Ishlab chiqarish hajmining o’zgarish dinamikasi80
(2009-2014 yy., %).
Rasmdagi ma’lumotlardan shuni ko’rsak bo’ladiki, bunda Xitoy dunyoda eng yaxshi rivojlanayotgan davlatlardan biridir. Hozirda uning rivojlanish ko’rsatkichi 7 % dan yuqoridir. 2008 yildagi jahon iqtisodiy inqirozidan o’ziga kelishga ulgurmasdan Yevrohudud davlatlari qarzdorlik muammosiga duch kelishdi. Buning oqibatida Yevrohudud davlatlari qattiq byudjet siyosatini olib borishmoqda, bu o’z navbatida davlat xarajatlarini kamaytirib, YaIM ning o’sish tendensiyasiga to’sqinlik qildi. Yuqoridagi rasmdan ko’ramizki, 2010 yilda barcha davlatlar iqtisodiyoti keskin kamayib ketgan. Yevropadagi qarzdorlik masalasi butun dunyo davlatlariga ta’sir qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |