tushum bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar;
shaxsiy sektor daromadlari, jamg‘armalari va boshqa bo‘sh pul mablag‘lari.
Kredit munosabatlari juda qadim zamonlarda vujudga kelgan. Dastlab natura shaklida (g‘alla, chorva va boshqalar) mulkdorlar tomonidan qarzga berish rasm bo‘la boshlagan. Keyinroq pul shaklida ham beriladigan bo‘ldi. Qarzga pul berishning dastlabki shakli sudxo‘rlik bo‘lib, u nihoyatda yuqori darajada foiz bilan qaytarilishi bilan kreditdan farq qiladi. Qadimgi Gretsiyada eramizgacha IV- asrda oyiga 42 %, yiliga 570 % gacha foiz to‘langani tarixiy manbalarda qayd etilgan.
Sudxo‘rlik krediti nafaqat mayda ishlab chiqaruvchilarni, balki yirik quldorlarning xo‘jaliklariga ham putur etkazgan. Shuningdek, bu kreditning mavjudligi quldorlarning mavjud bo‘lishiga zid ijtimoiy hodisa edi.
Sudxo‘rlikka qarshi, shuningdek, yana bir grek faylasufi Arastu ham o‘z fikrlarini aytib o‘tgan. U sudxo‘rlarni ishratxonalarni va o‘g‘ri, qaroqchi kazzoblar, kisavurlar qatoriga qo‘ygan. U aniq chegaralagan holda 2 xil xo‘jalik faoliyatini ajratadi: iqtisod va xrematistika.
Xrematistika esa faoliyatning asosiy maqsadi ehtiyojdan ortib boylik orttirishga yo‘naltiriladi. Arastu buni 2 argument bilan asoslaydi:
1) bunday operatsiyalar narsalar tabiatiga qarshi bo‘lib,pulning o‘sishiga olib keladi, pul pulni yaratmaydi va foiz daromad keltirmaydi;
2) pulning asosiy va haqiqiy vazifasi-tovar almashinuvini ta’minlaydi.
Sobiq ittifoq davriga qadar kreditning ikki asosiy nazariyasi shakllangan bo‘lib, ular naturalistik va kapital yaratuvchilik nazariyalaridir.
Naturalistik nazariyaning asoschilari ingliz iqtisodchilari A.Smit va D.Rikardolardir. Fransuz iqtisodchilari J.B.Sey, F.Bastiya hamda amerikalik iqtisodchi D.Mak-Kulloxlar ham ushbu nazariya tarafdorlaridir.
J.Keyns nazariyasi kreditning kapital yaratuvchilik qobiliyatiga asoslangan.
J.Keyns ssuda kapitalini pulga tenglashtirgan va foiz darajasini umumiy muomaladagi pul miqdori orqali aniqlagan. Uning biroz keyin yaratgan konsepsiyasiga ko‘ra pul foizga ta’sir ko‘rsatadi, foiz – investitsiyaga, investitsiya – ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish – daromadga, daromad esa narxga ta’sir qiladi.
Ayni vaqtda, pul massasi foizga ma’lum bir darajagacha ta’sir qiladi, foiz esa har doim ham investitsiyaga istalgan shaklda ta’sir qila olmaydi.
Kapital yaratuvchilik nazariyasining keyingi rivoji monetarizm nazariyasida o‘z aksini topdi. Monetarizm nazariyasi (ta’limotchilari) vakillari AQSHda M.Fridmen, P.Rouz, A.Berns, Fransiyada J.Ryueff, GFRda O.Faytlardir. Ushbu nazariyaning etakchi namoyondasi bo‘lib, M.Fridmen hisoblanadi. Uning konsepsiyasi (ta’limoti)ga ko‘ra iqtisodiyotni boshqarishning asosiy instrumenti kredit emas, balki pul massasi hamda foiz stavkalarining o‘zgarishidir.
Krediy munosabatlari rivojlanishini belgilovchi omillarga quyidagilar kiradi:
1.Iqtisodiyotning rivojlanishi;
Iqtisodiyot rivojlanish bosqichida bo’lgan davlatlarda kreditlarga bo’lgan talab ortadi. Kreditlash jarayonidagi risklar kamayadi.
Kredit munosabatlari siklik mazmunga ega bu iqtisodiyotning siklik rivojlanishi bilan bog’liq.
2.Bank tizimining rivojlanganlik darajasi.
3. Kredit oluvchining to’lovga bobilligi.
4. Iqtisodiy inqirozlarning yuzaga kelishi.
5.Markaziy bank monitar siyosatining o’zgarishi.
6. Siyosiy risk darajasi.
Siyosiy risk – mamalakatda siyosiy vaziyat yomonlashishi natijasida zarar ko’rish havfidir.
7.Mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanganlik darajasi. Bunda xalqaro moliya institutlari bilan bo’ladigan hamkorliklar ham kiradi.
Kredit munosabatlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari.
1.Bank krediti kreditning asosiy shakliga aylandi va uning miqdori dunyo mamlakatlarida o’sish tendensiyalariga ega bo’lmoqda.
2.Trasmilliy banklarning paydo bo’lishi bilan bank kreditining davlatlararo xarakatining hajmi va miqyosi kengaydi.
3.Kreditning xilma-xil turlari va shakllari paydo bo’ldi.
4.Kredit munosabatlari bilan moliya bozorilari o’rtasida kuchli aloqadorlik yuzaga keldi. Ushbu aloqadorlik quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
a) moliya bozori instrumentlarining o’zgarishi kreditlar bahosining o’zgarishiga bevosiya ta’sir qila boshladi.
b)qimmatli qog’ozlar tijorat banklari kreditlari uchun garov obyekti hisoblanadi. Hulumatning qimmatli qog’ozlari eng yuqori likvidli garov obyekti hisoblanadi. Bazel qo’mitasining standartiga ko’ra kamida 3B reytingiga ega bo’lgan har qanday emitentning qimmatli qog’ozi likvidli garov obyekti hisoblanadi.
c)yuqori riskli qimmatli qog’ozlar muomalasi (obsionlar, fyucherslar) kreditlarning qaytmaslik ehtimolini oshirmoqda.
d)tijorat banklari kreditlari turli valyutalarda berilmoqda. Bu esa ayrim hollarda kredit riskining chuqurlashishiga olib keldi.
6.kreditning sug’urta bilan bog’liqligi yuzaga keldi.
O’zbekistonda kredit munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari:
1.Bank krediti kreditning yagona shakli hisoblamadi.
Respublikamizda tijorat kreditlari mavjud emas. Shu tufayli tijorat veksellari muomalasi ham mavjud emas.
2.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini imtiyozli kreditlash maqsadida maxsus bank Mikrokreditbank tashkil etildi.
3.Davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan paxta va bug’doyni yetishtirish xarajatlari Agrobank tomonidan amalga oshitiladi.
4. O’zbekistonda kreditning maqsadlilik ta’moyiliga amal qilinadi. Shu sababli kredit mijozning joriy hisob raqamiga tashlab berilmaydi.
5.Respublikamizda to’lovlarning maqsadli ketma-ketligi amal qiladi. Bu esa ayrim hollarda banklar tomonidan berilgan kreditlarni o’z vaqtida qaytarilishiga to’sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |