Pul va banklar – Joriy nazorat 2. (Topshirish muddati: 2022.05.19)
Qadrli talabalar quyidagi
mavzulardan birini tanlab, power point dasturida
taqdimot tayyorlang. Taqdimotni guruh yoki individual
tarzda tayyorlasangiz
bo’ladi. Bunda guruh a’zolari soni 6 nafardan oshmasligi kerak. Guruh bo’lib
tayyorlaganda har bir guruh a’zosi HEMIS tizimiga yuklaydigan taqdimotining 1-
slaydida mavzu va guruh a’zolarining ism-shariflarini, 2-slaydida o’zining ism-
sharifini keltiradi. Taqdimotga 10 ball beriladi: dizayniga 3 ball va mazmuniga 7
ball. Bir xil mavzuda tayyorlangan taqdimotlar
bir-biriga solishtiriladi, shuning
uchun ko’chirmachilikka yo’l qo’ymang. O’xshashligi 20%dan ortiq bo’lgan
taqdimotlar qabul qilinmaydi. Taqdimot mavzuni qamrab olishi va dizayn jihatdan
yaxshi ishlov berilgan bo’lishi lozim.
Mavzular:
1.
Markaziy
bank va uning funksiyalari
2.
Markaziy bankning mustaqilligi
3.
Tijorat banklarining
operatsiyalari
4.
Nobank kredit tashkilotlari
5.
Bank
inqirozlari